К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA MADANIY DIPLOMATIYA

Rabbimov Og'abek Tolib o’g'li

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan madaniy diplomatiya masalasi tahlil qilinadi. Xususan, xalqaro maydonda milliy madaniyat, san’at, til va tarix orqali davlatning ijobiy imidjini shakllantirish, o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash jarayonlari yoritilgan. O‘zbekistonning so‘nggi yillarda YUNESKO, ISESCO, TURKSOY kabi xalqaro tashkilotlar bilan madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi faoliyati, shuningdek, xorijda o‘zbek madaniyat kunlari, ko‘rgazmalar, konsert dasturlari kabi tashabbuslari tahlil qilinadi. Madaniy diplomatiyaning “yumshoq kuch” sifatida global geosiyosiy jarayonlardagi o‘rni va O‘zbekiston tashqi siyosatida tutgan o‘rni ilmiy asoslangan holda ochib beriladi. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, tashqi siyosat, madaniy diplomatiya, xalqaro hamkorlik, YUNESKO, yumshoq kuch, milliy meros, geosiyosat. Bugungi globallashuv sharoitida davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda faqat siyosiy yoki iqtisodiy omillar emas, balki madaniy-gumanitar aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, madaniy diplomatiya so‘nggi yillarda xalqaro siyosatda o‘ziga xos yumshoq kuch (soft power) vositasi sifatida ilgari surilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham o‘z tashqi siyosat strategiyasida mazkur yo‘nalishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xalqaro maydonda O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, tarixiy-madaniy merosini dunyoga tanitish, milliy qadriyatlar asosida yangi diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ayniqsa, davlat rahbariyati tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar — Samarqand madaniyatlararo muloqot markazi, xalqaro festivallar, madaniyat kunlari, xorijiy davlatlarda o‘zbek madaniyati markazlarini ochish kabi sa’y-harakatlar O‘zbekistonning madaniy diplomatiya salohiyatini namoyon etmoqda. Ushbu maqolada aynan ushbu yo‘nalishning nazariy asoslari, amaliy jihatlari va istiqbollari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida madaniy diplomatiya tobora muhim o‘rin egallab bormoqda. Bugungi globallashuv davrida xalqaro munosabatlar sohasida raqobat nafaqat iqtisodiy yoki siyosiy maydonlarda, balki madaniyat, ta’lim, til va tarix asosida ham olib borilmoqda. Shu bois, zamonaviy diplomatiya konsepsiyasida "yumshoq kuch" (soft power) atamasi keng qo‘llanila boshladi. Yumshoq kuch — bu davlatlarning o‘z madaniy va ijtimoiy qadriyatlari orqali boshqa https://scientific-jl.com 4 5 50-son_1-to’plam_Avgust -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi mamlakatlar e’tiborini qozonish, ular bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan strategiyadir. O‘zbekiston mustaqillik yillarida o‘zining boy tarixiy merosi, milliy an’analari, diniy va madaniy qadriyatlarini xalqaro maydonda targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratdi. Bunda madaniy diplomatiya — madaniyat, san’at, adabiyot, tarix, ta’lim va til orqali olib borilayotgan tashqi siyosiy faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, 2016-yildan keyingi siyosiy islohotlar davrida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Jumladan, O‘zbekiston va YUNESKO, ISESCO, TURKSOY kabi xalqaro tashkilotlar bilan madaniy aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Madaniy diplomatiya vositasida O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, ochiq, tolerant davlat ekanligini namoyon etmoqda. Xususan, Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro forumlar, "Sharq taronalari", "Ipak yo‘li" madaniy festivali, Xiva, Buxoro, Termiz kabi tarixiy shaharlarimizda o‘tkazilayotgan madaniy tadbirlar xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortmoqda. Bu orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosi nafaqat saqlanib qolmoqda, balki diplomatik vosita sifatida xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati xorijda o‘zbek madaniyati markazlarini ochish, xorijlik talabalarni jalb qilish, o‘zbek tilini xorijiy universitetlarda o‘qitish kabi tashabbuslarni ilgari surmoqda. Bu esa, milliy brend va imidjni kuchaytirish bilan birga, madaniy aloqalarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy hamkorlik uchun zamin yaratmoqda. Madaniy diplomatiya orqali olib borilayotgan tashqi siyosatning yana bir muhim yo‘nalishi — tarixiy-madaniy merosni tiklash va uni xalqaro maydonda tanitishdir. Masalan, O‘zbekiston hududida joylashgan qadimiy yodgorliklarning YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi, xorijiy arxeolog va tarixchilar bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlarning olib borilishi ana shu yo‘nalishdagi faoliyatning yaqqol namunalaridir. 2021-yilda Samarqand, Buxoro va Xivaning madaniy markaz sifatida tan olinishi — O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasidagi yutuqlaridan biridir. O‘zbekiston tashqi siyosatida madaniy diplomatiyaning ahamiyati shundan iboratki, bu yo‘nalish nafaqat boshqa mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, balki iqtisodiy investitsiyalarni jalb qilish, turizmni rivojlantirish, ijtimoiy-iqt

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan madaniy diplomatiya masalasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan madaniy diplomatiya masalasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
YUNESKO, madaniy diplomatiya, tashqi siyosat, xalqaro hamkorlik, Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, yumshoq kuch, geosiyosat., milliy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники