К содержанию
РецензированоRU2025

JORJ ORUELLNING YASHIRIN HAQIQATI : “BILIMSIZLIK BU- KUCH”

Foziljonova Yorqinoy · JORJ ORUELLNINGYASHIRINHAQIQATI :“BILIMSIZLIK BU-KUCH”

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

Jorj Oruellning «1984» asari totаlitarizm, kuzatuv, tashviqot va shaxsiy erkinlikni yo'qotish mavzularini o'rganuvchi kuchli romandir. Oruell bizga doimiy kuzatuv ostidagi, mustaqil fikr yo`qotilgan va haqiqat manipulyatsiya qilinadigan jamiyatning dahshatli manzarasini taqdim etadi. Ushbu maqolada biz avtiritar va totalitar tuzumlar olib keladigan ulkan boshqaruv tuzumi umuman, yakka shaxs va yakka g`oya hukmronlik qilgan jamiyat fojealari haqida Oruellning badiiy ogohlantirishlarini tahlil qilishga harakat qilamiz, mafkura yakka shaxs, yagona siyosiy g`oyaga tayangan hokimiyat qo`lida qanchalar dahshatli qirg`in va qatag`on quroliga aylanishini ochib berishga urunamiz. Kalit so‘zlar: totalitarizm, kuzatuv, fikrni nazorat qilish, Newspeak, erkinlik, individuallik, siyosiy kuch,adolat, haqiqat manipulyatsiyasi. Kirish. Jorj Oruell, asl ismi Eric Arthur Blair, 1903-yil 25-iyun kuni Hindistonning Motihari shahrida tug‘ilgan. U Britaniya imperiyasi xizmatidagi amaldor oilasida dunyoga kelgan. Onasi bilan birga bolaligida Angliyaga qaytgan, otasi esa Hindistonda qolgan. Oruell Angliyadagi ta’lim tizimining qat’iy va sinfiy xarakteriga guvoh bo‘lgan. U Sent-Kipr nomli maktabda tahsil olib, bu davrda jamiyatdagi tabaqalashtirish va bolalarga nisbatan adolatsizlik haqida ilk tasavvurlarga ega bo‘ladi. So‘ngra Eton kollejida o‘qidi, bu davrda u iqtidorli, ammo mustaqil fikrlovchi va tengdoshlariga moslashishni istamaydigan shaxs sifatida tanilgan. Universitetga bormasdan, 1922-yilda Hindiston imperiya politsiyasiga xizmatga kiradi va Birmada besh yil ishlaydi. Birma davridagi tajribalari uning imperializmga bo‘lgan tanqidiy munosabatini shakllantiradi. Bu davr hayoti va unda guvoh bo‘lgan adolatsizliklar haqida yozadi. 1927-yilda u politsiya xizmatidan voz kechib, yozuvchilik yo‘lini tanlaydi. Oruell o‘zini yozuvchi sifatida shakllantirish uchun London va Parijda kambag‘allikda yashaydi, turli og‘ir ishlarni bajaradi. Ushbu hayotiy tajribalar asosida u “Parij va Londonda tubanlikda” (Down and Out in Paris and London) nomli kitobini yozadi. Aynan shu asarda u ilk bor “Jorj Oruell” taxallusidan foydalanadi, bu nom soddalik va inglizona ruhi bilan ajralib turardi. 1936-yilda Oruell Ispaniya fuqarolar urushidaqatnashish uchun Ispaniyaga boradi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oruell BBCning sharqiy xizmatida ishlaydi, biroq byurokratiya va senzura bilan to‘qnash kelib, undan hafsalasi pir bo‘ladi. U bu davrda ko‘plab maqolalar yozadi, eng mashhurlari – “Siyosat va ingliz tili” (Politics and the English Language) hamda “Arslon va Unicorn” (The Lion and the Unicorn). Oruell jamiyatdagi haqiqat, tilda soxtalik va hokimiyatning manipulyatsion xususiyatlariga chuqur e’tibor qaratadi. Oruellning eng mashhur ikki asari – “Molxona” (Animal Farm) va “1984” romanidir. “Molxona” Sovet Ittifoqi tarixidagi inqilobdan keyingi totalitar tizimni satira shaklida tanqid qiladi. “1984” esa inson erkinligini yo‘qotishga olib keladigan kuzatuv, senzura, tarixni o‘zgartirish va til orqali ongni boshqarish haqida dahshatli distopik tasvirni beradi. Bu asarda u “Katta og`a”, “Fikr jinoyati”, “Yangi til” kabi tushunchalarni joriy etadi, ular hozirgacha siyosiy tahlil va ommaviy madaniyatda qo‘llaniladi. Uning shaxsiy hayoti ham murakkab bo‘lgan. 1936-yilda Eileen O'Shaughnessy bilan turmush qurgan. Ular 1944-yilda Richard ismli o‘g‘il asrab olishgan. 1945-yilda Eileen vafot etadi. Oruell uzoqyillar silkasalligi bilan og‘rigan. 1949-yilda Sonia Brounell bilan turmush quradi, ammo oradan bir necha oy o‘tib, 1950-yil 21- yanvarda Londonda vafot etadi. Jorj Oruellning merosi g‘oyatda katta. U o‘z asarlari orqali hokimiyatni tanqid qilish, haqiqatni himoya qilish va erkinlik uchun kurashish g‘oyalarini targ‘ib www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNALOFIQRO–ЖУРНАЛИҚРО–IQROJURNALI–volume16,issue02,2025 ISSN:2181-4341,IMPACTFACTOR(RESEARCHBIB)–7,245,SJIF–5,431 qilgan. Uning adabiy va siyosiy qarashlari bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda, uning asarlari esahanuz o‘rganilmoqda, muhokamaqilinmoqdavayangicha talqinetilmoqda. NATIJAVA MULOHAZALAR Jorj Oruellning o`zbek kitobxonlari orasida mashhurlikka uchragan asari “1984” dir.U 1949-yili nashr qilingan. Bu roman “ Newsweek” jurnali tomonidan tuzilgan “Insoniyat tarixidagi 100 ta eng yaxshi asar” reytingida 2-o`rinni, BBC tomonidan tuzilgan “ 200ta eng yaxshi asar” reytingida 8-o`rinni egallagan. Shu ma’lumotlarning o`ziyoq bu asarni o`qishga ishtiyoq paydo qiladi. Yozuvchi bu asarni dastlab “Amerikadagi so`ngi odam” deb nomlamoqchi bo`ladi. Keyin esa fikridan qaytib asar yozilgan sanadagi 4 va 8 sonlarini o`rnini aslashtirib “ 1984” deya nomlaydi. Asar muallif tasavvur qilgan 1984-yildagi voqealarni tasvirlash bilan boshlanadi. Ushbu zamondadunyo 3tayuqori qatlamga bo`lingan: 1. Okeaniya 2. Yevrosiyo 3. Sharqiy Osiyo Asardagi voqealar Okeaniya hududiga kiruvchi London shahrida bo`lib o`tadi. Okeaniya hukumatida 4ta vazirlik : Tinchlik, Haqiqat, Boylik, va Muhabbat Vazirliklari faoliyat o

Доказательный фрагмент

«Jorj Oruellning «1984» asari totаlitarizm, kuzatuv, tashviqot va shaxsiy erkinlikni yo'qotish mavzularini o'rganuvchi kuchli romandir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jorj Oruellning «1984» asari totаlitarizm, kuzatuv, tashviqot va shaxsiy erkinlikni yo'qotish mavzularini o'rganuvchi kuchli romandir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
totalitarizm, fikrni nazorat qilish, kuzatuv, Newspeak, erkinlik, adolat, individuallik, siyosiy kuch, haqiqat manipulyatsiyasi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники