Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIRINCHI TIP QANDLI DIABET OLDINI OLISH VA DAVOLASH PROFILAKTIKASI
Abduvaliyeva Feruza Muxamatnurovna · Yo’dashev Azimjon Zafarjon O’g’li · BIRINCHI TIPQANDLI DIABETOLDINI OLISHVA DAVOLASH
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
Birinchi tip qandli diabet. Insulinga bog’liq diabet autoimmun kasallik bo’lib, organizmning immun tizimi oshqozon osti bezining insulin ishlab chiqaradigan beta hujayralariga hujum qilishi natijasida rivojlanadi. Bu insulin ishlab chiqarishining keskin kamayishiga yoki to’xtashi bilan bog’liq. Natijada organizmda qand (glukoza) almashinuvi buzilib, qondagi qand miqdorime’yoridan oshib ketadi. Kalit so’zlar: Birinchi tip qandli diabet, qondagi qand darajasi, bolalar va yoshlar diabeti, jismoniyfaollik. KIRISH: Birinchi tip qandli diabet organizmda insulin ishlab chiqarilishining yetishmasligi yoki to`liq to`xtashi natijasida paydo bo`ladigan autoimmun kasallidir. Ushbu turdagi diabet asosan bolalar va o`smirlar orasida uchrasada u har qanday yoshda ham rivojlanishi mumkin. Insulin garmonining yetishmasligi tufayli organism hujayralari glyukozani energiya manbai sifatida foydalana olmaydi,bu esa qondagi qand miqdorining me`yoridan oshishiga olib keladi. Birinchi tip diabetning kelib chiqishi asosan autoimmune jarayonlar bilan bog`liq bo`lib bunda organism o`zining insulin ishlab chiqaruvchi beta hujayralarini dushman sifatida tanib ularga hujum qiladi. Kasallikning kechishi hayotiy muhim bo`lgan insulin terapiyasiga bog`liq bo`lib bemorlardan doimiy nazorat, parhez va jismoniy faollik talab etiladi. Birinchi tip diabet bolalar va yoshlar orasida ko`proq uchraydi. Dunyo bo`ylab millionlab odamlar ushbu kasallik bilan yashaydi. Bu turdagi diabetning rivojlanish tezligi ayrim hududlarda ayniqsa Shimoliy Yevropa mamlakatlarida yuqori. Kasallik belgilarsiz kechishi mumkinligini hisobga olgan holda olimlar aslida diabet bilan ogrigan bemorlarning ulushi ancha yuqori deb tahmin qilishadi. Qandli diabet insulin yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Oqsil, uglevod va yog` almashinuvidagi buzilishlar bu kasallikka hosdir. Uglevodlar almashinuvida ishtirok etadigan insulin jigarda glikogenning parchalanishi, sintezi va ishlatilishini ta`minlaydi, shuningdek uglevod birikmalarining parchalanishini oldini oladi. Oqsil almashinuvi jarayonida insulin oqsil va nuklein kislotalarni sintez qila boshlaydi, birinchisining parchalanishiga yo`l qo`ymaydi. Insulinning yog almashinuviga ta`siri shundaki u glyukozanigepatositlarga kirish tezligini oshiradi,energiya jarayonlarini ishga tushiradi, yog`larning parchalanishini sekinlashtiradi va yog` kislotalari sintezini yahshilaydi. Agar insulin yetarli bo`lmasa natriy hujayralarga kira olmaydi. Ushbu kasallikning to`rttaasosiy shakli mavjud: Birinchi tip qandli diabet (insulinga bog`liq). 35-yoshgacha bo`lgan odamlarda va yosh bolalarda uchraydi.insulinning tabiiy ishlab chiqarilishi butunlay to`xtaydi shuning uchun uni doimiy ravishda in`yeksiya orqali yuborib turiladi. Insulin bilan davolash uglevod almashinuvini maksimal darajada kompensatsiyalash gipo va giperglikemiyani oldini oldini olish va shu tarzda diabet birinchi tip qandli diabet bemorlar uchun hayotiy zarur hisoblanadi. Ikkinchi tiplarda esa www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 ba`zi hollarda qo`llanilishi mumkin, asoratlarini profilaktikasini ta`minlashga qaratilgan. (Insulinoterapiya). Ikkinchi tip qandli diabet (insulinga bog`liq bo`lmagan). U 40 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi, uning paydo bo`lishining sababi to`qimalarning insulinga anormal sezgirligidir. Bunday diabetda shakarning o`zlashtirilishi qiyin kichadi, insulinni inyeksiya orqali yuborish talab qilinmaydi. Simptomatik (ikkilamchi)qandli diabet. Boshqa kasallik tufayli paydo bo`ladimasalan oshqozon osti bezi kasalliklari. Shuningdek dori-darmonlarni uzoq muddat qo`llash, genetik patalogiyalar tufayli ham yuzaga kelishimumkin. Bolalik davrida noto`g`ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelgan qandli diabet. Ko`pincha tropik mintaqalarda yashaydigan odamlarda uchraydi. Birinchi tip qandli diabet quyidagi belgilarda namoyon bo`ladi:ko`ngil aynishi, qusish, keskin vazn yo`qotish. Agar bolalarda qandli diabet paydo bo`lsa ular uchun ayniqsa kechasi siydik chiqarish qiyin bo`lishi mumkin,kasallangan bemorning hayotiga xavf tug`diradigan holatlar tez- tez yuzaga keladi. Bunda bemor shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo`lishi mumkin. Qandli diabet tashxisi och qoringa qondagi qand miqdori 6,5 mmol/l dan oshganda qo`yiladi. Qandli diabet bilan og`rigan odamlarning siydigida glyukoza bo`lmaydi chunki buyraklar uning o`tishiga yo`l qo`ymaydi, ammo qondagi and miqdori 8,8mmol/l dan oshganda glyukoza siydik tarkibida bo`ladi. Agar kasallik borligiga shubha bo`lsa shifokor bemorga tekshiruvdan o`tishni tavsiya qiladi va quyidagi tahlillarni topshirishga yo`naltiradi: Kapillyar qondagi glyukoza, siydikdagi keton tanachalari va glyukoza, glikolizlangan gemoglobin, qondagi insulin va C- peptid (birinchi tipdabuko`rsatkichlar pasayadi. Yuqoridagi tahlillardan tashqari bemor maxsus glyukozaga sezuvchanlik sinovidan o`tadi och holatda va shakarli
Доказательный фрагмент
«Birinchi tip qandli diabet. Insulinga bog’liq diabet autoimmun kasallik bo’lib, organizmning immun tizimi oshqozon osti bezining insulin ishlab chiqaradigan beta hujayralariga hujum qilishi natijasida rivojlanadi. Bu…»
Образец извлечения
Демо-превьюBirinchi tip qandli diabet. Insulinga bog’liq diabet autoimmun kasallik bo’lib, organizmning immun tizimi oshqozon osti bezining insulin ishlab chiqaradigan beta hujayralariga hujum qilishi natijasida rivojlanadi. Bu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jismoniy faollik., Birinchi tip qandli diabet, qondagi qand darajasi, bolalar va yoshlar diabeti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026