Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADABIY TILDA LSQNING MODDIYLIKDAN XOLILIGI
Ergasheva Nilufar Akramjon qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So‘z birikmasi fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so‘z birikmasi ifodalagan tushuncha so‘z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Кo‘rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap, so‘z birikmasi so‘z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Kalit so‘zlar: LSQ, ot, tushum kelishigi, tobe a’zolik, [WP ] qolipi, nutqiy m hosila va boshqalar LSQ jamiyat a’zolari ongida mavjud bo‘lib, kishilarning erkin birikma hosil qilish ko‘nikmasi sifatida uzoq davr mobaynida shakllanadi. Bu ko‘nikma bo‘lmasa, inson birikma hosil qila olmaydi. Bunga quyidagi dalil asosida amin bo‘lishimiz mumkin. Deylik, biror tilni, masalan, ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi ongida bu tilga xos birikma tuzish ko‘nikmasi – LSQ shakllanmagan bo‘lsa, masalan, o‘zbekcha kitob va o‘qimoq so‘zining ingliz tilidagi a book va to read muqobilini bilsa-da, birikma hosil qila olmaydi yoxud o‘zbek tiliga xos ottushum kelishigi + fe’l qolipi asosida a book to read deya oladi, xolos. Ingliz tilida esa kitobni o‘qimoq birikmasini hosil qiluvchi LSQ to V+ the N ko‘rinishida bo‘lib, undan to read the book, to write the letter kabi hosila paydo bo‘ladi. Ma’lum bo‘ladiki, LSQ jamiyat a’zolari ongida yashaydi va moddiy qiyofaga ega emas. Uni sezgi a’zosi asosida bilib bo‘lmaydi. Qolipdan chiqqan nutqiy hosilani esa aytish, eshitish, yozish va o‘qish mumkin ekan, bu ularning moddiylikka egaligini ko‘rsatadi . 2. LSQning ijtimoiyligi va nutqiy birikmaning individualligi. LSQ bir kishi tomonidan emas, balki shu tilda so‘zlashuvchi jamiyatning barcha a’zolari tomonidan uzoq vaqt davomida shakllantirilgan. Shuningdek, ular bir kishi uchun emas, balki jamiyatning shu tilda so‘zlashuvchi barcha a’zosi uchun birday xizmat qiladi. Bu LSQning ijtimoiy tabiatga egaligini ko‘rsatadi. LSQ asosida vujudga keluvchi nutqiy hosila har bir kishi nutqida o‘ziga xos. Masalan, kitobni o‘qimoq so‘z birikmasi har bir so‘zlovchi nutqida o‘zgacha. Bu nutqiy hosilaning har biri kimning nutqiga tegishliligi, aytilgan o‘rni va zamoni, aytilish maqsadi va sharoiti kabi qator belgisi bilan farqlanadi. Hatto bir kishi nutqida aytilgan ikkita (kitobni o‘qimoq(1) va kitobni o‘qimoq(2)) so‘z birikmasidan ikkinchisi https://scientific-jl.com 2 3 5 50-son_1-to’plam_Avgust -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi birinchisining aynan takrori emas. Zero, bu nutqiy hosilalar hech bo‘lmaganda, so‘zlovchi shaxs, nutq vaziyati, zamoni bilan farqlanadi. Nutqiy hosilaning individualligi (alohidaligi)ni shunday tushunmoq lozim. 3. LSQning takrorlanuvchanligi va nutqiy hosilaning betakrorligi. Qolip har bir g‘ishtda o‘z izini qoldiraverganligi kabi LSQ ham har bir so‘z birikmasi va gapda takrorlanaveradi. Lekin ikkinchi g‘isht birinchi g‘ishtning takrori bo‘lmaganligi kabi, nutqiy hosilaga ham betakrorlik xos. Aslida borliqda bevosita kuzatishda berilgan birorta hodisada takroriylik yo‘q. Кesilgan daraxtni qayta ekib bo‘lmaganidek, qolipdan chiqqan so‘z birikmasini takror aytish, yozish mumkin emas. Ikkinchi bor aytilgan yoki yozilgandek tuyulgan so‘z birikmasi, aslida, boshqa hosila. 4. LSQning cheklanganligi va nutqiy hosilaning cheksizligi. g‘isht qolipi bitta, undan chiqqan g‘isht hisobsiz. Shuningdek, deylik, ottushum kelishigi+fe’l qolipi bitta bo‘lib, undan kitobni o‘qimoq, qalamni sotmoq kabi ming-minglab so‘z birikmasini hosil qilish mumkin. Bugungi kunda o‘zbek tilida so‘z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi aniqlangan (ular haqida «So‘z birikmasi» faslida bahs yuritiladi). Bu qoliplardan chiqqan, chiqayotgan va chiqadigan nutqiy so‘z birikmasi miqdorini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Gap qolipi va ularning hosilalari ham xuddi shunday. 5. LSQning majburiyligi va nutqiy hosilaning ixtiyoriyligi. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishi nutq jarayonida so‘z birikmasi tuzishga ehtiyoj sezar ekan, bunda LSQning yuqorida aytilgan 18 ta turidan foydalanishga majbur. Ularning LSQni o‘zgartirishiga, yangi-yangi LSQ tuzishiga til «qonunchiligi» tomonidan yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq nutqiy so‘z birikmasi yaratishda so‘zlovchi erkin. Qolip va nutqiy hosila o‘zida dialektikaning bir-biriga nisbatlanuvchi kategoriyalari munosabatini aks ettiradi. Buni quyidagicha tasavvur qilish mumkin Bu jihatdan ham LSQ va nutqiy hosila munosabatini sharhlashga harakat qilamiz. 1. LSQ umumiylik va nutqiy hosila alohidalik sifatida. LSQ umumiylik sifatida ko‘plab nutqiy hosiladagi umumiy belgi-xususiyatni o‘zida jamlaydi. Masalan, kitobni o‘qimoq, xatni yozmoq va qo‘yni sotmoq birikmasidagi kitobni, xatni, qo‘yni tobe a’zosi quyidagi umumiy belgilarga ega: 1) ot turkumiga mansublik; 2) tushum kelishigi bilan shakllanganlik; 3) tobe a’zolik. Bu uch umumiylik ottushum kelishigi + fe’l LSQining ot uzvida mujassamlangan. LSQning keyingi uzvi haqida ham shunga o‘xshash fikrni aytish mumkin. Har bir nutqiy hosila esa boshqa nutqiy h
Доказательный фрагмент
«Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTil jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nutqiy hosila va boshqalar, tobe a’zolik, Kalit so‘zlar: LSQ, [WP m ] qolipi, ot, tushum kelishigi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025