Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VOLONTYORLIK - IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRUVCHI KUCH SIFATIDA
RIVOJLANTIRUVCHI KUCH SIFATIDA · Sanʼatbek Muzaffarov
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 2025
Аннотация
This article presents universal human-oriented design, unobstructed environment, social infrastructures, social entrepreneurship, innovative use of social projects and solutions to problems based on effective solutions to social problems and new ideas by volunteering. The online survey conducted is a detailed analysis of the results of a scientific study. The main thing is that new proposals and recommendations have been put forward that can effectively work in the social sphere through professional approaches, directions, types and benefits of social volatility. Key words: volunteering (volunteering), social volunteering, social drive, social impact, social startup, Social Unity, non-profit organization, interest group. Kirish. Jamiyat va davlat uchun juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan faoliyatlardan biri bu - volontyorlik (koʻngillilik). Chunki, shaxslar aro munosabatlarni tartibga solishda, mehr-muhabbat tushunchasini yanada ulugʻlashda, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar harakatni rivojlantirishga koʻmak beradigan, oʻz xohishi bilan bepul oʻz xizmatlari orqali yordam beruvchi faoliyat. Shu sababdan, yurtimizda ham volontyorlik davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlanib va rivojlanib bormoqda. Dunyo boʻyicha volontyorlikning 300 ga yaqin turli yoʻnalishlari mavjud boʻlib, ulardan eng koʻp tarqalgani qismi bu ijtimoiy volontyorlik. Ijtimoiy volontyorlik Oʻzbekiston sharoitida ham madaniy va ijtimoiy 195 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 muammolarga yechim topishi mumkin boʻlgan asosiy faoliyatlardan biri boʻlib xizmat qilmoqda. Ijtimoiy volontyorlik - volontyorlar orqali doimiy yordamga va gʻamxoʻrlikka muhtoj shaxslarga ixtiyoriy hamda begʻaraz yordam berish faoliyati hisoblanadi. Asosan, aholining muhtoj qatlamlari kiradi [1]. Ijtimoiy volontyorlik – ijtimoiy muammolar, ijtimoiy yordamga muhtojlar va ijtimoiy jarayonlarga volontyorlar orqali yechimlar berish hamda volontyorlar orqali yordam koʻrsatish. Ulardan, yolgʻizlar, keksalar, kambagʻallar, nogironligi bor shaxslar, muassasa tarbiyalanuvchilari, muammoli oilalar, ayollar, bolalar, yoshlar va muhtojlarga sifatli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda volontyorlar orqali faoliyat olib borishdir. Volontyorlikni faqatgina volontyorlar tashkiloti emas, balki barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar hamda tashabbuskor guruhlar amalga oshiradi va foydalanadi. Qisqacha aytganda, volontyorlik – ixtiyoriy, begʻaraz va moddiylikni koʻzlamagan tarzda amaliy yordamni bajaruvchilar faoliyatidir. Moliyaviy qarashlar asosida emas, balki yaxshilik uchun, oʻz tajribasini yanada oshirish maqsadida hamda oʻzi va atrofidagilar uchun manfaat keltirish uchun ham bu harakatga qoʻshilishadilar. “Volontyorlik, fuqarolik jamiyati rivojlanishi, ijtimoiy adolat, turmish tarzini yaxshilanishi, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, turli muammolarga fuqarolar ham yechim berishi, masʼuliyat va ijtimoiylashuv kabi jarayonlar uchun juda muhim” deb taʼkidlab oʻtgan [2]. Braian Ludueñaning “Ijtimoiy Volontyorlik nima va qanday qilib ijobiy taʼsir koʻrsatishim mumkin?” maqolasida ham ijtimoiy volontyor sifatida boshqalarga yordam berishimiz oʻzimizga yordam berishimizni anglatishini va bu orqali juda koʻp narsalarni oʻrganish imkoniyatini yaratishini taʼkidlaydi. Oʻrganish natijasida, juda koʻplab ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy volontyorlik haqida kam gapirilgan boʻlsa- da, unga tegishli boʻlgan faoliyat turlari haqida koʻp eslanadi. Misol uchun, med 196 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 volontyor, donor volontyor, xospis volontyor, ijtimoiy patronaj volontyor, taʼlim volontyor, inklyuziv volontyor, tarjimon volontyor, stajyor volontyor, targʻibotchi volontyor, korporativ volontyor va boshqalar. Bundan koʻrinib turibdiki, ijtimoiy volontyorlik dunyo boʻylab keng tarqalgan volontyorlik turlaridan ekan. Materiallar va usullar. Ijtimoiy sohani rivojlantirishda volontyorlikning jamiyat va davlat uchun muhim tomonlarini haqqoniy ilmiy tadqiq etilgan. Respublikaning barcha hududlaridan faol yoshlar saralab olingan va ular oʻrtasida sanoq usulida soʻrovnoma oʻtkazilgan. Soʻrovnoma anketasi Oʻzbekistonda ijtimoiy soha va volontyorlikda yoshlar ishtiroki baholangan, oʻrganilgan, tahlili etilgan va nazariy asoslangan. Bu birlamchi maʼlumotlar tahliliy tadqiqot orqali mavjud maʼlumotlarni tahlil qilish va yangi bilim yaratishni oʻz ichiga oladi. Bu usullar orqali, yangi takliflar va volontyorlik tushunchasiga berilgan takliflar ham koʻrib chiqilgan. Amerikalik sotsiolog George Homans va Peter Blau tomonidan ilgari surilgan insonlar boshqalarga yordam berish orqali ijtimoiy kapital toʻplashini ilgari surganlar. August Comte va Daniel Batson altruizm tushunchasi asoslagan boʻlsa, Ijtimoiy kapital nazariyasini rivojlantirgan Pierre Bourdieu, James Coleman va Robert Putnam buni tasdiqla
Доказательный фрагмент
«This article presents universal human-oriented design, unobstructed environment, social infrastructures, social entrepreneurship, innovative use of social projects and solutions to problems based on effective solution…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents universal human-oriented design, unobstructed environment, social infrastructures, social entrepreneurship, innovative use of social projects and solutions to problems based on effective solution… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- volunteering (volunteering), social volunteering, social drive, ijtimoiy startap, ijtimoiy birlik, manfaatdor guruh., Koʻngillilik (volontyorlik), nodavlat notijorat tashkilot, ijtimoiy drayver, Ijtimoiy taʼsir, ijtimoiy volontyorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025