К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA EFFEKTIV METODLAR

Munisa Muxammadiyeva Shuhrat qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham berilgan. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab qilinadi. Kalit so‘zlar: ingliz tili o‘qitish metodikasi, amaliy bilimlar, metodlar, olimlar fikri, innovatsion metodlar. Zamonaviy jamiyatning jadal rivojlanishi o‘quvchini materialni, ayniqsa, chet tilini tez o‘rganishga va tushunishga majbur qiladi. Hozirgi kunda kamida bitta chet tilini o‘zlashtirish mutaxassisning kasbiy malakasining ajralmas talabiga aylanib bormoqda. Shu bois chet tillarini o‘rganish jarayonining samaradorligi va sifatiga e’tibor qaratish zarur. Til o‘rganishning eng samarali usullari interaktiv metodlardir. Maqolaning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda interaktiv metodlarning asosiy rolini aniqlashdir. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: asosiy interaktiv metodlarni tavsiflash va bu metodlardan foydalanishga misollar keltirish. Ingliz tili o‘qitish metodikasining, umumiy (nutqiy yo‘nalganlik, chegaralab va yaxlit o‘rgatish, mashqlar yechish, til tajribasini e'tiborga olish), xususiy (nutq namunasi yordamida ingliz tili o‘qitish, til mashqi va nutq amaliyoti bog‘liqligi, nutq faoliyati turlarining o‘zaro bog‘liqligi, og‘zaki nutqning ilgarilashi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish, ibtidoiy bosqichni yanada takomillashtirish), maxsus (grammatikani o‘rgatish, leksikani o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va ingliz tili o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash) tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz pedagogik tamoyillarni jamlashtirishda chet tillarni boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga kommunikativ yondashuvni nazarda tutdik. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab qilinadi. Har bir o‘qituvchi ingliz tili o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarnung shaxs sifatida shakllanishi, rivojlanishi, bilim olishi va uni egallashga sharoit yaratadi. Til o‘rganish asosida o‘quvchi, talabalarda fanni o‘rganib ingliz tilining grammatikasini bilgan holda erkin muloqot qilishi, mustaqil holatda fikr bildira olishi, tafakkur qilishi https://scientific-jl.com 2 5 2 67-son_1-to’plam_Avgust-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ingliz tili darslarini ilg‘or zamonaviy usullar, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarni qo‘llab darsni tashkil qilish ularning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda o‘rni salmoqli sanaladi. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning tafakkuri, tasavvurlari, dunyoqarashi, qiziqishlarini orttirish bo‘yicha olib borilgan ishlarda o‘z ifodasini topadi. Makkartining taʼkidlashicha, “chet tillarini o‘qitish metodologiyasi o‘tgan yarim asr davomida juda rivojlandi. Turli vaqtlarda grammatik tarjima, audio- lingvistik tuzilish, global audiovizual, induktiv/deduktiv, funksional, g‘oyaviy, situatsion, kommunikativ, immersiya, o‘rganish/olish, tavsiya va boshqalarda olib borilgan”. Binobarin, dars jarayonida audiovizual vositalardan foydalanish natijasida xotirada so‘zlarning semantik ma’nosini yodda saqlash va leksik birliklarni qo‘llash ko‘nikmasi takomillashadi. Ilg‘or zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va interaktiv metodlar o‘quvchi-yoshlarning yuqori darajada bilimli, keng darajada yuqori malakaga ega bo‘lishini taʼminlaydi. Shuni aytish lozimki, o‘quvchilar ingliz tilini o‘rganishlari uchun bu tilning grammatikasi bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lishi uchun ular, avvalo, o‘z ona tilisining grammatikasini yetarli darajada bilishi va jonli nutqda to‘liq rioya qilishi bilan xarakterlanadi. Xususan, o‘quvchilar nutqida faol bo‘lgan leksik birliklardan biri bu olmosh sanaladi. Dastavval, olmosh haqida ona tili grammatikasidagi bilim, ko‘nikmalar hosil qilingan bo‘lsa, ingliz tilida shu mavzuni oson tushunib yetadi. Nazariy bilimlarni egallash bo‘yicha talablar quyidagilardan iborat: - Boshlangich sinflarda chet til o‘qitish metodikasining maqsadi, vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, metodik tushunchalar, vositalar, metodlar, tamoyillar, usullar, mashqlar tizimini to‘liq bilish; - til o‘rganuvchilarga til materialini metodikasini tushuntirish; - chet tilida nutq faoliyati turlarini eshitib anglash, gapirish,o‘qish va yozuv malakalarini o‘rgatishni samarali bilish; -chet tili o‘qitish jarayonini rejalashtirish, tashkillashtirish, dars rejasi tuzish va reyting tizimini bilish. Shu o‘rinda hozirda dars jarayonlarida bir necha metodlardan foydalanib kelinmoqda. Misol uchun: 1. “B-B-B” ( BILAMIZ-BILISHNI XOXLAY

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion metodlar., olimlar fikri, metodlar, amaliy bilimlar, Kalit so‘zlar: ingliz tili o‘qitish metodikasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники