К содержанию
РецензированоUZ2025

SAVATGA TO‘P TASHLASH USULLARI VA ULARNI IJRO ETISH TEXNIKASI

AbdullayevAmangeldi Azatbayevich

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada basketbol sport turida savatga to‘p tashlashning asosiy usullari va ularni samarali ijro etish texnikasi tahlil qilinadi. Basketbolchilar har bir tashlash turida muvozanat, aniqlik, motorik koordinatsiya va to‘g‘ri texnik harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri bajara olishi lozim. Ushbu maqolada o‘rinda turib tashlash, harakatda tashlash, sakrab tashlash, kanca usulida tashlash, ikkala qo‘l bilan yuqoridan tashlash kabi usullarni o‘rganish bilan bir qatorda ularni o‘rgatish metodikasiham yoritiladi. Kalit so‘zlar: basketbol, to‘ptashlash, texnika, motorika, koordinatsiya, o‘qitish metodikasi. Basketbol o‘yinida savatga to‘p tashlash harakati eng muhim va asosiy texnik elementlardan biri hisoblanadi. Chunki aynan to‘pni savatga yo‘llash orqali jamoa ochko to‘playdi. Savatga to‘p tashlash texnikasi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida o‘yinchining jismoniy holati, texnik tayyorgarligi, psixologik holati va harakatlar muvofiqligi alohida o‘rin tutadi. Basketbolchilarning savatga to‘p tashlashda bir nechta usullardan foydalanishi ular uchun turli o‘yin vaziyatlarida samarali bo‘lish imkonini yaratadi. Basketbol o‘yinining eng muhim komponenti bu — to‘pni savatga aniq tashlay olish qobiliyatidir. Har bir zarba turli o‘yin vaziyatlari uchun mos keladi va o‘yinchining jismoniy hamda ruhiy tayyorgarligiga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Zarba texnikasi faqatgina muskul kuchi emas, balki muvozanat, vaqtni to‘g‘ri baholash, joylashuvni anglash va takroriy mashqlarning natijasi sifatida shakllanadi. Quyida keng tarqalgan zarba turlari, ularning biomekanik asoslari va o‘qitish metodikasi batafsil yoritiladi. O‘rinda turib zarba (set shot) —boshlang‘ich o‘rgatishda asosiy texnikasifatida tavsiya etiladi. Unda tana og‘irligi ikki oyoqqa teng taqsimlanadi, tizzalar biroz bukilgan, to‘p esa qo‘l kaftlarida bosh ustida joylashadi. Zarba paytida tizzalarning cho‘zilishi, yelkadagi harakat va bilaklarning zarbasi orqali to‘p yuqoriga, yumshoq burilish bilan yo‘naltiriladi. Bu usul o‘yinchida to‘g‘ri tana holatiniva zarba muvozanatinishakllantirishga xizmat qiladi. Lay-up zarbasi — harakatda amalga oshiriladigan texnika bo‘lib, savatga yaqin masofadan bajariladi. Bu zarbani to‘g‘ri bajarish uchun o‘yinchi oldin to‘p bilan yugurib keladi, oxirgi ikkita qadamda ritmik harakat bilan sakraydi va havoda to‘pni savatga yo‘llaydi. Lay-upning o‘ng va chap tomondan bajarilishi o‘yinchining ikkala qo‘lni teng darajada ishlatish ko‘nikmasini talab etadi. Zarba momentida to‘p savatga yoki shishaga urilgan holda kirishi mo‘ljallanadi. Sakrab zarba (jump shot) — o‘rta va uzoq masofadan to‘p tashlashda qo‘llaniladi. Bunda o‘yinchi vertikal holatda yuqoriga sakrab, sakrashning eng yuqori nuqtasida to‘pni chiqaradi. Bu texnika himoyachilarni aylanib o‘tish va to‘siqlarni yengib o‘tish uchun samaralidir. Zarba paytida oyoqlarning kuchi, bel mushaklari, yelka harakati va bilak burilishi bir butun tizimda ishlashi kerak. Ko‘z esazarba davomidasavatga qaratilgan bo‘lishizarur. Kanca zarbasi (hook shot) esa markaziy o‘yinchilar orasida keng tarqalgan. Bu usulda o‘yinchi orqasi bilan savatga qaragan holatda, bir qo‘l bilan to‘pni elkasi ustidan yoysimon harakat bilan savatga yo‘llaydi. Zarba tor burchak ostida bajariladi, bu esa himoyachilarni aldashga yordam www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 beradi. Zarbaning muvaffaqiyati oyoq harakatining silliqligi va yuqori mushaklarning muvofiqligiga bog‘liq. Granny shot yoki pastdan ikki qo‘l bilan zarba zamonaviy basketbolda kam qo‘llaniladi, ammo ba’zi jazo zarbalarida foydalaniladi. Tizzalarni bukib, to‘pni pastdan yuqoriga tashlash harakati orqali to‘p savatga yo‘naltiriladi. Bu usulni boshlang‘ich darajada zarbaning umumiy prinsiplarini o‘rgatishda foydalanish mumkin. Uzoq masofadan zarba (three-point shot) — bu yuqori aniqlik va kuch talab qiladigan zarba bo‘lib, ko‘pincha o‘yin natijasini hal qiluvchi omil bo‘ladi. To‘p uch nuqtalik chiziqdan tashqaridan tashlanadi, zarba yuqori yoy bo‘ylab amalga oshiriladi. Zarba uchun kuch oyoqlardan boshlanadi, tana mushaklari orqali uzatiladi va bilaklar bilan to‘liq tugallanadi. Bu usulni o‘rgatishda nafaqat texnika, balki psixologik barqarorlik, vaqtni his qilish va tez qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham shakllantirish zarur. O‘qitish metodikasi texnikani to‘g‘ri shakllantirishga asoslanadi. Dastlab har bir zarba turi alohida elementlarga ajratiladi: oyoq holati, to‘pni ushlash, yo‘naltirish, zarba vamuvozanat. Har bir element takroran mashq qilinadi va so‘ng butun zarba birlashtirib bajariladi. O‘yinchining harakatlari videoanaliz orqali tahlil qilinib, xatoliklar aniqlanadi. Murabbiylar zarbani o‘rgatishda individual yondashuv, bosqichma-bosqich murakkablashtirish, hamda o‘yin vaziyatlariga moslashtirishniqo‘llashlari tavsiya etiladi. Ikkala qo‘l bilan yuqoridan to‘p tashlash usuli ko‘proq aniq va b

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada basketbol sport turida savatga to‘p tashlashning asosiy usullari va ularni samarali ijro etish texnikasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada basketbol sport turida savatga to‘p tashlashning asosiy usullari va ularni samarali ijro etish texnikasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
koordinatsiya, motorika, o‘qitish metodikasi., texnika, to‘p tashlash, basketbol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники