К содержанию
РецензированоRU2026

JADIDLARNING SAFAR XOTIRALARIDA ZAMONAVIY TA’LIM XUSUSIDAGI QARASHLARNING AKS ETISHI VA UNI AMALGA OSHIRISHLARI

Urakova Feruza Nurillayevna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной статье представлены выводы о взглядах джадидских мыслителей Махмудходжи Бехбуди и Исхохона Ибрата на современное образование во время их поездок за границу, а также о их роли и значении в его внедрении в Туркестане. Annotation: This article presents conclusions about the views of Jadid intellectuals Mahmudkhoja Behbudi and Is'hoqhon Ibrat on modern education during their travels abroad, as well as their role and significance in its implementation in Turkestan. Kalit so’zlar: ma’rifat targ’ibotchisi, maslakdosh, usuli savtiya, nasiro dini, elektriy lamfa, adabiy tarbiyat. Millat tafakkurini yuksaltirish, turli mafkuraviy tahdidlardan himoyalashda ma’rifatparvar jadidlarning o’rni beqiyosdir. Ular qoldirgan meros xalq farzandlarini savodli, dono bo’lishlarida o’rni beqiyosdir.Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo’ja Behbudiy va ma’rifat targ’ibotchisi Ishoqxon tura Ibrat nomlari alohida e’tirofga sazovordir. Har doim jadidlar faoliyati va amalga oshirgan ishlarni o’rganish va tadqiq qilish olimlar jamoasi uchun, ayniqsa tarixchi va filologlar oldidda turgan asosiy yoritilishini kutayotgan masalalardan biri sifatida turgan. Biroq mustaqillikdan keying yillarda jadidlarning faoliyati va ilmiy me’rosini tadqiq etish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.Hukumat qarorlari va rag’bati bilan bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami kengayib bormoqda.Ayniqsa oxirgi yillardagi mamlakatimizda jadid namoyondalarining g’oyalarini davlat siyosatida ustuvor masala sifatida maydonga chiqishida jonbozlik ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to’g’risida” gi qarori qabul qilindi.1 Jadidlar faoliyati va ular amalga oshirgan ishlar va asarlarini tadqiq etgan izlanuvchilar va olimlar safiga D.Alimova, U.Dolimov, B.Qosimov, T.Qozoqov, D.Jamolova kabi tadqiqotlarni misol tariqasida ayta olamiz. Mahalliy tadqiqotlardan tashqari xorijlik tadqiqotchi olimlar tomonidan ham keng qamrovli ilmiy ishlar amalga oshirildi va bu jarayon davom etmoqda. Dunyoning AQSH, Buyuk Britaniya,Turkiya,Fransiya kabi mamlakatlari ilmiy tadqiqot markazlari va universitetlarida XIX asr oxiri-XX asr boshlarida musulmon mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar,jadidchilik harakatining vujudga kelish sababablari hamda jadid namoyondalarining asarlari o’rganilmoqda. Shuningdek jadidchilik harakatining jamiyat va davlatni isloh qilishdagi o’rni va roli ham tadqiq qilinmoqda. Xususan, bularga misol qilib,Darxan Kydyraliyev, Derlihan Bora,Izzatellah Zeki va shu kabi xorij va qardosh xalq vakillarining ilmiy izlanishlarini misol qilib keltirsak bo’ladi. O’zbekistonda mustaqillikdan keyin jadidchilik harakati haqida ko’plab tadqiqotlar 1 https://www.lex.uz/uz/docs/-6947380 7 amalga oshirildi, biroq jadidlar amalga oshirgan sayohatlar tarixi va sayohatlarning jadidlar dunyoqarashiga ta’siri, ahamiyati kam tadiqiq qilingan. Jamiyatni isloh qilishda jadidlar amalga oshirgan safarlarning amaliy ahamiyati, qarashlarning shakillanishidagi roli, xorijdan keltirtilgan fan-texnika yutuqlarini Turkiston o’lkasida joriy qilish uchun amaliy harakatlar tarixi tadqiq qilish mavzu dolzarbligini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.07.2024 yildagi PQ-270-son “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori2 va sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu maqola muayyan darajada xizmat qiladi. Bundan tashqari maqolada Mahmudxo’ja Behbudiy hamda is’hoqxon Ibrat misolida ularning sayohatlari,haj amallarining ularni faoliyatlaridagi ahamiyati ochib berilgan. Hozirgi davrda ham ta’lim sohasida ilg’or texnologiyalarni joriy etish va uni mamlakatimiz ta’lim tizimiga moslashtirish asosiy masalalrdan biri bo'lib turibdi. Oradan vaqtlar o'tgan bo'lsada bu masala dolzrbligini zarrcah yuqotmaganligini ko’rib turibmiz. Maqolani ahamiyatini ko’rsatadigan asosiy jihatlardan biri yuqorida aytilgan sayohatchi jadidlarni sayohatlardan olgan ta’surotlari bo’lsa yana bir jihati ularni o’lkada joriy qilish uchun harakatlari.Bu jarayon jadidlar faoliyatini o’rganishda asoiy jihatlardan biridir.Chunki bu sayohatlar natijasinining amaliy ahamiyati ochib berilgan. Jadidlarning sayohatlari nafaqat ularning dunyoqarashini o’zgartirgan, balki O’rta Osiyo taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsiyalarni o’zlashtirilishiga ham xizmat qilgan. Millat ziyolilarining Turkiston o’lkasida ma’rifatni rivojlantirish uchun olib borgan harakatlarida sayohat va safarlarning o’rni beqiyosdir. Mahmudxo’ja Behbudiy va Ishoqxon Ibrat misolida ana shunday sayohatlar amalga oshirilgan. Mahmudxo’ja Behbudiy 1899-1900-yillarda haj ziyoratiga boradi.Haj ziyoratini amalga oshirish davomida turkistondagi vaziyatni solishtirdi, taftish qildi va taqqosladi. Bu masalalar doirasida o’z maslakdoshlari va duny

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлены выводы о взглядах джадидских мыслителей Махмудходжи Бехбуди и Исхохона Ибрата на современное образование во время их поездок за границу, а также о их роли и значении в его внедрении в Турк…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлены выводы о взглядах джадидских мыслителей Махмудходжи Бехбуди и Исхохона Ибрата на современное образование во время их поездок за границу, а также о их роли и значении в его внедрении в Турк… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’rifat targ’ibotchisi, maslakdosh, nasiro dini, adabiy tarbiyat., usuli savtiya, elektriy lamfa
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники