К содержанию
РецензированоUZ2026

MAQOLNING ADABIYOTDA TUTGAN O‘RNI

Otabayeva Dilnoza · Karimboyeva Maftunabonu

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maqolning adabiyotdagi òrni va uning rivojlanishi tahlil qilindi.Maqolning tarixiy jihatlari, xalq oĝzaki adabiyotida va zamonaviy adabiyotda qanday shakllanishi va òzgarishi kórib chiqildi.Maqolning xususiyatlari yoritildi. Shuningdek maqollarning xalqlardagi madaniy qadriyatlari, yozuvchi va shoirlarning asarlarida maqollarni ishlatish usullari haqida sòz bordi. Kalit sòzlar: Maqol, ma’no, xalq oĝzaki ijodi, xususiyat, simvolizm, ritmik tuzulish Kirish: Maqol xalq oĝzaki ijodining muhim janrlaridan biri bòlib, qisqa óqishga oson va hayotiy tajriba yoki donolikni ifodalovchi iboradir.Maqollar kòpincha órganilgan saboqlarni,axloqiy qadriyatlarni yoki turmushdagi oddiy haqiqatlarni ifodalaydi. U oddiy, lekin ma’nodor, esda qolarli bòlib, kòpincha hikmatli yoki òrgatishga yónaltirilgan bòladi. Maqol orqali kòp narsalarni masalan odob-axloq va muomalla qoidalarini òrganish mumkin. Xalqimizdan azal-azaldan kelayotirgan maqollarimiz bor. Shulardan misol keltirsak: “Asirlikda qand-u asal yegandan erkinlikda parcha qòygan non yaxshi” Bu maqol asirlik, tutqinlik azobini tortganlar tilidan aytiladi. Bu maqolni turli xil variantlari ham bor: “Bandda bòldim—ganda bòldim” “Oyoĝimda boĝ, yuragimda dogʻ’ ” Xalq tilida shunday variantlarda ham aytilgan. “Dushmaning bòlsa ham òzidan tinchsin” Bu maqolning zamirida ikki ma’no yotadi: 1.Olamda hech kimning boshiga kulfat ĝam-u sitam tushmasin, har bir inson tinch va osoyishta yashasin degan ezgu niyat. 2. Dushman òzidan tinch bólsa senga kòz olaytirmaydi. Shu maqolning mazmunini aytar ekanmiz Muqimiy ham bu haqida Dòstlar kòrsatmasin,hargiz judoliĝ dardini, Dushmaning ham bólsa, òz ĝamxoridin ayrilmasun deb òtgan. Maqollarni òrganish tòplash XI asrda Mahmud Koshĝariy tomonidan boshlab berilgan. Uning “Devon-u luĝotit turk asarida 268 ta maqol keltirilib òtilgan. Namunalar qatorida uchratadigan maqollarimiz: Toĝ toqqa qovushmas kishi kishiga qovushar” ya’ni toĝ bilan toģ uchrashmas odam bilan odam uchrashar. Maqolni https://scientific-jl.com/new 11 77 11 Volume–82_Issue-1_August-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS órganar ekanmiz, ularda kòproq moddiylikdan kòra ma’naviy ehtiyoj muhimroq ekanligini anglashimiz lozim. Maqollarni òrganishdagi ahamiyati Maqollar xalqlarning tarixiy, madaniy va ahloqiy me’yorlarini òzida mujassamlashtiradi.Ular avloddan-avlodga òtib, insoniyat tajribasini va donoligini saqlab keladi.Maqollarni òrganish va ulardan foydalanish, insonni nafaqat til boyligini oshirishga, balki turmushdagi tòĝri qarorlar qabul qilishga ham yordam beradi. “Sabr òrgangan yutadi” “Mehnatning mevasi shirin bòladi” “ Dòstni sinash uchun qòlingdan kelganini qil” Ushbu misollar maqollarning turli vaziyatlardagi òrgatish va tarbiya qilish rolini yaqqol kòrsatadi Maqollar har bir insonning hayotidagi oddiy, ammo muhim saboqlarni anglatadi. Maqollarning bir qancha xususiyatlarga ham egadir Qisqalik xususiyati maqollar odatda, qisqa aniq va òqishga oson bòladi.Ularning mazmuni chuqur, lekin shakli soddadir. Hayotiy hikmat: Maqollar kòpincha hayotiy tajribalaridan olingan saboqlarga asoslanadi. Simvolizm xususiyati maqollarda kòpincha ramziy ifodalar uchraydi.Masalan hayot va ólim yaxshi yomon, dòstlik va dushmanlik kabi qarama- qarshi tushunchalar òrtasidagi munosabat aks etadi. Ritmik tuzulish xususiyati maqollar kòpincha musiqiy ritmga ega, bu esa ularni yodda saqlashni yengillashtiradi. Maqollar xalq oĝzaki ijodining ajralmas qismi sifatida, insoniyatning aqlli va axloqiy qadriyatlarini òzida mujassamlashtiradi. Shuningdek maqollarni xalqning zamonaviy turmushiga moslashtirish, ularni yangi avlodga órgatish va ulardan foydalanish dolzarb masala hisoblanadi.Shuning uchun maqollarni saqlab qolish ularni órganish va tóĝri qòllash milliy madaniyatni rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish uchun zarurdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdullayev V.A. Òzbek adabiyoti tarixi.K- 2. T 1967 2.Abduraxmonov M. Òzbekcha-ruscha aforizmlar luĝati.- T.1976 3. Abu Ali Ibn Sino tib qonunlari, T .1954 4. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli luĝati: tórt jildlik. / E.I Fozilov tahriri ostida. T. 1983; 1985 5. Axmedov B.A Tarixdan qisqacha izohli lugʻat T.1977 https://scientific-jl.com/new 11 77 22 Volume–82_Issue-1_August-2025

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maqolning adabiyotdagi òrni va uning rivojlanishi tahlil qilindi.Maqolning tarixiy jihatlari, xalq oĝzaki adabiyotida va zamonaviy adabiyotda qanday shakllanishi va òzgarishi kórib chiqildi.Maqolning xu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maqolning adabiyotdagi òrni va uning rivojlanishi tahlil qilindi.Maqolning tarixiy jihatlari, xalq oĝzaki adabiyotida va zamonaviy adabiyotda qanday shakllanishi va òzgarishi kórib chiqildi.Maqolning xu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xususiyat, simvolizm, xalq oĝzaki ijodi, ritmik tuzulish, ma’no, Kalit sòzlar: Maqol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники