Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARI VA ULARNING ESTETIK QOBILIYATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI
RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI · Kaxarova Gulnora Saʼdullayevna · ЭСТЕТИЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article explores the role of folk oral genres in developing the artistic and aesthetic abilities of primary school pupils. It analyzes the educational and aesthetic potential of fairy tales, proverbs, riddles, epics, and legends. The article outlines methodological foundations for integrating folk oral creativity into modern primary education. Keywords: folk oral creativity, aesthetic education, primary school, fairy tale, riddle, artistic-aesthetic ability, didactic criteria, aesthetic technologies, epic. Oʼquvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirish, ularning goʻzallikka boʻlgan munosabatini rivojlantirib, obrazli fikrlashini kengaytirish hozirgi taʼlim jarayonining muhim ustuvor pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Taʼlim va tarbiya jarayonida xalq ogʻzaki ijodi janrlari beqiyos estetik imkoniyatlarga ega boʻlgan tarbiyaviy manba sifatida alohida eʼtiborni talab etadi. Ular oʻzida xalqning qadimiy tasavvurlari, badiiy tajribasi, axloqiy qadriyatlari va estetik mezonlarini mujassam etgan boʻlib, oʻquvchilar ongida goʻzallikni anglash, baholash va ifodalash koʻnikmalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Xalq ogʻzaki ijodi janrlari mazmun va shakl jihatdan rang-barang boʻlib, har biri oʻziga xos estetik taʼsir doirasiga ega. Masalan ertaklar oʻquvchilarning tasavvurini boyitish, ijobiy va salbiy obrazlar oʻrtasidagi farqlarni tushunish, xayoliy manzaralarni mushohada qilishda muhim vosita sanaladi. Topishmoqlar esa mantiqiy fikrlash, umumlashtirish, mazmunli tushunchalar ustida ishlashga asos boʻladi. Maqollar va matallar orqali oʻquvchilar qisqa, ammo chuqur 7 maʼnoli fikrlarni idrok etish, axloqiy-estetik xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi. Afsona va rivoyatlar tasavvur doirasini kengaytiradi, tarixiy-badiiy ongni uygʼotadigan boʼlsa, dostonlar dramatik voqealar, badiiy ifoda va musiqiy-kompozitsion tuzilmasi orqali estetik his-tuygʼularni kuchaytiradi. Xalq ogʻzaki ijodining ushbu janrlari dars jarayonida maqsadga muvofiq qoʻllanilganda, oʻquvchilarda badiiy tafakkur va estetik qobiliyatlar izchil shakllanadi. O.Madayev, M.Sulaymonov, M.Jumaboyev tadqiqotchilarning ilmiy adabiyotlarida xalq ogʻzaki ijodi janrlarining pedagogik va estetik salohiyatini chuqur tahlil qilgan boʻlsa rus va xorijiy olimlarning tadqiqotlari xalq ijodini taʼlim jarayoniga integratsiyalash orqali oʻquvchilarda estetik ongni shakllantirish borasida muhim ilmiy yondashuvlarni ilgari surgan. Jumladan, Bobunova xalq maqollarining axloqiy-estetik tarbiyadagi rolini tahlil qilgan boʻlsa, Doeva musiqiy va dramatik vositalarning estetik madaniyatga taʼsirini oʻrgangan, Spiridonova esa sinfdan tashqari faoliyatda xalq ijodidan foydalanish samaradorligini asoslab bergan. Xalq ogʻzaki ijodining nazariy jihatdan oʻrganilishi uni taʼlim-tarbiya jarayoniga ilmiy asoslangan, tizimli va maqsadli ravishda qoʻllash imkoniyatlarini yaratadi. Estetik-funktsional tipologiyaga tayanilgan holda xalq ogʻzaki ijodi janrlarini ularning badiiy obrazlilik darajasi, dramatik ifodaviylik xususiyati hamda hissiy taʼsir kuchiga koʻra tasniflash mumkin boʻlib, bu yondashuv har bir janrning taʼlimdagi estetik vazifasini aniqlashtirishga xizmat qiladi hamda janrlararo integratsiya asosida ertak, topishmoq, maqol kabi janrlarning uygʻun qoʻllanilishi orqali oʻquvchilarning obrazli fikrlash, maʼnaviy-estetik anglash, mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga keng sharoit yaratiladi. Didaktik-matn tanlash mezonlari xalq ijodi namunalarining dars jarayoniga integratsiyalashuvi uchun muhim omil boʻlib, bunda yoshga moslik, badiiy mazmun boyligi, axloqiy va estetik qimmatga ega boʻlishi mezon sifatida belgilanadi. Estetik qobiliyatlar diagnostikasi esa tasavvur, tafakkur, obrazli anglash va badiiy fikr yuritish kabi qobiliyatlarning bosqichma-bosqich shakllanishini baholashga imkon yaratadi. Estetik texnologiyalar dramatizatsiya, ifodali oʻqish, hikoya yaratish, oʻquvchi bilan faol muloqotga asoslangan metodlar orqali xalq ogʻzaki ijodining oʻquvchi shaxsiga estetik taʼsirini kuchaytiradi. Xalq ogʻzaki ijodi janrlari ertak, topishmoq, maqol, afsona, doston kabi shakllar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirishda boy tarbiyaviy va estetik salohiyatga ega didaktik vosita sifatida namoyon boʻladi. Ushbu janrlar oʻquvchilarda obrazli va mantiqiy tafakkur, tasavvur, badiiy anglash, baholash va ifoda qilish koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Xalq ijodining estetik-funktsional tipologiyasini aniqlash, janrlararo integratsion modelni qoʻllash, didaktik-matn tanlash mezonlarini ishlab chiqish, estetik qobiliyatlarni bosqichma-bosqich aniqlovchi diagnostik yondashuvlarni taklif etish va ijodiy-estetik texnologiyalarni zamonaviy darsga tatbiq etish samarali natija beradi. Xalq ogʻzaki ijodining darsga metodik integratsiyalashuvi nafaqat oʻquv materialini boyitadi, balki oʻquvchining estetik ongini, madaniy tafakkurini va shaxsiy qadriyatga asoslangan dunyoqarashini shakllantirad
Доказательный фрагмент
«This article explores the role of folk oral genres in developing the artistic and aesthetic abilities of primary school pupils.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the role of folk oral genres in developing the artistic and aesthetic abilities of primary school pupils. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- folk oral creativity, aesthetic education, primary school, fairy tale, riddle, ertak, doston., topishmoq, estetik texnologiya, boshlangʻich sinf, estetik tarbiya, didaktik mezon, xalq ogʻzaki ijodi, badiiy-estetik qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025