К содержанию
РецензированоUZ2026

“MAYSARANING ISHI” VA “QIYIQ QIZNING QUYILISHI” KOMEDIYALARIDA KOMIK XARAKTER

KOMIK XARAKTER · Siddiqova Osiyo Normurod qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu kichik tadqiqotda Hamza Hakimzoda Niyoziy va Uilyam Shekspir komediyalarida komik xatakter tadqiq etilgan bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy planda o‘rganilgan. Tadqiqotimiz davomida, ayniqsa, Aristotelning “Poetika”asariga tayanilib, ular nazariy qismlarda o‘z aksini topgan. Shuningdek, Hamza va Shekspirning besh tomlik kitoblari asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilgan. Komediyada komik xarakterlar turli vaziyatlar orqali yuzaga kelishi mumkin. Bunda komik xarakter voqealar rivojiga bevosita ishtirok etishi, boshqa personajlar bilan to‘qnashuvlar, yoki muallifning ma’lum ma’nodagi e’tiroflari orqali tasvirlanadi. Komediyalarda salbiy xarakterdagi qahramonlar ko‘p uchraydi va ular juda rang-barang. Ma’lum bir komediyadagi komik xarakterlar klassifikatsiyasi, boshqa bir komediya qahramonlari tavsifiga mos kelmasligi mumkin. Bularni inobatga olgan holda, xarakterlarni ma’lum bir qolipga solib bo‘lmaydi deyish mumkin. Quyida Hamza va Shekspir komediyalaridagi komik qahramonlarni tahlil qilamiz. Hamza va Shekspirlar, garchi ikki madaniyat vakillari bo‘lishiga qaramay, ularning asarlarida komik xarakterlar bir-biriga yaqin. Ushbu adiblarning komik qahramonlari jamiyatdagi illatlarni fosh etish, diniy xurofotga qarshi chiqish, tengsizlik, riyokorlik , sevgi- muhabbat, soddalik kabi obrazlar orqali tasvirlangan. Har ikkala komediograflarning asarlari kulgi orqali ma’naviyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ularning ijodida komediyaning ko‘plab turlarini uchratish mumkin. Ulug‘ rus yozuvchisi Tolstoy shunday degan edi: “Komediya – tragediya, drama, melodrama singari aniq tushunchaga ega emas. Maynavozlikdan iborat vodevildan tortib, “Revizor” kabi tragikomediyagacha komediyadir”. Komediyaning ayni shu sifatlari har ikkala adib ijodida mujassamlashgan. “Maysaraning ishi”da qozi, Hidoyatxon va a’lamlarga qarshi kurashuvchi, Maysara, Oyxon va Cho‘ponlar ijobiy obrazlari sifatida tasvirlanadi. Komediyada Maysara uddaburon va tadbirli bo‘lsa, Cho‘pon va Oyxon to‘g‘ri so‘zli, or-nomusli yoshlar sifatida namoyon bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi muhabbat samimiy. Sevishganlar bir-biriga vafodor yor sifatida qalamga olingan. Biz Cho‘pon va Oyxon obrazi orqali, Hamzaning ishq-muhabbat masalasiga bo‘lgan munosabatini ko‘rishimiz mumkin. Yozuvchi bu tipik obrazlar orqali, oddiy mehnatkash ommaning ham muhabbatni ulug‘lashi va qadrlashni ko‘rsatib bergan. Ikki oshiqlar Maysaraning ustomonligi tufayli dushmanlaridan xalos bo‘ladilar. Maysara Oyxon va Cho‘ponni o‘z farzandlariday ko‘radi. Ularni qutqarish uchun qo‘lidan keladigan barcha tadbirni amalga oshiradi. Qozi, a’lam va muftilar shoxida yursa, Maysaraxon bargida yuradi. Hamzaning mazkur asarida, Maysara, Mullado‘st, Cho‘pon va Oyxon obrazlari orqali, oddiy mehnatkash aholining, hozirgi zamon nuqtai nazar bilan aytganda, mansabdor shaxslar ustidan, ularga qarshi kurashda g‘olib bo‘lishini obrazli tarzda ifodalagan. Komediyada syujet dinamikasi muhabbat (Cho‘pon, Oyxon, Nodira, Tohir), do‘stlik (Tohir va Cho‘pon), qarindoshlik (Maysara va yoshlar), hiyla, xat, tuzoq kabi motivlar kombinatsiyasi orqali harakatlantirilgan. 4 Shekspir komediyalarida syujet, Hamza asarlariniki kabi emas. Shekspirda ular biroz murakkabroq. Voqealar rivoji kengligi bois, syujet o‘z-o‘zidan boyib, rang-baranglik kasb etgan. Hamza komediyalarida konflikt yuqori va quyi qatlam o‘rtasida yuz bersa, Shekspir asarlarida ziddiyat, asosan, zodagonlar o‘rtasida kechadi. Har ikkala ijodkorning asarlarida umumiy ziddiyatdan tashqari kichik konfliktlar ham bor. “Maysaraning ishi”da din peshvolari va Maysara o‘rtasida, Qozi va Nodiraning kelishmovchiliklari, Cho‘pon va Qozining Matg‘ozining merosi masalasida tortishuvlari shular jumlasidan. “Qiyiq qizning quyilishi”da Petruchcho va Katarina to‘qnashuvidan tashqari, Biankaga da’vogar kuyovlar o‘rtasida, Katarina va unga qarshi otasi hamda singlisi o‘rtasida, bir qancha mayda konfliktlar ham mavjud. “Maysaraning ish” komediyasidagi Cho‘pon va Oyxonlarning sevgisi bir qaraganda “Qiyiq qizning quyilishidagi” Bianka va Luchensiyolarning muhabbatiga o‘xshab ketadi. Ammo asar so‘ngida vaziyat tubdan o‘zgarib, Bianka va Luchensiyolarning o‘rtasidagi munosabat haqiqiy sevgi emas, havas bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi. Katarina va Petruchcho esa, Cho‘pon va Oyxon kabi haqiqiy sevgiga erishadi. Umuman olganda, Hamza va Shekspir komediyalari orasidagi qiyosiy o‘rganish faqat adabiy jihatdan emas, balki madaniy, tarixiy va ijtimoiy nuqtai nazardan ham muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Bu ikki adib ijodi orqali komediyaning jamiyatdagi o‘rni, san’atning tarbiyaviy va estetik kuchi haqida chuqurroq tasavvur hosil qilish mumkin. Bundan tashqari, ularning asarlarini qiyosiy o‘rganish orqali o‘zbek va ingliz adabiyotining umumiyliklari va milliy xususiyatlari haqida ilmiy mulohazalar yuritish imkoniyati kengayadi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu kichik tadqiqotda Hamza Hakimzoda Niyoziy va Uilyam Shekspir komediyalarida komik xatakter tadqiq etilgan bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy planda o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu kichik tadqiqotda Hamza Hakimzoda Niyoziy va Uilyam Shekspir komediyalarida komik xatakter tadqiq etilgan bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy planda o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
cho pon, pon oyxon, komik xarakterlar, shekspir komediyalarida, hamza shekspir, maysaraning ishi, maysara oyxon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники