К содержанию
РецензированоUZ2025

RAQAMLI AKTIVLAR BILAN BOG‘LIQ NIZOLARNI HAL QILISHNING MUQOBIL USULLARI

Abdusatarov Jaloliddin Sharafutdin o‘g‘li · ЦИФРОВЫМИ АКТИВАМИ

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes alternative methods used in resolving disputes related to digital assets, and examines their advantages, legal frameworks, and practical applications. In particular, the integration of ODR platforms with blockchain technology, the possibilities of strengthening trust between parties, and rapid dispute resolution are given special attention. The article offers a scientific and practical approach aimed at creating a fair and innovative dispute resolution system in the digital economy. Keywords: digital assets, cryptoassets, blockchain technology, smart contracts, digital economy. Raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizolarni hal qilishning muqobil usullari deganda agar ular bilan bog‘liq nizo vujudga kelsa ularni hal etishning tartib-taomillari tushuniladi. Bunda boshqa huquqiy munosabatlarda qo‘llaniluvchi nizolarni muqobil hal qilish (ADR) usullarini qo‘llashimiz mumkin bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda nizolarni hal qilishning eng samarali usullaridan mediatsiya hamda arbitraj hisoblanadi. 25 Avgust, 2025-Yil Nega deganda, arbitraj qarorlari majburiy bo‘lsa (keyinchalik sud orqali ijro xati olingandan keyin), mediativ kelishuv ham tegishli majburiyatlarni yuzaga keltiradi. Quyida nizolarni hal qilishning ushbu usullari yoritiladi hamda uning raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizoolarga qo‘llanishining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Mediatsiya. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar jadal rivojlanib borayotganligi sababli subyektlar o‘rtasida turli nizolar kelib chiqishi muqarrar; bundan tashqari, amaldagi amaliyot shuni ko‘rsatadiki, oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ko‘plab ziddiyatli vaziyatlar mavjud; nizoni hal qilish uchun tomonlar bunday vaziyatda mediatsiya tartib- taomilini qo‘llashlari ham mumkin bo‘ladi. Mediatsiya – taraflarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha nizoni mediator yordamida hal etish usuli. Mediatorlar neytral tomon hisoblanadi. Hozirgi vaqtda nizolarni suddan tashqari hal etishga qaratilgan vositachilik-kelishuv jarayoni rivojlangan xorijiy davlatlarning huquqiy tizimlarida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda haqiqiy bozor jarayonlaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yaratilishi kerak. “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. 2019 yil 1-yanvardan kuchga kirgan bu qonun haqida fikr yuritganda, avvalambor, “mediatsiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalish lozim. Vositachilik ma’nosini anglatuvchi bu atama lotincha “mediare” so‘zidan olingan bo‘lib, jahonning ko‘plab davlatlarida nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning eng maqbul usuli sifatida tan olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022-yil 28-yanvardagi PF60-sonli Farmonining 15- maqsadida nizolarni haetishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy- huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish vazifasi belgilangan. Shu bilan birga mediatsiyaning qo‘llanilishi sud tomonidan ko‘riladigan ishlar hajmini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Oliy sudning statistik ma’lumotlariga ko‘ra 2022-yilda iqtisodiy ishlarda 3568 ta, fuqarolik ishlarda 3265 ta mediatsiya qo‘llanilgan va bu 2021 yilga qaraganda tegishlicha 1,5 baravar 3 baravarga oshgan. Tarixni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, mediatsiya amaliyoti Bobil, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda huquq tizimining evolyutsiyasi davrida qonuniylashtirilgan. Mediatsiya nizolarni hal etish vositasi sifatida Yustinian kodeksidan (miloddan avvalgi 6-asr) boshlab Rim huquqida tan olingan. “Vositachi” so‘zi rimliklar tomonidan nizolarni hal qiladigan mutaxassislarga nisbatan ishlatilgan. Ular ruhoniylar va daholar bilan bir darajaga qo‘yilgan. 20-asrning ikkinchi yarmida AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniyada zamonaviy tushunchalarda vositachilik shakllana boshladi. Oilaviy kelishmovchiliklar Yevropadagi vositachilar tomonidan hal qilinadi. Umuman olganda, mediatsiya - bahs-munozaralarni uchinchi betaraf tomon ishtirokida tartibga solishga doir huquqiy texnologiya. Mediatsiya sohasidagi munosabatlarga mediatsiya kelishuvini tuzish, mediatsiya jarayonini o‘tkazish, mediativ kelishuvni tuzish va uni ijro qilish bilan bog‘liq munosabatlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi deganda necha hujjat bilan tuzilishi (xoh u bitta hujjatdan iborat bo‘ladimi, xoh u ikkita hujjatdan iborat bo‘ladimi yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qancha hujjatlardadan iborat bo‘ladimi)dan, bundan tashqari, o‘zining nomidan va tuzilish shaklidan (shartnoma, konvensiya, bayonnoma, bitim, pakt, akt, xatlar yoki notalar 26 Avgust, 2025-Yil almashinuvi yoki xalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan chet davla

Доказательный фрагмент

«This article analyzes alternative methods used in resolving disputes related to digital assets, and examines their advantages, legal frameworks, and practical applications.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes alternative methods used in resolving disputes related to digital assets, and examines their advantages, legal frameworks, and practical applications. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital assets, cryptoassets, blockchain technology, smart contracts, digital, kriptoaktivlar, smart-kontraktlar, blokcheyn texnologiyasi, raqamli iqtisodiyot., raqamli aktivlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники