К содержанию
РецензированоUZ2026

MAJBURIY SO‘YILGAN HAYVONLARDAN OLINGAN MAHSULOTLARNI VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI

O‘rinova Moxira Baxromjon qizi

Образовательные инновации и интеграция · 71 · 2026

Аннотация

Maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarini so‘yish mumkin bo‘lmagan hollarda va majburiy so‘yiladigan hayvonlar hamda majburiy so‘yilgan hayvonlar go‘shti va go‘sht mahsulotlarini sanitariya jihatdan baholash va sotishga chiqarish jarayonlariga qo`yiladigan talablar tahlil qilingan. Go‘shtni saqlash jarayonida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, shartli yaroqli go‘shtni zararsizlantirish usullari ham keng tarzda bayon etilgan. Kalit so’zlar: go‘shtni saqlash, majburiy so‘yiladigan hayvon, o‘lim oldi talvasasi, go‘sht mahsulotlari, talab, baholash, veterinariya, emlash, kuydirga kasalligi, vaksina, sotish. Hayvonlarni majburiy so‘yishga ro‘xsat berishdan oldin veterinariya xodimi, ularni kasalligi va xolatini aniq bilishi kerak. Quyidagi hayvonlar so‘yishga ruhsat etilmaydi. 1. Hayvonlar o‘lim oldi talvasasi holatida bo‘lganda, bu holat qanday sabablar oqibatida bo‘lishidan qatiy nazar (bunda yurak faoliyati pasayadi, refleks yo‘qoladi, ko‘zning shox pardasi xiralashadi) 2. So‘yiladigan yosh hayvonlar ikki xaftaga yetmagan bo‘lsa. 3.Hayvonlar pestisidlar bilan o‘tkir formada zaharlanganda antibiotiklar bilan davolanganda ma’lum davr ichida. 4. Kuydirga kasalligiga vaksina yuborilgandan keyin 14 kun ichida, yoki davolash uchun kuydirgi kasalliga qarshi zardob yuborilganda oval (oqsil) kasalligiga qarshi emlanganida 21 kun davomida. Ba’zi hayvonlarda agar yuqorida keltirilgan emlashlardan keyin hayvonlarda temperatura ko‘tarilmasa yoki organizm emlashga qarshi aks holat ko‘rsatmasi. 5. Hayvonlar kasal bo‘lsa yoki quyidagi kasalliklarga gumon qilinsa: Kuydirga, qorason, tuya va qoramol o‘lati qutirish, qoqshol, xavfli shish, bradzot, qo‘ylarni enterotoksemiyasi, botulizm, manqa, epizootik limfongit, parrandalarning o‘lati, psevdochuma va boshqalarda. Hayvonlarni majburiy so‘yish hamisha veterinariya xodimlarini ruhsati bilan amalga oshiriladi. Yuqorida ko‘rsatilaganlardan tashqari boshqa yuqumli, invazion va yuqumsiz kasalliklarda, zaharlanishda, jarohatlanganda, suyaklar singanida va boshqa hayvonlarni xayoti https://scientific-jl.com 1 2 9 50-son_1-to’plam_Avgust -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi xavf ostida bo‘lganda va uzoq muddat davolash talab etilganda majburiy so‘yishga ro‘hsat beriladi. Majburiy so‘yilgandan so‘ng olingan mahsulotlarga sanitariya jixatidan to‘g‘ri baho berishda, avvalombor o‘lim oldi talvasasidagi holatni va og‘ir patologik jarayonni to‘g‘ri farqlash va ajrata bilishlik kerak. Bularni to‘g‘ri farqlash uchun organoleptik ko‘rsatkichlarning natijasi, bakteriologik tekshirishlar va zarur hollarda biokimyoviy tekshirishlar natijasida hisobga olinadi. Organoleptik tekshirishlar: o‘lim talvasasi holatida yoki og‘ir patologik jarayonida so‘yilgan hayvonlarni tanasida va ichki organlarida quyidagi belgilar aniqlanadi. Ichki organlar qonga to‘lgan holda, tana muskullari yomon qonsizlangan bo‘ladi. Natijada muskularning rangi qoramtir - qizil bo‘lib, ko‘kimtir ko‘rinishda bo‘ladi. Plevraning ostida va qorin devorining qon tomirlarida qoldiq qon aniqlanadi. Yog‘ining rangi qizg‘ish, pichoq bilan so‘yilagan bo‘yni joyi va muskullari tekis bo‘lib atrofidagi to‘qimalariga qon shimilgan bo‘ladi, muskulni kesilgan yuza qismida qon tomchilari chiqadi. Teri osti qoplamasida va tana muskullarining ayrim joylarida qon qotib qolgan joylari bo‘lishi mumkin, bunday xolat ko‘pincha hayvonlarning yotgan tomonida bo‘ladi. Limfa tugunlari giperimiya holatida bo‘ladi. Bakteriologik tekshirish: Bakteriologik tekshirish kuydirgining yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun, hamda odamlarda toksikoinfeksiyani va toksikozni chaqirishi mumkin bo‘lgan mikroorganizmlarni go‘sht va ichki organlardagi miqdorini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Biokimyoviy tekshirish:Bu tekshirish usulida quyidagilar aniqlanadi ya’ni go‘shtni pH, peroksidaza, agar qoramol go‘shti tekshirilayotgan bo‘lsa formalinli reaksiyalar qo‘yiladi. Sog‘lom hayvonlardan olingan go‘shtni pH - 6,2 ga teng kasal mollardan olingan go‘shtda pH - 6,3-6,5. Juda og‘ir yuqumli kasalliklarda va surunkali palogik jarayonlarda go‘shtni pH - 6,6 va yuqori bo‘lishi mumkin. O‘lim talvasasida va og‘ir patologik jarayonda peroksidaza reaksiyasining ko‘rsatkichi go‘shtni ekstraktida manfiy ko‘rchatkich bo‘ladi. Majburiy so‘yilgan hayvonlarning go‘shtini sanitariya jihatidan baholash va sotishga chiqarish: xo‘jaliklarda majburiy so‘yilgan hayvonlarga, so‘yilish sabablari aniqlanib dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga veterinariya vrachi imzo qo‘yadi. Dalolatnoma bilan birgalikda veterinariya laboratoriyasi xulosasi, bakteriologik va biokimyoviy tekshirishlarning natijasi bo‘lishi lozim. Majburiy so‘yilgan hayvon go‘shti va boshqa mahsulotlari yuqorida keltirilib o‘tilgan xujjatlar bilan birgalikda kalbasa va konserva tayyorash kombinatlariga jo‘natiladi. Agar hayvon o‘lim oldi talvasasi yoki og‘ir patologik jarayon natijasida majburiy so‘yilgan bo‘lsa, tanasi yomon qonsizlanib, limfa tugunlari o‘zgaradi. Tananing go‘shtida va ichki organlarida mikroblar aniqlanad

Доказательный фрагмент

«Maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarini so‘yish mumkin bo‘lmagan hollarda va majburiy so‘yiladigan hayvonlar hamda majburiy so‘yilgan hayvonlar go‘shti va go‘sht mahsulotlarini sanitariya jihatdan baholash va sotishga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarini so‘yish mumkin bo‘lmagan hollarda va majburiy so‘yiladigan hayvonlar hamda majburiy so‘yilgan hayvonlar go‘shti va go‘sht mahsulotlarini sanitariya jihatdan baholash va sotishga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
majburiy so‘yiladigan hayvon, emlash, talab, vaksina, veterinariya, o‘lim oldi talvasasi, go‘sht mahsulotlari, baholash, kuydirga kasalligi, Kalit so’zlar: go‘shtni saqlash, sotish.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники