К содержанию
РецензированоUZ2026

PEDAGOGIKA OLIY TA’LIMIDA KOLLABORATIV MADANIYAT: NAZARIY ASOSLAR, METODIK YONDASHUV VA KOMPETENSIYALAR

Badalova Gulira’no Mirolimjon qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The article elucidates the theoretical and methodological foundations of building a collaborative culture in teacher education. It examines cooperation-oriented instruction, small-group work, the teacher’s facilitator role, mutual respect and responsibility, and techniques that foster creative and critical thinking. Drawing on Vygotsky’s zone of proximal development, the paper outlines ways to strengthen students’ motivation, socio- psychological resilience, and competencies; it discusses collective decision-making and constructive conflict management, arguing that democratizing the learning process and peer collaboration consolidate transferable skills. Keywords: collaborative culture; cooperative learning; facilitation; small groups; critical and creative thinking; zone of proximal development. Kollaborativ madaniyat bugungi oliy ta’lim tizimida talaba shaxsini kompleks 23 rivojlantirishning muhim omilidir. Hamkorlikka tayangan o‘quv jarayoni talabalarda o‘zaro hurmat, mas’uliyat, samarali muloqot, murosa, kreativ va tanqidiy fikrlashni shakllantiradi. Bunda o‘qituvchi ma’ruzachi emas, balki fasilitator sifatida guruh ishini yo‘naltiradi, tengdoshlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni rag‘batlantiradi. Kichik guruhli munozaralar, aqliy hujum, rollarni almashish, muammoli vaziyatlarni birgalikda tahlil qilish singari usullar talabaning ijtimoiy-psixologik barqarorligini mustahkamlaydi. Vygotskiyning yaqin rivojlanish zonasi yondashuvi asosida jamoaviy faoliyat bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, motivatsiyani oshirish va kompetensiyalarni amaliyotga ko‘chirishga xizmat qiladi. Shuningdek, konstruktiv nizolarni boshqarish, qaror qabul qilishda barcha a’zolar hissasini e’tirof etish, ijtimoiy ishonchni mustahkamlash jihatlar ta’lim muhitini demokratlashtiradi. Jahonda oliy ta’lim tizimi jadal o‘zgarayotgan bir vaqtda, talabalarning hamkorlikda ishlash madaniyatini rivojlantirish ta’lim strategiyalarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, kollaborativ madaniyat - ya’ni jamoaviy fikrlash, qaror qabul qilishda ishtirok etish, o‘zaro hurmat va mas’uliyat asosida muloqot qilish qobiliyatlari - zamonaviy pedagogik ta’lim standartlarining ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Bu madaniyatni shakllantirish orqali talaba mustaqil fikrlovchi, jamoada ishlay oladigan, ijtimoiy-psixologik barqaror shaxs sifatida yetishadi.Pedagogik ta’lim jarayonida raqobat emas, balki hamkorlik tamoyillarini ilgari surish o‘qituvchilik kasbining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini chuqur anglashga olib keladi. Ushbu dissertatsiya pedagogika oliy ta’limi sharoitida kollaborativ madaniyatni rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlab, uni metodik jihatdan ta’minlash, jamoaviy faoliyatni kompetensiyaviy yondashuv orqali rivojlantirish yo‘llarini ilmiy asoslab beradi. Kollaborativ madaniyat (hamkorlik madaniyati) – bu o‘quv muhitida talabalarning birgalikda ishlashga moyil tamoyillari, o‘zaro hurmat va jamoaviy mas’uliyat kabi qadriyatlar majmuasidir. Zamonaviy pedagogikada ta’lim jarayonini talaba faolligi va hamkorligiga asoslangan holda tashkil etish dolzarb masalaga aylandi[1. 2024:B.133]. Xususan, XXI asr kompetensiyalari tarkibida talabalar uchun kommunikativ va kollaborativ ko‘nikmalar alohida ahamiyat kasb etmoqda[2. 2006:B.14]. Bugungi ta’lim sohasidagi global tendensiyalar ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablarni oshirdi – talabalarda mustaqil fikrlash bilan birga jamoa bo‘lib muammoni hal etish qobiliyatini ham shakllantirish zarurati tug‘ildi. Shu bois O‘zbekistonda ham ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, interfaol va hamkorlikka asoslangan usullarni joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Kollaborativ madaniyatli ta’lim muhiti quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: talabalarning faol ishtiroki va hamma uchun ochiq munozara, g‘oyalarni erkin ifoda qilish imkoniyati, barcha a’zolar hissasining qadrlanishi va o‘zaro yordamga tayyorlik. Bunday muhitda o‘qituvchi “ma’ruza o‘quvchi”dan ko‘ra ko‘proq fasilitator (yo‘llaguvchi) rolini bajaradi – ya’ni talabalar o‘zlari yechim topishlari uchun yo‘l ko‘rsatib, muloqot va hamkorlikni rag‘batlantiradi. Natijada, talabalarda bir-birining fikrini tinglash, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va jamoaviy qaror qabul qilish kabi kompetensiyalar shakllanadi. Pedagogik tadqiqotlar tasdiqlashicha, barcha talabalarning dars jarayoniga jalb qilinishi ularning kooperativ va kollaborativ ko‘nikmalarini shakllantirishga olib keladi, shuningdek, kichik guruhlardagi bahs-munozaralar mavzuga qiziqishni oshiradi. Talaba dars davomida yetakchi rolni bajarib ko‘rish, tengdoshlaridan o‘rganish va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘lsa, bu uning hamkorlik madaniyatini mustahkamlaydi. Demak, pedagogik nuqtai nazardan kollaborativ madaniyat – bu maxsus tashkiliy-pedagogik sharoit yaratilgandagina 24 rivojlanadigan sifat bo‘lib, uning negizida ta’lim jarayonini demokratlashtirish, o‘qituvchi va talaba hamkorligini ta’minlash yotadi. Guruh ichida o‘zaro ishonch va hur

Доказательный фрагмент

«The article elucidates the theoretical and methodological foundations of building a collaborative culture in teacher education.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article elucidates the theoretical and methodological foundations of building a collaborative culture in teacher education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
collaborative culture, cooperative learning, facilitation, small groups, critical, kichik guruhlar, kollaborativ madaniyat, hamkorlikda o‘qish, tanqidiy va kreativ fikrlash, fasilitatorlik, yaqin rivojlanish zonasi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники