К содержанию
РецензированоUZ2025

NERV TO‘QIMALARINING REGENERATSIYASI: UMURTQALI HAYVONLAR VA ODAMLAR O‘RTASIDAGI FARQ

Кохинур Мукхаммаджонова

ИКРО журнал · 282-286 · 2025

Аннотация

Nerv to‘qimalarining regeneratsiyasi tirik organizmlarda sog‘likni saqlash va jarohatlardan keyingi funksiyalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega jarayon hisoblanadi. Ushbu maqolada umurtqalilar va odamlar o‘rtasida nerv to‘qimalarining regeneratsiyasi qobiliyatidagi sezilarli farqlar batafsil tahlil qilinadi. Umurtqalilarning ko‘plab turlari, xususan baliqlar va amfibiyalar, markaziy va periferik nerv tizimining murakkab qismlarini samarali va to‘liq tiklash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ularni regenerativ tibbiyot uchun muhim modelga aylantiradi. Boshqa tomondan, insonlarda ayniqsa markaziy nerv tizimida regeneratsiya qobiliyati cheklangan bo‘lib, bu jarayonni asosan glial chandiqlar hosil bo‘lishi, yallig‘lanish reaktsiyalari va inhibitor molekulalarning mavjudligi to‘sadi.Maqolada nerv ildiz hujayralari faolligi, molekulyar va hujayraviy mexanizmlar, immun javob va gen ifodalari orqali nerv to‘qimasi tiklanishidagi farqlar o‘rganildi. Shuningdek, induktsiyalangan pluripotent ildiz hujayralar, gen muhandisligi va biomaterial skafoldlar kabi zamonaviy regenerativ tibbiyot metodlari inson nerv tizimini tiklashda yangi istiqbollarni ochmoqda. Tadqiqot natijalari biologik jarayonlarni chuqurroq tushunishga yordam berib, kelajakda insonlarda nerv to‘qimasi regeneratsiyasini yaxshilash uchun samarali terapiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.Ushbu taqqosiy yondashuv nerv to‘qimasi regeneratsiyasini o‘rganishda yangi imkoniyatlar yaratib, nevrojarohatlar va degenerativ kasalliklar natijasida yuzaga keladigan funksional yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan innovatsion davolash usullarini rivojlantirish uchun asos bo‘ladi.

Доказательный фрагмент

«Nerv to‘qimalarining regeneratsiyasi tirik organizmlarda sog‘likni saqlash va jarohatlardan keyingi funksiyalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega jarayon hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Nerv to‘qimalarining regeneratsiyasi tirik organizmlarda sog‘likni saqlash va jarohatlardan keyingi funksiyalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega jarayon hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Nerv to‘qimalarining regeneratsiyasi, umurtqalilar, insonlar, markaziy nerv tizimi (MNT), periferik nerv tizimi (PNT), nerv ildiz hujayralari, glial chandiqlanish, yallig‘lanish reaktsiyasi, molekulyar mexanizmlar, immun javob, gen ifodalari, induktsiyalangan pluripotent ildiz hujayralar (iPSC), gen muhandisligi, biomaterial skafoldlar, regenerativ tibbiyot, neyrojarohatlar, degenerativ kasalliklar, nevrologik tiklanish, qiyosiy tahlil.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники