Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
TUPROQDAGI FEO/FE2O3 NISBATINING DINAMIKASI VA OKSIDLANISH-QAYTARILISH SHAROITNING O‘ZGARISHI
QAYTARILISH SHAROITNING O‘ZGARISHI · Qodirov Elbek Turayevich
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 48-57 · 2026
Аннотация
Maqolada sholi ekiladigan tuproqlarda oksidkanish-qaytarikish jarayonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, sholining rivojlanish fazalarida tuproq qatlamlarida pH, rH₂ va FeO/Fe₂O₃ nisbatlari aniqlandi. Shuningdek sholining mutassil ekish natijasida anaerob sharoitlar to‘liq shakllanmasligi bu esa mikrobiologik faollik va oziqa elementlarning o‘zlashtirilishiga salbiy ta’sir etishi izohlangan. Kalit so‘zlar: gidramorf tuproq, o‘tloqi-botqoq tuproqlar, sholi, oksidlanish-qaytarilish, biologik faollik, anaerob sharoit. Tuproqda temirning ikki valentli (Fe²⁺) va uch valentli (Fe³⁺) shakllari o‘rtasidagi nisbat (FeO/Fe₂O₃) gidromorfik sharoitlarning shakllanish darajasini baholashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayniqsa, sholi ekinlari yetishtiriladigan o‘tloqi-botqoq tuproqlarida bu nisbat tuproqning oksidlanish-qaytarilish (oksidlanish-qaytarilish) rejimi va mikrobiologik faollik darajasini aks ettiradi. Tadqiqot Qibray tumani o‘rta bo‘z yerlarining gidromorfik qismi – o‘tloqi-botqoq tuproqlarida o‘tkazildi. Tajribada ikki xil agrotexnik usul – mutassil ekish va almashlab ekish sharoitida sholining to‘rt rivojlanish bosqichida (unib chiqish, tupalash, gullash, to‘liq pishish) 0–40 sm chuqurlikdagi tuproq qatlamlarida pH, rH₂ va FeO/Fe₂O₃ nisbatlari aniqlandi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sholi maydonlari suv bosgandan so‘ng (aprel oxiri - may oyining boshi) oksidlanish jarayonlarining qaytarilish jarayonlariga keskin o‘zgarishi kuzatiladi. Eng yuqori oksidlanish qaytarilish qiymatlari 25-28 ga teng pHda sholi tuproqlarini suv bosishidan oldin qayd etilgan. Suv qatlami yaratilgandan so‘ng, tuproqning salohiyati asta-sekin pasayib, sholi gullash davrida minimal qiymatlarga yetdi. Ushbu davrda salbiy oksidlanish qaytarilish qiymatlari 0-10 sm qatlamda pH = 6,89-7,36 birlik oralig‘ida - 128-167 mV gacha qayd etilgan. pH qiymatlari barcha bosqichlarda 7.2–7.5 oralig‘ida, ya’ni ishqoriy-neytral muhitda bo‘lgan. Bu almashlab ekishda kaltsiy, natriy, va boshqa ishqoriy kationlar mavjudligi bilan bog‘liq. rH₂ qiymatlari unib chiqish (22) va to‘liq pishish (22) bosqichlarida oksidlovchi muhitni, ammo gullashda (10) esa qaytaruvchi sharoitning kuchayganini bildiradi. Tuproqdagi pH va rH₂ qiymatlari oksidlanish-qaytarilish muhitning oksidlovchi yoki qaytaruvchi xususiyatlarini aniqlashda muhim parametrlar hisoblanadi. Ayniqsa, sholi yetishtirilgan tuproqlarida bu ikki ko‘rsatkich temirning valent holatlariga (Fe²⁺ va Fe³⁺) bevosita ta’sir etib, FeO / Fe₂O₃ nisbatining shakllanishiga asos bo‘ladi. Quyidagi 1-rasmda mutassil va almashlab ekish tizimlarida pH va rH₂ qiymatlarining vegetatsion bosqichlar bo‘yicha dinamikasi aks ettirilgan. 4 1-rasm. pH va rH₂ qiymatlarining vegetatsion bosqichlar bo‘yicha dinamikasi. Almashlab ekish sharoitida suv bilan to‘yingan tuproq tezda anaerob holatga o‘tgan, lekin saqlangan. rH₂ qiymatlarining pasayib-ko‘tarilishi, mikroaeratsiya jarayonlarining davriy sodir bo‘layotganidan dalolat beradi. pH va rH₂ o‘zgarishlari temirning qaytarilgan shaklga o‘tishiga, shuningdek o‘zlashtiriladigan azot, fosfor va boshqa elementlar harakatchanligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Oksidlanish-qaytarilish potensialining kamayishi, temirning eruvchan shaklga o‘tishi, va pH o‘zgarishi o‘z navbatida o‘simlik fiziologiyasiga, o‘sish sur’atlariga va hosildorlikka ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, bu ko‘rsatkichlarning monitoringi sholi yetiriladigan hudud tuproqlari uchun muhim agroekologik vosita hisoblanadi. Bu holatlar mutassil ekishda tuproqning sekin va bosqichma-bosqich anaeroblashuvi bilan kechishini ko‘rsatadi. O‘tloqi-botqoq tuproqlarda sholi yetishtirish sharoitida oksidlanish-qaytarilish muhitning shakllanishi, temirning valent holatlari (Fe²⁺ / Fe³⁺), tuproq reaksiyasi (pH) va oksidlanish-qaytarilish potensiali (rH₂) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, FeO / Fe₂O₃ nisbati sholining vegetatsion bosqichlari davomida sezilarli darajada o‘zgaradi. Anaerob sharoit kuchaygan sari bu nisbat ortadi. Mutassil ekishda bu nisbat gullash bosqichida 1,54, to‘liq pishishda 2,29 gacha yetgan. Almashlab ekishda esa 10,17–14,20 gacha keskin ko‘tarilib, kuchli qaytaruvchi muhit shakllangan. Oksidlanish- qaytarilish muhit rH₂ qiymati orqali aniqlanib, 8–10 atrofida anaerob holat (qaytaruvchi), 15– 22 oraliqda esa oksidlovchi muhit (aerob) hukmronligini ko‘rsatdi. pH qiymatlari mutassil ekishda vegetatsiya davomida o‘zgaruvchan bo‘lib, anaerob muhitda neytraldan kislotali muhitga o‘tgan (6.89 - 5.62). Almashlab ekishda esa pH butun vegetatsiya davomida neytral va kuchsiz ishqoriy (7.2–7.5) bo‘lgan. Fe²⁺ ning yuqori kontsentratsiyasi (ya’ni FeO/Fe₂O₃>1) aynan gullash va to‘liq pishish bosqichlarida kuzatildi, bu esa, mikroorganizmlarning anaerob faoliyati kuchayganini, oksidlanish-qaytarilish sharoiti o‘zgarishini bildiradi. Tuproq profilidagi (0–40 sm) vertikal taqsimot shuni ko‘rsatadiki, FeO/Fe₂O₃ nisbatining eng yuqori qiymatlari 0–30 sm qatlamda k
Доказательный фрагмент
«Maqolada sholi ekiladigan tuproqlarda oksidkanish-qaytarikish jarayonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, sholining rivojlanish fazalarida tuproq qatlamlarida pH, rH₂ va FeO/Fe₂O₃ nisbatlari aniqlandi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada sholi ekiladigan tuproqlarda oksidkanish-qaytarikish jarayonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, sholining rivojlanish fazalarida tuproq qatlamlarida pH, rH₂ va FeO/Fe₂O₃ nisbatlari aniqlandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘tloqi-botqoq tuproqlar, sholi, oksidlanish-qaytarilish, anaerob sharoit., gidramorf tuproq, biologik faollik
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025