К содержанию
РецензированоUZ2026

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI VA UNI DARS JARAYONIDA QO‘LLASH MEXANIZMLARI

JARAYONIDA QO‘LLASH MEXANIZMLARI · Axmedova Kamuna Muxammadxodjayevna

Исследователь · 2026

Аннотация

This article presents some opinions on the concept of pedagogical technology and the mechanisms of its application in the course of the lesson. The article also presents the historical roots of the concept of pedagogic technology, the definitions given to it by the authors, and based on these thoughts, the final comments are highlighted. Keywords. Pedagogical technology, education, process, development, growth, interesting lesson, goal, learner Kirish. Ta’lim - tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ulardan ko‘zda tutilgan maqsadlarni https://scientific-jl.com 3 3 67-son_1-to’plam_Avgust-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so‘nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim- tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan keng ko‘lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o‘quvchi (ta’lim oluvchi) ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo‘lib, ularga o‘qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida har turli ta’sirlar o‘tkaziladi. Tahlil va natijalar. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o‘rtalarida AQSHda paydo bo‘lib, 1940-50 yillar o‘rtasigacha «Ta’lim texnologiyasi» deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o‘qitishga nisbatan qo‘llanilgan. 50-60-yillarda programmalashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan, 70-yillarda «pedagogik texnologiya» iborasi qo‘llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini bildirgan. 1979- yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80-yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta’riflar berilgan: Texnologiya – biror ishda, san’atda, mahoratda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. (Izohli lug‘at). Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig‘indisi. (V.M.Shepel). Pedagogik texnologiya – Bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamidao‘quvchi (talaba) larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov). Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO). Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, https://scientific-jl.com 3 4 67-son_1-to’plam_Avgust-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman) Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz mumkin: “Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”. Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko‘lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz mumkin. Pedagogik texnologiya – axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog‘liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat. Pedagogik texnologiya – bu o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o‘zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodidir. Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo‘yicha turlarga ajratiladi Uzluksiz ta’lim turlari bo‘yicha maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabda

Доказательный фрагмент

«This article presents some opinions on the concept of pedagogical technology and the mechanisms of its application in the course of the lesson.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents some opinions on the concept of pedagogical technology and the mechanisms of its application in the course of the lesson. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pedagogical technology, education, process, development, growth, rivojlanish, ta’lim, ta’lim oluvchi., Kalit so‘zlar. Pedagogik texnologiya, qiziqarli dars, maqsad, yuksalish, jarayon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники