К содержанию
РецензированоUZ2022

VOLEYBOL SPORT TURI MISOLIDA BO’LAJAK JISMONIY TARBIYA O’QITUVCHILARINING KASBIY FAOLIYATLARIDA INNOVATSION KLASTER METODINI QO’LLASH SAMARADORLIGI

Boltayev Shamshodjon

Образовательные инновации и интеграция · 2 · 10-14 · 2022

Аннотация

Ushbu maqolada bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilarining kasbiy faoliyatida Klaster usulini innovatsion yondashuv asosida qo'llash, shuningdek, u orqali voleybolchilarning texnik mahoratini oshirish, o'quv jarayonini samarali tashkil etish to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya va sport, voleybol sporti, yosh voleybolchilar, mashg'ulot jarayoni, texnika, mahorat, innovatsiya, Klaster, usul. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasini isloh qilishdagi asosiy maqsadlaridan biri – pedagog kadrlarni zamon talablariga mos tarzda tayyorlash, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxslarni tarbiyalashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-yanvar 2022-yildagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60- sonli Farmonida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bir necha vazifalar belgilab berildi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida yanada takomillashtirish uchun metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo‘yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda. Fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi natijasida barcha sohalarga joriy qilinayotgan innovatsiyalarning maqsadi, pirovardida mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini oshirishga qaratilgan, tayyor andozalarni olish, ulardan ijodiy foydalanish yaxshiroq natija beradi. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda iqtisodiyot tarmoqlarida xalqaro tajribada sinalgan va mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etuvchi innovatsion tajribalarni qoʻllashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ana shunday innovatsiyalardan biri “klaster modeli” boʻlib, bugungi kunda u Oʻzbekistonda koʻproq agrar, toʻqmachilik va yengil sanoat sohalarida keng qoʻllanilmoqda. Qisqa muddatlar ichida klaster https://scientific-jl.com 6 5 50-son_1-to’plam_Avgust -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi modeli iqtisodiyotda istiqbolli innovatsion yoʻnalish sifatida eʼtirof etildi va ushbu modelni boshqa sohalarda qoʻllash tajribalari amalga oshirilmoqda. Metodologiyasi. Taʼlimga nisbatan klaster yondashuv borasidagi tadqiqotlarni oʻrganish va tahlil qilish bu boradagi bir qancha qarashlarni jamlashga imkon berdi. Demak, klaster yondashuvi bu: - alohida soha (taʼlim, iqtisodiyot va b.) boʻlib, raqobatbardosh samaradorlikka erishishdan manfaatdor boʻlgan sohalar birlashishining tashkiliy shakllarini kuchaytirish mexanizmi; - ixtiyoriy komponentlar qatorida oʻzining toʻliq funksional ishchanlik qobiliyatini saqlaydigan bir nechta teng huquqli boʻlaklardan iborat boʻlgan tuzilma; - taʼlim-fan-ishlab chiqarish tizimida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashni shakllantirish vositasi; - tashkilotning kelajak iqtisodiyoti uchun kadrlar salohiyatini shakllantirishni tashkil qilishning innovatsion samarali usuli; Rus olimlari tomonidan taʼlim klasterlarini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy asoslarini oʻrganish quyidagi yoʻnalishlarda olib borilgan: a) kasbiy taʼlimga nisbatan klaster yondashuvi (B.Pugacheva, A.V.Leontiyev); Ta’kidlash joizki,ushbu sohalar qatori Jismoniy tarbiya va sportga ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga joriy etilgan “O’zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishini amalga oshirishga mo’ljallangan harakatlar strategiyasi”,ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohada joriy etilgan Prezidentimizning beshta tashabbusi, 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3031-sonli qarori, 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5368-sonli farmoni va boshqa shu kabi konseptual hujjatlar talablari doirasida shakllanib bormoqda. Maʼlumki, sport oʼyinlarida, shu jumladan voleybol sport turida ham barcha texnik-taktik harakatlarni favqulotli va oʼzgaruvchan vaziyatlarda tezkor shiddat asosida ijro etish talab qilinadi. Binobarin, voleybol sport turi boʼyicha mashgʼulotlarni oʼtkazish, texnik-taktik harakatlarga oʼrgatish jarayonida tezkorlik sifatini keskin oʼzgaruvchan yoʼnalishli mashqlar yordamida muntazam shakllantirib borish maqsadga muvofiq. Yosh sportchilarni tayyorlash va ularning mahoratini oshirish uchun, sport mashgʼulotlarining qanday tashkil qilish va oʼtkazishga bogʼliqdir. Sport mashgʼulotlarini tashkil qilishda, sportchilarning shaxsiy xususiyatlarini oʼrganish, texnik va taktik tayyorgarligini bilish zarurdir. shu bilan birgalikda yosh voleybolchilar misolida tezkorlik sifatini rivojlantirishda innovat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilarining kasbiy faoliyatida Klaster usulini innovatsion yondashuv asosida qo'llash, shuningdek, u orqali voleybolchilarning texnik mahoratini oshirish, o'quv jarayoni…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilarining kasbiy faoliyatida Klaster usulini innovatsion yondashuv asosida qo'llash, shuningdek, u orqali voleybolchilarning texnik mahoratini oshirish, o'quv jarayoni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jismoniy tarbiya va sport, voleybol sporti, yosh voleybolchilar, usul., innovatsiya, texnika, mahorat, mashg'ulot jarayoni, Klaster, Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya va sport
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники