Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MİR SAYYİD SHARİF JURJONİYNİNG USTOZLARİ
Jamshidova Madina
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada XIV–XV asrlarda yashab, islom ilmlari, falsafa va mantiq sohalarida yuksak salohiyat ko‘rsatgan buyuk alloma Sayyid Sharif Jurjoniy (740/1340–816/1413)ning hayoti, ilmiy faoliyati va u zotning ustozlari haqida bo‘lib, Muborak Shoh va Akmaliddin Bobartiy bilan bo‘lgan aloqalari keng yoritilgan. Shuningdek, maqolada Imom Jurjoniyning Misrdagi tahsili, ustozlari bilan ilmiy munozaralari, esda qolarli voqealari, Samarqandga qaytgach Shoh Shujo tomonidan “Dorush shifo” madrasasiga mudarris etib tayinlangani va tasavvufga bo‘lgan qiziqishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, u naqshbandiylik tariqatining namoyandalari Xoja Alouddin Attor va Mavlono Nizomiddin Homush bilan ilmiy va ruhiy munosabatlarda bo‘lgani alohida ta’kidlangan. Maqola tarixiy-bibliografik va biografik yondashuv asosida yozilgan bo‘lib, o‘rta asr musulmon olimlari ilmiy merosini o‘rganish uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Muborakshoh, Qutb ad-Din ar-Roziy, mantiq, falsafa, “Dorush Shifo”, Jurjoniy. Temuriylar davrida Samarqandda yashab, ijod qilgan va butun dunyoga dog’i ketgan alloma Sayid Sharif Jurjoniy. Bu zotning to‘liq ismi Imom Fozil Alloma Sayyid Sharif Abdulhasan Ali ibn Muhammad ibn Ali Jurjoniy Husayniy[1:52]. Mir Sayyid Sharif Jurjoniy 24-Fevral kuni 740/1340 yilda Astrobod (Jurjon) yaqinidagi Togu (Toju) qishlog’ida tavallud topgan[9]. Imom Jurjoniy Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sulolalaridan bo‘lib, u kishi bilan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oralarida o‘n uchta ota bordir[1:52]. Yoshlik davridan boshlab barcha fanlar qatori falsafa, mantiq va til sohalariga nihoyatda qiziqqan. As-Saxoviy (831- 932/1427-1497)ning aytishicha ash-Sharif al-Jurjoniy ilk ta’limini qishlog’ida olgan[4:13]. Ba’zi manbalarda u yoshlik chog’ida Abu Ya’qub as- Sakkakiyning(vaf.626/1229) “Miftah al-Ulum” nomli grammatikaga oid asarini shorihi an-Nur at-Tavusiyning asarga yozgan sharhini o‘qigan[7:15]. Keyinchalik 762 sanada o‘sha davrning mashhur allomalaridan bo‘lgan faylasuf Qutb ad-Din ar-Roziy Taxtoniy (694-766/1295-1365) hazratlaridan “Shar hush-Shamsiyya” asarini o‘qish uchun Hirotga boradi. Garchi ba’zi manbalarda Taxtoniy Jurjoniyga bir yoshga borib qolgani uchun dars bermaganligi ta’kidlansa-da, “Ravdatul-jannat” asari muallifi al- Isfahoniy rivoyat qilishiga ko‘ra, Jurjoniy Taxtoniydan bir muddat tahsil olganligi qayd https://scientific-jl.com 9 7 50-son_1-to’plam_Avgust -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi etilgan[7:16]. Qutb ad-Din ar-Roziy Taxtoniyning ismi Mahmud ibn Muhammad ar- Roziy Abu Abdulloh, Qutb al-Din, al-Qutb at-Taxtoniy nomi bilan ham mashhur bo‘lib, “Taxtoniy” nisbasi uni boshqa Qutb al-Faqoniydan ajratib turadigan laqabdir. Imom Taxtoniy 694 yilda Ray