К содержанию
РецензированоUZ2026

MA’NAVIYAT – INSON VA JAMIYAT HAYOTINING MA’NAVIY POYDEVORI

Qosimova Gulbahor Ibragimovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining inson va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda uning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Ma’naviyatning shaxs kamolotiga, ijtimoiy muhitga va milliy qadriyatlar tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini mustahkamlash yo‘llari, davlat siyosatida ma’naviy tarbiyaning tutgan o‘rni va an’anaviy qadriyatlarning zamonaviy hayotdagi roli haqida fikr yuritiladi. Maqola orqali ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlovchi muhim jihatlar, ayniqsa, oila, ta’lim va jamoatchilikning vazifalari asoslanadi. Kalit so‘zlar: ma’naviyat, ma’rifat, milliy qadriyatlar, ma’naviy tarbiya, jamiyat, shaxs, yoshlar, globallashuv, mafkuraviy immunitet, axloq, O‘zbekiston. Ma’naviyat har qanday jamiyat hayotining ichki mohiyatini tashkil etuvchi, uni harakatga keltiruvchi, ma’rifiy, axloqiy va ruhiy kuchdir. Insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida ma’naviyat shaxs kamoloti va jamiyat barqarorligining muhim omili bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlar tizimini saqlash, fuqarolik ongini shakllantirish va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashda ma’naviy me’yorlar va tamoyillarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Bugungi globallashuv jarayonlari, axborot oqimining keskin ortishi, madaniyatlararo ta’sir va raqobat kuchaygan bir davrda milliy ma’naviyatni asrash va mustahkamlash har qachongidan ham dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, yosh avlodni yot g‘oyalar, buzg‘unchi axborotlar, mafkuraviy tahdidlar ta’siridan himoya qilishda, ularning qalbida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat kabi tuyg‘ularni shakllantirishda ma’naviyatning ahamiyati benihoya katta. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi negizida ham inson va jamiyat taraqqiyotini ma’naviy yuksaltirish asosiy ustuvorliklardan biri sifatida belgilab olingan. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Ma’naviy taraqqiyotsiz – taraqqiyot bo‘lmaydi” degan tamoyil bevosita bu boradagi strategik qarashlarning ifodasidir. Shu boisdan, bugungi kunning o‘ta muhim masalalaridan biri — inson va jamiyat hayotining barcha sohalarida ma’naviy asoslarni mustahkamlash, milliy qadriyatlar va an’analarni saqlab qolish, ularni rivojlantirish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Mazkur maqolada ma’naviyatning ijtimoiy-falsafiy mohiyati, uning shaxs va jamiyat hayotidagi roli, zamonaviy taraqqiyot sharoitida ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati hamda ma’naviy tarbiyaning yo‘nalishlari tahlil etiladi. Shu bilan birga, https://scientific-jl.com 8 7 50-son_1-to’plam_Avgust -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi davlat siyosatida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tutgan o‘rni, jamiyatdagi barqarorlik va birdamlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritiladi. Ma’naviyat – bu inson qalbining ichki dunyosini, axloqiy me’yorlar va qadriyatlar tizimini belgilovchi, uni jamiyat a’zosi sifatida shakllantiruvchi kuchdir. U jamiyatning taraqqiyot darajasini, fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar mazmunini, milliy o‘zlikni va axloqiy muvozanatni belgilaydi. Insoniyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, har qanday davrda kuchli ma’naviyatga ega bo‘lgan jamiyatlar mustahkam asoslarda rivojlanib kelgan, o‘z ijtimoiy-iqtisodiy inshootlarini barpo etgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy siyosatning bosh maqsadi – yosh avlodni yuksak axloqiy fazilatlar asosida tarbiyalash, ularga tarixiy xotira, milliy g‘urur, vatanparvarlik, iymon-e’tiqod kabi tamoyillarni singdirishdan iboratdir. “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi doirasida ma’naviy uyg‘onish jarayonlari keng ko‘lamda davom ettirilmoqda. Xususan, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili aynan ma’naviyatning ustuvorligini anglatadi. Milliy ma’naviyatning asosiy tayanch nuqtasi – bu xalqning tarixiy tajribasi, urf- odatlari, tili, dini, san’ati, madaniy merosi, etnik xotirasi va oila muhitidir. Ularni asrash va yosh avlodga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, zamonaviy dunyoda ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari orqali yot g‘oyalar tezlik bilan tarqalayotgan bir paytda, yoshlarning ongini mustahkamlash, ularni mafkuraviy immunitetga ega shaxslar sifatida shakllantirish zarurati yanada oshdi. Ma’naviyat – bu faqatgina diniy yoki madaniy qadriyatlar yig‘indisi emas, balki hayotga, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga, mehnatga, jamiyatga bo‘lgan ijobiy munosabatlar tizimidir. Shuning uchun ma’naviy tarbiya tizimida ham maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, madaniyat va san’at muassasalari, ijtimoiy tarmoqlar faol ishtirok etishi lozim. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ma’naviyat sohasida olib borilayotgan davlat siyosati samarali tizimga ega. Jumladan, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Respublika Ma’naviyat targ‘

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining inson va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda uning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotdagi ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining inson va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda uning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, O‘zbekiston., yoshlar, milliy qadriyatlar, axloq, ma’naviy tarbiya, jamiyat, shaxs, Kalit so‘zlar: ma’naviyat, mafkuraviy immunitet, ma’rifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники