Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘LCHASH VOSITALARI VA TIZIMLARINING METROLOGIK ISHONCHLILIGINI TADQIQ QILISH
ISHONCHLILIGINI TADQIQ QILISH · Mahmudov G‘.B. NavDKTU dotsenti · Norboyeva M.G‘. NavDKTU magistri · Qahhorova S.F. NavDKTU talabasi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada sanoat ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilayotgan o‘lchash vositalari va tizimlarining metrologik ishonchliligi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar va bajarilishi zarur bo‘lgan muhandislik ishlari batavsil yoritilgan. O‘lchash vositalari va tizimlarining ishlash jarayonida ishonchlilik ko‘rsatkichlari hamda buzilmay ishlash qobiliyatlari tahlil qilingan, Bundan tashqari o‘lchash vositalari va tizimlarining ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ham o‘rganilib chiqilgan. Kalit so‘zlar. O‘lchash vositasi, ishonchlilik, metrologik ishonchlilik, metrologik xarakteristika, texnik xizmat ko‘rsatish, nisbiy ishonchlilik. Jahonda bugungi kunda zamonaviy sanoat ishlab chiqarishlarida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni, ayniqsa turli funksionallik va maqsadlarga mo‘ljallangan yuqori texnologik uskunalarni ishlab chiqarish va yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Energetika, sanoat ishlab chiqarish korxonalari, transport, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, axborot-kommunikatsiyalar va boshqa sohalarga xizmat ko‘satuvchi murakkab texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni boshqarish tizimlarining elementlari va qurilmalari, o‘lchash vositalari va tizimlari (O‘VT) ning ishonchliligini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Jahonda O‘VT ning sifatini ta’minlash, matematik apparatni qo‘llagan holda o‘lchash jarayonini texnik hamda metrologik xarakteristikalarini oshirish usullari va vositalarini ishlab chiqish va ishonchlilikni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar olib borilmoqda [1]. Bu borada, O‘VT ning ishlash ishonchliligini oshirish asosiy vositasi bo‘lib, ularning samaradorligi, natijaviyligi va resurslar hajmining ortib borayotgan talablariga javob berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, yuqori ishonchlilikni ta’minlaydigan [2] va dastlabki o‘lchash axborotlarini uzatish va qayta ishlash haqiqiyligini oshirish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Professor P.V. Novitskiy guruhi tomonidan ishlab chiqilgan [3] O‘VT ning xatoligi o‘zgarishini yagona tavsiflash asosidagi metrologik ishonchlilik (MI) ni baholashga tamoman yangi yondashuv turli korxonalar tomonidan yaratilgan O‘VT ning barqarorligini qiyosiy baholash, yetarli bo‘lmagan barqarorlik sabablarini https://scientific-jl.com 7 7 50-son_1-to’plam_Avgust -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi aniqlash va uni oshirish yo‘llarini belgilash imkonini beradi. Ammo bu tavsifning imkoniyatlari juda cheklangan. O‘VT bo‘yicha o‘zgarish tezliklarining taqsimlanishi, o‘zgarish yo‘nalishini o‘zgartirish imkoniyati, O‘VT ning tuzilishi hisobga olinmagan. Taklif etilayotgan modellar loyihalash bosqichida O‘VT ning MI ni hisoblash va shu orqali qabul qilinadigan texnik yechimlarni optimallashtirish imkonini bermaydi. Metrologik ishonchlilik (MI) – bu O‘VT ning saqlash xususiyati va metrologik xarakteristikalarning belgilangan qiymatlarini ma’lum vaqt davomida ishlash sharoitida va normal ishlash rejimlarida bo‘lishi hisoblanadi. O‘VT ning MI ni aniqlash uchun metrologik xarakteristikalarning dastlabki o‘zgarishlarini topish va qurish kerak. Olingan natijalarni katta vaqt oralig‘ida ekstrapolyatsiya qiluvchi matematik model bilan aniqlash mumkin. O‘VT metrologik jihatdan yaxshi holatda saqlash uchun vaqti- vaqti bilan tekshirish kerak [4]. Qayta tekshiruvlar oralig‘ini tanlashda, tez-tez tekshiruvlar foydasiz bo‘lishi mumkin, shu bilan birga juda kam tekshiruvlar o‘lchash xatoliklarini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun bu oraliqni to‘g‘ri va samarali tanlash muhim hisoblanadi. Tekshirishlar oralig‘i ma’lumotlar bir xil oraliqlarda raqamlar orasida bo‘lishi mumkin, ammo bular haqiqiy qiymatga bog‘liq emas va ular aniq bir miqdorni ko‘rsatmaydi. O‘zaro tekshirish oralig‘ini aniqlash aniqlik ko‘rsatkichlarining yoki MI ning bog‘liqligini modellashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin. Ishonchlilikni ta’minlash muammosi mahsulotlarimizni yaratishda hamma bosqich bilan bog‘liq bo‘ladi. Tekshirish oralig‘ini aniqlashning asosiy 2 ta turi mavjud: 1. Iqtisodiy me’zon asosida; 2. Oraliq tekshiruv muddatini ixtiyoriy belgilab, xizmat muddati davomida uni moslashtirgan holatda. 1989-yilda Baumgarten degan olim ishonchlilikning 2 ta turini aniqlagan. U nisbiy va mutlaq ishonchlilik deb nom bergan [2]. Nisbiy ishonchlilik – insonlar orqali bir necha marotaba takrorlansa ham vazifalar, natijalari bir xil tartibda qolish darajasi hisoblanadi. Mutlaq ishonchlilikda esa takroriy o‘lchashlar insonlar uchun qanchalik farq qilish darajasi hisoblanadi. Bunda ular qancha kam farq qilsa, ishonchlilik shuncha yuqori bo‘ladi. O‘lchashlarning standart xatoligi, o‘zgaruvchanlik koeffitsienti, Bland va Altman tomonidan 1986-yilda taklif berilgan. https://scientific-jl.com 7 8 50-son_1-to’plam_Avgust -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 1-rasm. O‘lchash vositalari va tizimlarining ishonchligiga ta’sir ko‘
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sanoat ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilayotgan o‘lchash vositalari va tizimlarining metrologik ishonchliligi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar va bajarilishi zarur bo‘lgan muhandislik…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sanoat ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilayotgan o‘lchash vositalari va tizimlarining metrologik ishonchliligi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar va bajarilishi zarur bo‘lgan muhandislik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar. O‘lchash vositasi, ishonchlilik, metrologik ishonchlilik, nisbiy ishonchlilik., metrologik xarakteristika, texnik xizmat ko‘rsatish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024