К содержанию
РецензированоUZ2022

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA RAQAMLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI · Rustamova Maxsuma Farxodbek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti) · Ilmiy raxbar: Botirova Xilolaxon (Andijon davlat pedagogika instituti 1 kurs talabasi)

Журнал инноваций нового века · 4 · 2022

Аннотация

ushbu maqola bugungi kunda dolzarb bo’layotgan barcha sohalarda raqamlashtirish tizimga o’tish , shu jumladan musiqiy ta’limni ushbu tizimga o’tishi to’g’risida. Ya’ni raqamli asirda musiqa darslarini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar yordamida tashkillashtirilish mashg'ulotlari bilan rivojlanishi aytib o’tilgan. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, musiqa o'qituvchilari endi o'z o'quvchilari uchun yanada qulayroq, qiziqarli va moslas.htirilgan ta'lim tajribasini taqdim etishlari xaqida ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: musiqa fani, musiqa olami, raqamlashtirish,onlayn test, mobil qurulma, kompyuter, mobil ilova. Yangi O’zbekiston jadal rivojlanish va islohotlar davrini boshdan kechirmoqda va buni ta’limdagi islohotlarda o’z ko’zlarimiz bilan ko’rishimiz mumkin. Bunday jarayonda musiqa ta’limi ham muhim o’rin tutadi, sababi musiqa ta’limi o’zbek musiqa madaniyatini saqlash, rivojlantirish va targ’ib qilishga, milliy o’zlikni yuksaltirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda yoshlar ta’lim tarbiyasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Muxtaram prezidentimizning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ishlab chiqildi. Unga muvofiq yangi o’quv yilidan o’quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko’nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo’lgan muhabbatni shakllantirish , amalga oshirilishi belgilandi.”. Qator rivojlangan davlatlarda musiqa fani asosiy fanlar bilan bir qatorda teng o’tiladi, sababi musiqa bolada diqqat, xotira, tasavvur va nutq kabi kognitiv jarayonlarni rag’batlantiradi. Ritm, ohhang va so’zlarni o’rganib va musiqa ritmiga mos ravishda kuylash aqliy qobilyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Va shu bilan bir qatorda musiqa bolalarga kuchli hissiy ta’sir ko’rsatadi. His tuyg’ularini tan olishga va ifoda etishga, ularning his tuyg’ularinidan xabardor bo’lishga va boshqa odamlarning his-tuyg’ularini tushunishga yordam beradi. Shu sababli ham ta’lim sohasida aynan musiqa faniga alohida alohida e’tibor qaratishimiz darkor. O’qitish texnologiyasi tarkibiga o’quv jarayonini boshqarishning aniq usullari, boshqarish va https://scientific-jl.com/new 11 55 22 Volume–82_Issue-1_August-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS o’qitishning hozirgi istiqbolli tadbirlari haqidagi ham nazariy, ham amaliy bilimlar kiritiladi. O’quv jarayonining borishi sharoitlariga mos ravishda ularning izchilligi belgilanadi. Raqamli asrda musiqa darslari zamonaviy va innovatsion texnologiyalar yordamida tashkillashtirilgan mashg'ulotlar bilan rivojlanmoqdi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, musiqa o'qituvchilari endi o'z o'quvchilari uchun yanada qulayroq, qiziqarli va moslashtirilgan ta'lim tajribasini taqdim etishlari mumkin. Ta’lim tizimining raqamlashtirish bosqichiga o‘tishi jamiyatni raqamli davrga ishonchli o‘tishni va iqtisodiyotni raqamli o‘zgartirishni axborot texnologiyalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va axborot xavfsizligi sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashni ta’minlashi kerak. O’quvchilarning bilimlarini sinashda, fanni qay darajada o’zlashtirgani sinahda zamonaviy va innovatsion onlayn testlar xam katta ahamiyatga ega. Bunga misol qilib zamonaviy va innovatsion onlayn test yaratuvchi https://kahoot.com/ saytini ko’rishimiz mumkin. Bu zamonaviy va innovatsion testni bir marotaba tuzish va ko’p marotaba har xil guruhlar testni yechishlari mumkin. Bu onlayn testni tashkillashtirish hamda amalda qo’llash yechish uchun mobil qurulma hamda o’qituvchining shaxsiy kompyuteri kerak bo’ladi, ushbu testni har bir o’quvchi alohida mobil qurulma yoki kompyuterlarda ishlashlari mumkin bo’ladi, test yakunida esa sayt avtomatik tarzda to’plangan ballarni hamda o’rinlar reytingi haqidagi ma’lumotlarni berib boradi. Ta'limidagi eng muhim yutuqlardan biri bu virtual dars platformalarining ko'tarilishidir. Ushbu onlayn vositalar o’quvchilar va o'qituvchilarga masofadan turib ulanish imkonini beradi, bu esa darslarni o'z uylaridan turib o'tkazish imkonini beradi. Zoom, Skype va FaceTime kabi platformalar dars davomida real vaqt rejimida oʻzaro aloqa va fikr-mulohazalarni amalga oshirish imkonini beruvchi yuqori sifatli video va audio imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu moslashuvchanlik, hozirgiqsa, chekka hududlarda yashovchi yoki shaxsiy darslarni qiyinlashtiradigan rejalashtirish mojarolari bo'lgan talabalar uchun foydalidir. Bundan tashqari, virtual dars platformalari ko'pincha ekranni almashish, raqamli doskalar va keyinroq ko'rib chiqish uchun darslarni yozib olish qobiliyati kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Bu xususiyatlar o'rganish tajribasini oshiradi va o’quvshi ehtiyojlariga ko'proq moslashtirilgan ta'lim olish imkonini beradi.Musiqa darslarini tashkil etish ayrim musiqa o'qituvchilari uchun murakkab vazifa bo'lishi mumkin, sababi 30 nafar yoki undan ko’proq bo’lgan bilan musiqa fanini individual o’tish ko’p vaqt va qatt

Доказательный фрагмент

«ushbu maqola bugungi kunda dolzarb bo’layotgan barcha sohalarda raqamlashtirish tizimga o’tish , shu jumladan musiqiy ta’limni ushbu tizimga o’tishi to’g’risida.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqola bugungi kunda dolzarb bo’layotgan barcha sohalarda raqamlashtirish tizimga o’tish , shu jumladan musiqiy ta’limni ushbu tizimga o’tishi to’g’risida. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
onlayn test, musiqa olami, mobil qurulma, kompyuter, raqamlashtirish, Kalit so’zlar: musiqa fani, mobil ilova.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники