Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY MAUGLI SINDROMINING KLINIK DIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYA IMKONIYATLARI YOSHLAR PSIXOLOGIYASIDA
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Polvanov Rasulbek Baxtiyarovich (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqola zamonaviy yoshlar orasida kuzatilayotgan “Maugli sindromi”ning psixologik-psixiatrik tabiatini klinik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Internetga haddan tashqari qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya va oilaviy-emotsional beqarorlik natijasida shakllanayotgan mazkur sindrom, shaxsning identiteti, ijtimoiy rol va axloqiy qadriyatlarni qabul qilishida jiddiy buzilishlarga olib kelmoqda. Maqolada ushbu sindromning klinik simptomatikasi, diagnostika mezonlari, psixodinamik va nevropsixologik yondashuvlar asosida tavsifi beriladi. Shuningdek, yoshlar psixologiyasida bu holatga nisbatan qo‘llanilayotgan zamonaviy psixokorrektsion metodlar – kognitiv-xulqiy terapiya, art-terapiya va interaktiv guruh mashg‘ulotlari samaradorligi tajriba asosida baholanadi. Muallif, yoshlar ongida ijtimoiy moslashuv va axloqiy qadriyatlarni qayta shakllantirish orqali Maugli sindromini yumshatish, shaxsiy identitetni mustahkamlash va psixologik reabilitatsiya yo‘llarini asoslashga harakat qiladi. Mazkur tadqiqot psixologiya va ta’lim sohasi mutaxassislari, ijtimoiy ishchilar hamda ota-onalar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Maugli sindromi, yoshlar psixologiyasi, internet qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya, shaxs identiteti, klinik diagnostika, psixokorrektsiya, kognitiv-xulqiy terapiya, emotsional buzilishlar, reabilitatsiya. Kirish: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur singib borgan bir davrda yashayotgan bugungi yosh avlod oldida yuzaga kelayotgan psixologik, ijtimoiy va emotsional muammolar ko‘lami tobora kengaymoqda. Shu jumladan, internet texnologiyalarining haddan ziyod va nazoratsiz qo‘llanilishi, ayniqsa yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Aytish joizki, bu holat nafaqat tashqi ijtimoiy muhitdan ajralish, balki ichki identitet – shaxsiy o‘zlikning buzilishi, ijtimoiy rollarning parchalanishi va emotsional-empartik defitsit kabi holatlarni keltirib chiqarishi bilan xavfli hisoblanadi. Bunday ijtimoiy-psixologik holatlarning eng yangi kontseptual talqinlaridan biri – bu “Zamonaviy Maugli sindromi” (Modern Mowgli Syndrome) tushunchasidir. Ushbu sindrom psixologiya fanining yangi yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda va u ijtimoiy izolyatsiya, texnologik qaramlik va kommunikativ regress holatlari bilan belgilanadi. Mazkur sindromning nomlanishi va semantik konnotatsiyasi Kiplingning “Jangal kitobi” asaridagi insonlar jamiyatidan uzilgan va hayvonlar orasida ulg‘aygan bola – Maugli obraziga borib taqaladi. Bugungi yosh avlod ham, texnologik jungli – ya’ni virtual dunyo muhitida sotsializatsiya qilinmay, aksincha, ijtimoiy aloqalar o‘rnini sun’iy muhitdagi monologik tajribalar egallagan bir sharoitda ulg‘aymoqda. Bu esa shaxsiy identitetning shakllanishiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy psixologiyada ushbu sindrom ijtimoiy-psixologik disfunksiyaning yangi shakli sifatida talqin qilinmoqda va u shaxs ongining kognitiv, affektiv va volitiv komponentlarining regresiya holatida ifodalanishi bilan tavsiflanadi[1]. Zamonaviy Maugli sindromining dolzarbligi, eng avvalo, uning ijtimoiy psixologik oqibatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunda shaxs tashqi dunyo bilan real kommunikatsiya o‘rniga virtual stimullarga haddan ziyod bog‘lanib qoladi. Bunday holatda shaxs o‘zining ijtimoiy identifikatsiya jarayonini to‘xtatadi, o‘z-o‘zini anglash faoliyatida dissonans holatlari 17 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo vujudga keladi. Yoshlik davri esa shaxsning yetuklikka o‘tish bosqichidagi eng sezuvchan, ijtimoiy normativlarga nisbatan ochiq bo‘lgan bosqich hisoblanadi. Shu sababli ham, bu bosqichda yuzaga keladigan Maugli sindromi holatlari hayot davomida davom etuvchi psixik disfunksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu sindrom klinik-psixologik jihatdan ham o‘ziga xos tashxis mezonlariga ega bo‘lib, asosan quyidagilar orqali aniqlanadi: emotsional befarqlik, kommunikativ motivatsiyaning pasayishi, ichki reaktivlikning pasayishi, real ijtimoiy jarayonlarga nisbatan indifferentlik holatlari. Yoshlar psixologiyasi nuqtai nazaridan olganda, bu sindrom ularning shaxsiy rivojlanish trayektoriyasiga jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, ijtimoiy rollarni egallash, empatiya hissi, sotsial adaptatsiya, o‘z-o‘zini baholash va motivatsion o‘sish kabi psixologik indikatorlar bu sindrom natijasida keskin pasayadi. Eng xavflisi, zamonaviy yoshlar bu sindromni patologik holat sifatida emas, balki o‘zlarining “normal” sotsial mavjudlik formasi sifatida qabul qiladilar. Bu esa zamonaviy psixologik yordam metodlarining yangilanib borishini, xususan, Maugli sindromining psixokorrektsiya imkoniyatlarini chuqur o‘rganishni talab etadi. Ilmiy adabiyotlarda ushbu sindrom bilan bog‘liq masalalar ko‘proq klinik psixologiya va neyropsixologiya doirasida tahlil qilinmoqda. Masalan, rus olimlaridan biri O.S. Nikolayev ushbu sindromni "digital dissotsiatsiya" fenomeni bilan bog‘lab, unda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola zamonaviy yoshlar orasida kuzatilayotgan “Maugli sindromi”ning psixologik-psixiatrik tabiatini klinik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola zamonaviy yoshlar orasida kuzatilayotgan “Maugli sindromi”ning psixologik-psixiatrik tabiatini klinik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Maugli sindromi, kognitiv-xulqiy terapiya, shaxs identiteti, psixokorrektsiya, yoshlar psixologiyasi, emotsional buzilishlar, ijtimoiy izolyatsiya, internet qaramlik, reabilitatsiya., klinik diagnostika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025