Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA - BU MO‘TABAR ZOT
Sattorova Zokiraxon · Mamadaliyeva Nargizabonu
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ona - mo‘tabar zot, ne-ne ulamolar, ne-ne ulug‘ zotlar onani qadrlab, madh etishgan. Hozirda ham bu tabarruk zotni tarannum etib kelishmoqda. Bu maqolada onaga yaxshilik qilish, hamda eʼzozlash haqida rivoyatlar va maʼlumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Ona, yaxshilik, mo‘tabar, rivoyat, inson. Ota-onaga yaxshilik qilish nafaqat diniy majburiyat balki, o‘zbek xalqining azaliy urf- odatlaridan biridir. Buning yorqin dalillaridan O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikdan so‘ng qabul qilgan milliy Konstitutsiyaning 66-moddasida aytiladiki, “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”. Bu an’analarni asrashga va ota-onaga yaxshilik qilish mavzusining qanchalik ahamiyatga molik vazifa ekanligiga dalolat qiladi. Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” toʻplamida kelgan hadislar hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi. Shulardan biri ota-onaga yaxshilik qilish haqidagi hadislardir. Ulamolar shunday hadisi shariflardan birini qanday sharhlaganini va unda bayon etilgan onaga oidlarini koʻrib chiqsak. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldiga kelib: “Ey Rasululloh! Yaxshilik qilishim uchun eng haqli boʻlgan inson kim?”, deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Onang”, deb javob berdilar. U odam: “Keyin kim?”, deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Onang”, deb javob berdilar. U odam: “Keyin kim?” deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Onang”, deb javob berdilar. U odam (toʻrtinchi marta): “Keyin kim?” deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Otang”, deb javob berdilar”. Ibn Battol: “Bu hadis ona uchun otaga qilinadigan yaxshilikning uchtasi boʻlishini taqozo qiladi”, — degan. Ona farzandini zaiflik ustiga zaiflik bilan koʻtarib yurib, homiladorlik mashaqqatini boshdan oʻtkazadi. Soʻngra bolani dunyoga keltirish mashaqqatiga yoʻliqadi. Undan keyin emizishdagi qiyinchiliklarga duch keladi. Bu ishlarda faqat onaning oʻzi ishtirok etadi va faqat oʻzi iztirob etadi. Chunki bu uch ish faqat onaga xoslangan. Soʻngra farzandni tarbiyalash va voyaga yetkazish ishlarida ota ishtirok etadi. Shu sababli hadisi sharifda uch marta “onang” deb javob berilgan. Toʻrtinchisidagina “otang” deyilgan. Alloh taoloning: “Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) koʻtarib yurdi. Uni (koʻkrakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar)” (Luqmon surasi, 14-oyat), degan soʻzlarida ham shunga ishora bordir.1 1 https://www.bukhari.uz/?p=28802&lang=oz 18 Avgust, 2025-Yil Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abbos ibn Abdulmutallib raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan Mino kunlari Makkada toʻxtab, siqoyat qilib olmoqqa ruxsat soʻrab erdi, ruxsat berdilar». Onani naqadar mo‘tabarligini ko‘rsatgan rivoyatni keltirsak: Ikrima raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam siqoyat (hojilar suv oladirgan) joyiga kelib, suv soʻradilar. Shunda, Abbos oʻgʻliga: «Ey Fazl, onangning oldiga borgʻil-da, undagi mavjud suvdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga eltib bergʻil!», — dedi. Fazl onasidan suv olib, Janob Rasulullohga olib borganda, ul kishi: «Ichirib qoʻygʻil!»,— dedilar. Fazl: «Yo Rasululloh, bu suvga qoʻl tiqilgan»,—dedi. Janob Rasululloh: «Ichirgʻil derman!», — dedilar. Fazl suv ichirib qoʻygach, Zamzam qudugʻi oldiga borishdi. U yerdagi kishilar quduqdan suv tortib olib, tashnalarga ichirishayotgan erdi. Janob Rasulullohularga: «Ishlayveringiz, sizlar xayrli ish qilmakdasizlar»,- dedilar. Keyin, yana: «Agar qarshilik qilmasangizlar, tuyadan tushib, arqonni yelkamga qoʻyib, men ham suv tortishar erdim»,— dedilar». 2 Bu rivoyatda payg‘ag‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam suv orqali naqdar onani ulug‘laganini ko‘rishimiz mumkin. BOYAZID BISTOMIY VA BIR PIYOLA SUV nomli rivoyatda ham onani eʼzozlash, qadrlash haqida quyidagocha keltirilgan: Rivoyat qilinishicha, qishning qahraton sovuq kunlarining birida kichkina Boyazid onasi bilan xufton namozini oʻqib, keyin ona-bola dam olishga yotibdilar. Onasi yarim tunda qattiq suvsab ketganidan uygʻonibdi va oʻgʻliga qarab: "Oʻgʻlim, menga bir piyola suv berasanmi, chanqab ketdim?",—dedi. Onasining ovozini eshitgan Boyazid oʻrnidan sakrab turib, suv idishi tomon chopdi. Qarasaki, idishda suv yoʻq... Onasiga yuzlanib: "Oyijon, idishda suv yoʻq ekan, men hozir uni toʻldirib kelaman",—deb tashqariga otilib chiqib ketdi. Tashqarida esa hamma yoqni qalin qor bosgan, sovuqning qattiqligidan yoʻl muzlagan. Suv oladigan quduqni ham qalin muz qoplagan ekan. Bir amallab, quduqning muzini sindirib, idishini suvga toʻldirdi va tezda uyga qaytdi. Uyga kirib, qarasa Onasi yana uxlab qolibdi. Onasining shirin uyqusini buzishni oʻziga ravo koʻrmadi. Piyolaga suv quyib, Onasining bosh tomonida uni kutib oʻtirdi. Havoning sovuqligidan xona ham sovib ketgan edi. Birozdan keyin Boyazid titrashni boshladi. Sovuq shunchalik qa
Доказательный фрагмент
«Ona - mo‘tabar zot, ne-ne ulamolar, ne-ne ulug‘ zotlar onani qadrlab, madh etishgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюOna - mo‘tabar zot, ne-ne ulamolar, ne-ne ulug‘ zotlar onani qadrlab, madh etishgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ona, rivoyat, yaxshilik, inson., mo‘tabar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025