shahrida tavallud topgan. U zot faylasuf, mantiqshunos, ilohiyot olimi va fasohat ilmi bilimdoni hisoblanadi. Imom Taxtoniy Damashqqa 763/1362 yilda ilm olish va berish uchun kelgan. U zot buyuk olim Adudiddin al-Idji (vaf.756/1355) hazratlaridan tahsil olgan. Alloma “al-Kashshof”ga mashhur sharhlar, mantiq bo‘yicha al-Urmaviyning “al-Mataliy” sharhini, al-Kotibiyning mantiq bo‘yicha “ar-Risola ash-Shamsiyya” asariga sharh yozgan. Hijriy 763 yilda Toj ad-Din Subki (727-771/1327-1370) hazratlari Qutb ad-Din Hazratlari Shomga kelib ilmiy olimlar bilan o‘tkazgan ilmiy munozara haqida eslab, shunday deydi: “ Bız u bilan munozara qildik va uni mantiq va falsafada imom, tafsir va nahv ilmlarida mutaxassis va aql-zakovatda zohir bo‘lgan shaxs ekaniga guvoh bo‘ldik”, dedi[7:36]. Imom Taxtoniy umrining so‘ngi 3yilini Damashqdagi “Zohiriy” madrasasida o‘tkazgan va 766 hijriy / 1365 yilda vafot etgan[4:14]. Taxtoniy o‘zining keksayib qolganini aytib Imom Jurjoniyga, Misrdagi mantiq ilmida ko‘zga ko‘ringan shogirdi Muborak Shoh oldiga borishni maslahat beradi va Muborak Shohga maktub ham yozadi. Lekin Sayyid Sharif Jurjoniy 1368-yilgacha Hirotda bo‘lgan. Keyinchalik Imom Taxtoniyning maslahatiga binoan Imom Jurjoniy ilm ilinjida Misrga yo‘l oladi. U zot bu safari davomida Onado‘li diyoridan o‘tadi. Osha yerda o‘zi shuhrat qozongan mashhur olim shayh Jamoliddin Oqsaroiydan dars olishni niyat qiladi va Anadoluga (Turkiya) Oqsaroyga keladi, Shayhni vafotini eshitgach u yerda tanishgan Oqsaroiyning shogirdi, mashhur faylasuf va mantiqshunos Muhammad Mullo Fanoriy(vaf. 834/1430) bilan uchrashadi. Ular bir-birlari bilan do‘st tutinib, birgalikda 1370-yilda Misrga jo‘nashadi[1:53]. Sayyid Sharif Jurjoniy Misrda o‘n yil davomida katta olmlardan dars olgan, ulardan mashhur mantiqshunos Muborak Shoh va Akmaliddin al-Bobartiylardir. Alloma Qutb ad-Din ar-Roziydan keyin, Imom Jurjoniy ilmni Taxtoniyning shogirdi Imom Muborak Shohdan o‘rgandi. U zotning to‘liq ismi Mirax Shamsiddin Muhammad ibn Mubarak Shah al-Buxoriydir. Professor Dr. Bekir Karlig uning o‘limi 784 (milodiy 1382) yildan keyin sodir bo'lganligini ta’kidlaydi[5]. Uning “Mirax” taxallusi bilan mashhur bo‘lishi, uning ashrof (ziyoli va obro‘li) oilasiga ma
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada XIV–XV asrlarda yashab, islom ilmlari, falsafa va mantiq sohalarida yuksak salohiyat ko‘rsatgan buyuk alloma Sayyid Sharif Jurjoniy (740/1340–816/1413)ning hayoti, ilmiy faoliyati va u zotning ustozlar…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada XIV–XV asrlarda yashab, islom ilmlari, falsafa va mantiq sohalarida yuksak salohiyat ko‘rsatgan buyuk alloma Sayyid Sharif Jurjoniy (740/1340–816/1413)ning hayoti, ilmiy faoliyati va u zotning ustozlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mantiq, Kalit so‘zlar: Muborakshoh, Jurjoniy., Qutb ad-Din ar-Roziy, “Dorush Shifo”, falsafa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026