Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DIZARTRIYA NUTQ BUZILISHLARINI O‘RGANISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
Kamolova Gulshoda Jobirqizi · DIZARTRIYA NUTQ BUZILISHLARINI O‘RGANISHNINGILMIYNAZARIY
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
This article describes the causes of dysarthria speech disorders, their types, and the scientific theoretical basis oftheirtreatment. Key words: dysarthria, correction, voice, speech, bulbar, pseudobulbar, trauma, anarthria, symptom, pathogenesis, hyperkinesis, extrapyramidal, physiotherapy Аннотация: В статье описаны причины, виды и научно-теоретические основы дизартриальных речевых нарушений. Ключевые слова: дизартрия, коррекция, голос, речь, бульбарная, псевдобульбарная, травма,анартрия,симптом,патогенез,гиперкинез,экстрапирамидный,физиотерапия Ma’lumki mamlakatimizda hozirgi kunga kelib nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar juda ham ko‘payib bormoqda.Ularning soni keskin darajada oshib bormoqda. Bunga sabab onaning xomiladorlik vaqtidagi turli xil travmalar, tug'ruq jarayonidagi turli xil travmalar va tug’ilgandan keyingi jarayonlar sabab bo‘lishi mumkin.Bunday nutq nuqsonlaridan biri bu dizartriya hisoblanadi. Xo‘sh, unda dizartriya bu nima? Dizartriya qanday kasallik degan savollar tug’ilishi tabiiy albatta. Dizartriya — nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir. Dizartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis — bo‘lak, arthon —biriktirish deganma’noni bildiradi. Dizartriya—bu markaziy xarakterdagi organik nutq buzilish hisoblanadi. Dizartriyada nutq a’zolarining (yumshoq tanglay, til, lablar) kam harakatlanishi natijasida nutq tovushiari artikulatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur’ati, ritmi va ifodaliligida o‘zgarishlar kuzatiladi. Dizartriyaning og‘ir formasida nutq butunlay tushunarsiz bo‘ladi. Bunday hol anartriya deb ataladi. Anartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, a—yo‘q, arthon — biriktirish degan ma’noni bildiradi.Dizartriyada miyaning turli joylarida jarohatlanishlami aniqlash mumkin. Masalan, miya yarimsharining chap va o‘ng tomonida, yetti tuxumsimon markazdan o‘tuvchi sistemada, asab tugunchalari qobig'ida, diensefal doirada ,to‘rt tepaligida, ko‘prik, cho‘zinchoq va orqa rniyada kuzatilishi mumkin. Ammo ko‘pchilik mutaxassislar dizartriyani tasniflashda www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 jarohatlanish o‘chog‘ini hisobga olish tamoyiliga amal qilib, dizartriyani quyidagi turlarga ajratadilar: bulbar, psedobulbar, qobiqli dizartriya, qobiq ostiva miyachali dizartriya. Bulbar dizartriya. Uzunchoq miya — medullaoblongata — yana ikkinchi ancha eski nomga ham ega — bulbus cerebri — qaysiki miya o‘qining bir qismi piyoz boshchasi bo‘laklariga bulbus, piyoz boshchasiga tashqi yuzasi bilan o‘xshashdir. Miyaning bulbar qismiga tegishli IX, X va XI, XII bosh miya nervlarining periferik o‘qlari, po‘stloq yoki yadroning shikastlanishi oqibatida yuzaga keluvchi simptokompleksning harakat buzilishlari bulbar falaj deb ataladi. Periferik harakatlantiruvchi neyronlarning hujayralari orqa miyaning oldingi shoxlarida yoki miya o‘qining mos yadrolarida yotadi. Ularning aksonlari u yoki bu periferik harakatlantiruvchi nervlarni shakllantiradi. Periferik harakatlantiruvchi neyron uning istalgan sathidagi shikastlanishi periferik falaj parezning klinik ko‘rinishini beradi. Bunda nerv impulslari mushaklarga kelmasligi, shuning uchun undagi almashinish jarayonlarining buzilishini hisobga olsak, mushaklaratrofiyasi, tovushining pasayishining yuzaga kelishi sabablari m a’lum buladi. Muskullar mo‘rt, bo‘sh bo‘lib qoladi, shuning uchun bu ko‘pincha atrofik falaj deb ataladi. Periferik harakatlantiruvchi neyronning shikastlanishi birlamchi reflektor yoylarining uzilishiga sabab bo‘ladi. Bunda teri va pay reflekslari yo‘qolib, arefleksiya namoyon bo‘ladi. Periferik harakatlantiruvchi neyronlardagi patologik jarayon natijasida ham saqlanib qolgan qo‘zg‘aluvchanligi shu narsaga olib keladiki, atrofiyaga uchrayotgan muskullarda ba’zida alohida muskul to‘plamlari va tolalarning tez-tez qisqarishi kuzatiladi. Periferik paralichning ko‘rsatilgan klinik ko‘rinishlari atrofiya, atoniya va arefleksiya — bulbar falaj holatida IX, X, va XII bosh miya nervlari til,hiqildoq, adashgan va tilosti bilan innervatsiya qilinuvchi muskullarda, ya’ni yutkin, hiqildoq, tanglay, til muskullarida kuzatiladi. Bu muskullaming funksional bo‘shashgan falaji yutishning buzilishlari (disfagiya va afagiya)da yeyish va ichish paytidagi yo‘talish bilan birga, ovoz buzilishlari (disfoniya va afoniya)da yoki bo‘g‘iq ovozda, "yopishib ketgan" va tushunarsiz nutqda nam oyon bo‘ladi. Bunday belgilarga bulbar dizartriya deyiladi. Bu tushunchaga, odatda, pastki jag‘, yonoqlar, lablarning muskullarining bo‘shashgan falaji sabab bo‘luvchi tovush artikulatsiyasi nuqsonlarini ham o‘z ichiga oladi, ammo shuni aytish kerakki, bu muskullarni innervatsiya qiluvchi yuz va uch tarmoqli nervlar bulbar nervlarga kirmaydi (yuz va uchtalik nervlaming yadrolari va rolit ko‘prigida joylashadi). Chaynov va mimika muskullar
Доказательный фрагмент
«This article describes the causes of dysarthria speech disorders, their types, and the scientific theoretical basis oftheirtreatment.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the causes of dysarthria speech disorders, their types, and the scientific theoretical basis oftheirtreatment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dysarthria, correction, voice, speech, bulbar, pseudobulbar, trauma, anarthria, anartriya, giperkinez, fizioterapiya., dizartriya, ovoz, psevdabulbar, ekstrapiramida, patogenez, nutq, simptom, travma, korreksiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024