К содержанию
РецензированоUZ2025

YASHIL IQTISODIYOT VA UNING O’ZBEKISTONDAGI RIVOJLANISHI

G’ulomova Gulasal · YASHILIQTISODIYOT VAUNING O’ZBEKISTONDAGI RIVOJLANISHI

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning nazariy asoslari, uning ahamiyati, global va mahalliy darajadagi rivojlanish tendensiyalari hamda O‘zbekistonda bu yo‘nalishda olib borilayotgan siyosat va amaliy ishlar ko‘rib chiqiladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, ta’lim tizimi va startaplar orqali yashil iqtisodiyotni targ‘ib qilish mavzulari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik va davlat dasturlari asosida yashil iqtisodiyotni kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Kalit so’zlar: yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, qayta tiklanadigan energiya, innovatsion texnologiyalar, O‘zbekiston, chiqindilarniqayta ishlash, ta’lim, startaplar, barqarorrivojlanish. Kirish. So‘nggi yillarda dunyo iqtisodiyotida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. An’anaviy iqtisodiymodel o‘zining ekologik varesurs cheklovlariga duch kelgani bois, yangi yondashuv — yashil iqtisodiyot konsepsiyasi ilgari surilmoqda. Bu yondashuv resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni ta’minlash va ijtimoiy tenglikni qaror toptirishni maqsad qiladi. Yashil iqtisodiyot nafaqat ekologik, balki iqtisodiy samaradorlikni ham oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston ham bu borada faol islohotlar olib bormoqda va kelajakni barqaror rivojlantirish yo‘lidayashil iqtisodiyotga asoslangan siyosat yuritmoqda. Yashil iqtisodiyot — bu iqtisodiy faoliyatning shunday shaklidirki, u atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, tabiiy resurslardan samarali foydalanadi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Uning asosiy tamoyillari quyidagilar: qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, ekologik toza ishlab chiqarishni rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, ekologik ta’limva ongni shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyot bo‘yicha muhim hujjatlar, xususan, 2019-yilda qabul qilingan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha strategiya” asosida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borilmoqda: energetika sohasi, chiqindilarni boshqarish, qishloq xo‘jaligi va transport sohasida keng ko‘lamli ishlaramalga oshirilmoqda Yoshlar yashil iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Startaplar, IT loyihalar, ekologik ko‘ngilli harakatlar orqali ular o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ta’lim tizimida ekologik ongni oshirish va yashil iqtisodiyotni integratsiya qilish maqsadida o‘quv dasturlari yangilanmoqda. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda xalqaro moliyaviy institutlar, xususan, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki,Yevropa tiklanish vataraqqiyot banki bilan hamkorlik qilinmoqda. Yashil iqtisodiyot sohasida muammolar mavjud: ekologik madaniyat yetarli emas, texnologik imkoniyatlar cheklangan, moliyalashtirish yo‘llari hali to‘liq shakllanmagan. Takliflar: milliy kampaniyalar tashkil etish, imtiyozli kreditlar, grantlar ajratish va ekologik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 – Mamlakatda asosiy energiya manbai sifatida tabiiy gaz va ko‘mir kabi qazilma yoqilg‘ilar ishlatilmoqda, buesakarbonat angidrid chiqindilarini ko‘paytiradi. –Qishloq xo‘jaligida suvdansamarasizfoydalanish natijasidasuv resurslari tez kamaymoqda. – Aholi sonining o‘sishi bilan chiqindilar miqdori ham ortib, ularni qayta ishlash darajasi pastligicha qolmoqda. –Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hali yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Yechimlar: – Quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish, masalan, quyosh elektr stansiyalariniqurish. –Suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishva tomchilatibsug‘orish tizimini rivojlantirish. – Qayta ishlash sanoatini rivojlantirish orqali chiqindilarni ikkilamchi xomashyo sifatida qayta foydalanishga yo‘naltirish. – Yashil transport – elektr avtomobillar va jamoat transporti tarmog‘ini rivojlantirish orqali atmosferaga chiqindilarni kamaytirish. Bugungi kunda mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya quvvatini 27 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Quyosh va shamol stansiyalari bilan bir qatorda, kichik gidroelektr stansiyalar qurilishi ham jadallashmoqda. 2024 yilda qiymati 1,3 milliard dollardan oshadigan chiqindilardan energiya ishlab chiqarish loyihalari boshlangani bu sohada katta qadam bo‘ldi. Shuningdek, Rossiya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida kichik modulli yadro elektr stansiyasi qurilishi boshlangan. Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun xalqaro obligatsiyalar va “green bond”lar chiqarilmoqda. Oʻzbekiston London birjasida davlat yashil obligatsiyasini chiqarib, milliardlab mablag‘ jalb qildi. Jahon banki, Yevropa taraqqiyot banki, FAO va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda energiya, qishloq xoʻjaligi va suv resurslarini barqaror rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Kelgusida mamlakat qayta tiklanuvchi energiya ulushini

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning nazariy asoslari, uning ahamiyati, global va mahalliy darajadagi rivojlanish tendensiyalari hamda O‘zbekistonda bu yo‘nalishda olib borilayotgan siyosat va amaliy ishlar ko‘rib c…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning nazariy asoslari, uning ahamiyati, global va mahalliy darajadagi rivojlanish tendensiyalari hamda O‘zbekistonda bu yo‘nalishda olib borilayotgan siyosat va amaliy ishlar ko‘rib c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’lim, ekologik barqarorlik, O‘zbekiston, yashil iqtisodiyot, chiqindilarni qayta ishlash, qayta tiklanadigan energiya, startaplar, barqaror rivojlanish., innovatsion texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники