Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI · Ashurova Moxichehra Oybek qizi · O`zbekiston Davlat Jahon
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz tili ta’limi jarayonida zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi yoritiladi. Tezkor ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar sharoitida ingliz tilini samarali o‘zlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) roli sezilarli darajada ortib bormoqda. Tadqiqot davomida ilmiy-uslubiy manbalar, dissertatsiyalar va monografiyalar tahlil qilinib, ingliz tili ta’limida AKTdan foydalanishning amaliy va nazariy jihatlari aniqlangan. Bugungi yondashuv shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilini o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalarning integratsiyasi muhim o‘rin tutadi. Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, ta’lim resurslari, media ta’lim, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT). Kirish: Hozirgi davrda jamiyat taraqqiyotining asosiy belgilardan biri bu – axborotning kundalik hayotda tutgan o‘rni va unga bo‘lgan ehtiyojning keskin oshganligidir. Ayniqsa, ta’lim sohasi uchun bu jarayon o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi, chunki axborot bilan ishlay olish qobiliyati bugungi mutaxassisning ajralmas kompetensiyalaridan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim tizimiga keng joriy etish zarurligi ta’kidlangan. [3] Asosiy qism: Zamonaviy ta’lim nazariyasida til o‘rgatishda faqatgina an’anaviy yondashuvlar yetarli bo‘lmay qolganini tilshunos va metodist olimlar alohida ta’kidlamoqda. O‘quv jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni qo‘llash orqali nafaqat bilim, balki amaliy ko‘nikmalar, kommunikativ mahorat va shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan ta’limga erishish mumkin. Bunda esa multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi alohida o‘rin tutadi. “Texnologiya” tushunchasi hozirgi pedagogikada turli ma’nolarda qo‘llanilmoqda: pedagogik texnologiya, ta’lim texnologiyasi, innovatsion texnologiyalar kabi terminlar amaliyotda keng tarqalgan. [5] Ulardan eng ommaviy qo‘llaniladigani “pedagogik texnologiya” bo‘lib, u zamonaviy didaktik adabiyotlarda asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish bosqichlari quyidagicha ifodalanadi: 1940–1950-yillar o‘rtalari: Bu davrda ta’lim jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish keng ommalasha boshladi. Xususan, turli plakatlar, xaritalar, jadvallar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali materiallar dars samaradorligini oshirishda muhim o‘rin egalladi. O‘qitish jarayoni tasviriylik va vizual materiallar orqali o‘quvchilarda bilimni mustahkamlashga yo‘naltirilgan edi. 1950-yillar o‘rtalaridan 1960-yillargacha: Bu davrda dasturlashtirilgan o‘qitish konsepsiyasi rivojlandi. O‘quvchilarga bilimlarni mustaqil egallash imkonini beruvchi mashqlar tizimi yaratildi. Material bosqichma-bosqich berilib, har bir bosqichda o‘quvchi javob berib borishi va darhol fikr-mulohaza (feedback) olishi kerak edi. Bu texnologiya ko‘proq texnik fanlarda sinovdan o‘tkazilgan va mantiqiy ketma-ketlikka asoslangan edi. 1970-yillargacha bo‘lgan davr: Ushbu bosqichda ta’limda aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan yondashuvlar ishlab chiqildi. O‘quv jarayonini rejalashtirishda, har bir 41 mashg‘ulot yoki kursning yakuniy natijasi aniq ko‘rsatilishi va unga erishish uchun kerakli metodlar tanlanishi boshladi. Bu davrda o‘qitish natijadorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli yondashuvlar shakllandi. 1980-yillardan boshlab: Kompyuter texnologiyalarining keng tarqalishi bilan ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boshlangan. Elektron darsliklar, interaktiv dasturlar, ta’limiy videolar, test tizimlari, simulyatorlar va boshqa raqamli resurslar yaratilgan. Bu bosqichda ta’lim jarayoni o‘quvchi faoliyatiga yo‘naltirilgan, individual yondashuvlar va masofaviy ta’lim shakllari paydo bo‘ldi[2]. Zamonaviy talabalar multimedia texnologiyalaridan foydalanishda ilg‘or bo‘lib, ularni o‘zining kundalik faoliyatida – axborotni qayta ishlash, uzatish, saqlash va taqdim qilishda faol qo‘llamoqda. Shu sababli, ta’lim jarayoniga bunday vositalarni integratsiya qilish, faqat bilim emas, balki axborot jamiyatida yashovchi yetuk shaxsni shakllantirishga ham xizmat qilishi kerak. [4] Biroq amaliyot ko‘rsatmoqda: ingliz tilini o‘qitishda AKTdan foydalanish hanuzgacha keng miqyosda tatbiq etilmagan. Bu holat nafaqat infratuzilmaviy va tashkiliy kamchiliklarga, balki ko‘plab o‘qituvchilarning texnologik vositalarni yetarlicha o‘zlashtirmaganiga bog‘liq. Eng katta muammo – o‘qituvchilar orasida AKT yordamida qanday ta’limiy natijalarga erishish mumkinligi bo‘yicha aniq tasavvurlarning yo‘qligi bilan izohlanmoqda. [5] Bunga qaramay, til didaktikasi va lingvistik tadqiqotlarda AKT vositalaridan foydalanish bo‘yicha ijobiy tajriba to‘plangan. Masalan, elektron o‘quv resurslarining masofaviy ta’limdagi ahamiyati, ingliz tilini ona tilida, rus tilini esa chet tili sifatida o‘qitishdagi farqlar ko‘plab tadqiqotlar asosida o‘rganilgan. [1] AKT vositalarining til o‘rganishga ijobiy ta’siri borligi – ayniqsa, i
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ingliz tili ta’limi jarayonida zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ingliz tili ta’limi jarayonida zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik texnologiya, media ta’lim, ta’lim resurslari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT).
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025