Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA TALABALARNING IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISH USULLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · OSHIRISH USULLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Anarbayeva Dildora Ahmetovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 217-219 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘qish savodxonligi darslarida talabalarni faol, mustaqil va ijodkor fikrlovchi subyekt sifatida shakllantirishga qaratilgan usul va yondashuvlar ilmiy-nazariy hamda amaliy asosda yoritilgan. O‘qish savodxonligi zamonaviy ta’limda nafaqat matnni tushunish, balki u orqali tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish vositasi sifatida qaralmoqda. Maqolada ijodiy faollik tushunchasi, uning o‘qish savodxonligi bilan bog‘liqligi, matn asosida tahlil qilish, yangi g‘oyalar ilgari surish, muqobil fikrlar yaratish orqali talabalar tafakkurini faollashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, ochiq savollar, muammoli topshiriqlar, “fikr xaritasi”, “kreativ qayta yozish”, “loyiha asosida o‘qitish” kabi interaktiv metodlarning talaba ijodiyligiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot asosida xulosa qilinadiki, o‘qish savodxonligi darslarida to‘g‘ri tanlangan metodik yondashuvlar talabalarda ijodiy fikrlash, erkin ifoda, tanqidiy qarash va mustaqil xulosa chiqarish kabi kompetensiyalarni shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Kalit so‘zlar: tanqidiy fikrlash, matn bilan ishlash, interaktiv metodlar, savol-javob texnologiyasi, muammoli vaziyat, ijodiy topshiriqlar, mustaqil fikrlash. Kirish qismi: Globallashuv jarayonlari, axborot texnologiyalarining keng tarqalishi va raqobatbardosh bilim iqtisodiyoti sharoitida taʼlim oldida turgan asosiy vazifa — mustaqil fikrlovchi, ijodiy yondasha oladigan, kompleks muammolarga samarali yechim topa oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat. Ayniqsa, oliy taʼlim muassasalarida o‘quvchilardan farqli ravishda talabalardan yuqori darajadagi tafakkur, tanqidiy tahlil qilish va ijodkorlik kompetensiyalari talab etiladi. Ta’limning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan o‘qish savodxonligi darslari bu yo‘nalishda muhim vosita hisoblanadi. Chunki mazkur darslar orqali talabalar matnni nafaqat o‘qiydi, balki uni tahlil qiladi, baholaydi, undan xulosalar chiqaradi va o‘z fikrini asoslay oladi. Bu jarayonlar esa ularning ijodiy faolligini rivojlantirish uchun qulay zamin yaratadi. Ijodiy faollik — bu shaxsning o‘z bilim va tasavvurlaridan foydalangan holda yangi g‘oyalar yaratish, muqobil fikrlar ilgari surish, mavjud axborot asosida original yondashuvlar ishlab chiqish qobiliyatidir. O‘qish savodxonligi darslarida turli didaktik va innovatsion metodlardan foydalanish — masalan, ochiq savollar, muammoli vaziyatlar, “fikr xaritalari”, matn asosida ijodiy topshiriqlar — talabalarni o‘qish jarayonining passiv ishtirokchisidan faol, mustaqil fikr yurituvchi subyektga aylantiradi. Mazkur maqola aynan o‘qish savodxonligi darslarida talabalarning ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan samarali pedagogik usullar, metodik yondashuvlar va interaktiv texnologiyalarni ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilishni maqsad qiladi. Shuningdek, maqolada bu sohadagi ilg‘or tajribalar, kuzatuvlar va tahlillar asosida tavsiyalar ishlab chiqiladi. Asosiy qism: O‘qish savodxonligi zamonaviy ta’limda matnni o‘qish, tushunish, tahlil qilish, baholash va undan xulosa chiqarish qobiliyatini nazarda tutadi. Ammo bu jarayon faqat passiv o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi. Unda talabaning tanqidiy fikrlashi, ijodiy 80 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si yondashuvi va tahliliy salohiyati faol ishtirok etadi. Demak, o‘qish savodxonligi faqat o‘quv ko‘nikmalarini emas, balki yuqori darajadagi tafakkurni rivojlantiruvchi qudratli vosita hamdir. Ijodiy faollik esa talabaning mustaqil qarash bildira olish, o‘z g‘oyasini asoslab berish, muqobil yechimlar taklif etish, kutilmagan yo‘llar bilan matnga yondashish qobiliyatini ifodalaydi. Bu sifatlarni shakllantirish uchun o‘qituvchidan innovatsion yondashuv, talabaning faol ishtirokini rag‘batlantiradigan metodik vositalarni qo‘llash talab etiladi. O‘qish savodxonligi darslarida quyidagi usul va texnologiyalar talabalarning ijodiy faolligini oshirishda samarali hisoblanadi: Ochiq savollar (bir necha javobga ega bo‘lgan, erkin fikr yuritishni talab qiluvchi savollar) o‘quvchining matnga erkin yondashishiga, xulosa chiqarishiga va o‘z pozitsiyasini himoya qilishiga imkon yaratadi. Misol: – Muallif ushbu asarda qanday muammoni ilgari surgan, siz bu muammoni qanday hal qilgan bo‘lardingiz? Matndagi asosiy tushunchalarni klasterlash orqali ularni talabalarning ongida tizimli tarzda shakllantirish, ularni mustaqil ravishda yangi bog‘lanishlar izlashga undash. –Hikoyaning alternativ yakunini yozish –Qahramon nomidan xat yozish –Matndagi voqealarni boshqa tarixiy sharoitga ko‘chirish – Dramatizatsiya, sahnalashtirish Bu topshiriqlar talabaning fantaziyasini, obrazli tafakkurini va estetik his-tuyg‘ularini faollashtiradi. Talabalardan matnni boshqa uslubda yoki boshqa nuqtai nazardan qayta yozish so‘raladi. Masalan: hikoyani boshqa qahramon nigohi bilan tasvirlash. Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va matn asosida turli pozitsiyalarni himoya qiladi. Bu usul mantiqiy fikrlash, dalillash, og‘zaki nutqni rivojlantira
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘qish savodxonligi darslarida talabalarni faol, mustaqil va ijodkor fikrlovchi subyekt sifatida shakllantirishga qaratilgan usul va yondashuvlar ilmiy-nazariy hamda amaliy asosda yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘qish savodxonligi darslarida talabalarni faol, mustaqil va ijodkor fikrlovchi subyekt sifatida shakllantirishga qaratilgan usul va yondashuvlar ilmiy-nazariy hamda amaliy asosda yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- savol-javob texnologiyasi, mustaqil fikrlash., muammoli vaziyat, matn bilan ishlash, interaktiv metodlar, ijodiy topshiriqlar, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024