К содержанию
РецензированоUZ2024

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O'QITISHDA AMALIYOTGA YO'NALTIRILGAN YONDASHUVLAR

AMALIYOTGA YO'NALTIRILGAN YONDASHUVLAR · Ikromova Sevinch Elniyoz qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada miqdorlarni o‘qitish jarayonida real hayotiy misollar, didaktik o‘yinlar va interfaol mashg‘ulotlardan foydalanish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, o‘lchov birliklari, vaqt, pul va massa kabi miqdorlarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va pedagogik usullar keltirilgan. Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, matematika, miqdorlar, amaliyot, yondashuv, interfaol usullar, kompetensiya, mantiqiy fikrlash, didaktik o'yinlar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratib, uning jamiyat taraqqiyotidagi o'rnini doimiy ravishda ta'kidlab keladi. Jumladan, O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yo'llagan tabrigida: “Bugun biz uchun eng ustuvor va hal qiluvchi vazifa – bu yosh avlodning intellektual salohiyatini, mustaqil fikrlash qobiliyatini yuksaltirishdir. Bu borada maktabgacha ta'lim, maktab, oliy ta'lim muassasalarining uzviy hamkorligi juda muhim. Zero, zamonaviy bilim va kasblarga ega yoshlar — Oʻzbekistonning buyuk kelajagi” deb ta'kidlaganlar (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan so'zlagan nutqi, 2024-yil 30-sentyabr). Bu fikr boshlang'ich ta'limdan boshlab o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilimlarni, balki ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini ham shakllantirish zarurligini anglatadi. Matematika darslarida miqdorlarni o'qitish ham aynan shu talabga javob berishi lozim. Miqdorlar mavzusini o‘qitishda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlardan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni chuqur anglashlari, real hayotiy vaziyatlarda matematik bilimlarni qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asosiy omil hisoblanadi. Boshlang'ich sinfda matematika o'qitishning asosiy maqsadi – o'quvchilarda sonlar va hisoblash haqida tushunchalar shakllantirish, ularni kundalik hayotda qo'llashga o'rgatishdir. Miqdorlar tushunchasi esa ana shu jarayonning muhim qismi bo'lib, uning samaradorligi ko'p jihatdan qo'llanilayotgan o'qitish metodlariga bog'liq. Hozirgi kunda amaliyotga yo'naltirilgan yondashuvlar ta'limda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. "STEAM-ta'lim" (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) konsepsiyasining ta'limga joriy etilishi ham aynan shu maqsaddan kelib chiqqan. O'zbekistonda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy usullarni joriy etish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28- yanvardagi PF-60-sonli Farmoni, 2.7-band). 1. Miqdorlarni amaliy o‘qitish usullari va misollar Vaqt tushunchasi: Vaqtni o‘qitishda soat modellari, kalendarlar va smartfon ilovalari kabi real vositalardan foydalanish muhimdir. Masalan, 2-sinf matematika darsligida vaqtni o‘lchash bo‘limida o‘quvchilarga kundalik tartiblarini soat yordamida tuzish taklif qilinadi. Dars boshlanishi, tanaffus, tushlik vaqtlari kabi aniq misollar asosida ertalab 8:30 dan 9:15 gacha 22 bo‘lgan vaqt oralig‘i necha daqiqa ekanligini hisoblash mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu usul o‘quvchiga vaqtni nafaqat soatda ko‘rishni, balki uni amaliyotda qo‘llashni ham o‘rgatadi. Pul miqdorlari: Pulni o‘qitishda do‘kon o‘yinlari eng samarali usullardan biridir. Bu o‘yinlar orqali o‘quvchilar pul birliklarini (so‘m, tiyin) farqlashni, narxlarni solishtirishni, xarid qilishni va qoldiq pulni hisoblashni o‘rganadilar. Masalan, 3-sinf o‘quvchilariga 2000 so‘m berib, 500 so‘mlik non va 800 so‘mlik sut sotib olishni buyurish mumkin. O‘quvchilar qolgan pulni hisoblash uchun amallarni bajarishadi. Bu jarayonda ular nafaqat matematik amallarni, balki kundalik hayotdagi moliyaviy savodxonlikni ham egallaydilar. O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlikni oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar bu yondashuvning dolzarbligini yanada oshiradi (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish dasturi”). Uzunlik, massa va hajm: Bu miqdorlarni o‘rgatishda o‘lchov asboblari (lineyka, metr, tarozi, o‘lchov idishlari) bilan ishlash muhimdir. Boshlang'ich sinf darslarida o‘quvchilarga stol uzunligini santimetr va metrda o‘lchash, daftarning massasini grammda tortish kabi amaliy mashg‘ulotlar beriladi. Shuningdek, 1 litr suvni yarim litrlik idishlarga taqsimlash kabi topshiriqlar hajmni o‘rgatishda foydali. Masalan, 4-sinf darsligida o‘lchov birliklari mavzusida "Sinf xonasining perimetri qancha?" degan topshiriq berilgan. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, xonaning har bir tomonini o‘lchab, umumiy perimetrni hisoblashadi. Bu usul ularda hamkorlik, amaliyot va nazariy bilimlarni birlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 2. Miqdorlarni o‘qitishda interfaol texnologiyalar Zamonaviy ta'limda interfaol texnologiyalardan foydalanish o‘quv jara

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Boshlang'ich ta'lim, matematika, miqdorlar, amaliyot, yondashuv, interfaol, mantiqiy fikrlash, interfaol usullar, didaktik o'yinlar., kompetensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники