Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIROJIDDIN SAYYID SHE’RIYATIDA BADIIY YUKSALISH TADRIJI
Xoliyorova Aziza Alixonovna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В этой статье анализируются особенности поэзии Сироджиддина Саййида, его представления о мире, человеке и жизни посредством художественного мышления. Ключевые слова: Человек, мировоззрение, творчество, анализ и интерпретация, психика, индивидуальность, метафора. Dunyoda har bir mavjudodning o`z tug`lish vaqti, yashash sharoiti hamda o`z makoni bo`ladi. Masalan kapalak gul-u gulzorda, chumoli tuproqda, baliq suvda tug`ilgani kabi. Ularning makoni ham bir-biridan farqli. Ijodkor shaxsi ham har qanday inson kabi muayyan zamon-u makonda tug`uladi. Dunyoqarashi o`sha muhitda shakllanadi, rivoj topadi. Ijodkor yaratgan asarlar aniq ijtimoiy-tarixiy kontekst bilan qattiq bog`langan bo`ladi. Ammo shunday ijodkorlar borki, ularni davr emas, ular davrni yaratadi. Adabiyotshunoslik mana shu holni doim kuzatib, olimlar esa bu jarayonni o`z ilmiy asarlarida izohlab kelishadi. Yozuvchi yoki shoirning o`z asarlarida ilgari surgan g`oyalari, o`zi yashayotgan jamiyat qonun-qoidalariga mos va ayni vaqtda buning butunlay aksi bo`lishi ham mumkin. Chinakam shoirlikni, adabiyotni o`ziga qismat deb biluvchi ijodkorlar dunyoni oddiy insonga qaraganda ancha boshqacha ranglarda ko`radi. “Ismsiz tuyg`ularda” his qiladi. Buni Sirojiddin Sayyid she`riyati misolida ko’ramiz. Olis kechinmalar qa`rida U men ko`rolmagan bir nurdir Yo’llar hayqirig’I bag’rida U- men yasholmagan umrdir…1 Sirojiddin Sayyid ijodi buyuk bir cho`qqi kabi osmonlarga bo`y bergan bir ijoddir. Har qanday tog`ning tepasiga yo`l uning etagidan boshlangani kabi d ushbu maqolada mana shu ijodiy yuksalish kategoriyasini tahlil qilmoqchiman. Shoirning ikki jildlik tanlangan asarlarini asosiy obyekt sifatida oldim. Ijodkorning dastlabki she`rlari asosan tabiat, bolalik, sog’inch, o’smirlik haqidagi motivatsion ruhdagi she`rlardir. 1 Sirojiddin Sayyid. So’z yo’li:Tanlangan asarlar.1-jild.-T.:”Sharq”,2008.-22 b 52 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Bu she`rlarda asosan baxt, yuksak manzillarni ko`zlagan inson, uning mashaqqatli yo`li, bolalikni qo`msash, orzular haqida so`z boradi. “Eski uy”, “Bolalik daraxti”, “Bolalik”, “Sog’inch”, “Quyosh qizi”, “Tungi o’rimdan so’ng”, “O’smirlik” ushbu she`rlar shular jumlasidandir. Bu yog’i… qanotning keragi yo’qdir Bu yog’i jimgina yonguvchi olov. Sevgilim, oldinda neki manzil bor, Yuraklarning o`zi yetkazar yayov.2 Shoir ushbu jumlalar orqali o`zi uchun o`zi bashorat qilayotgandek go`yo. U mana shu mashaqatli yo`lga tayyordek. U buning uchun barcha qiyinchiliklar, iztiroblarga ko`z yumadi. O`z yo`lini olovli yo`l ekanligini va bu yo’lga muhabbat bilan yayov chiqqanligini ta`kidlaydi. Keyingi she`rlarda tabiat bilan bog`liq uyg`unlik,baxt yaqqol ko`zga tashlanadi. Bahor payti asta silkinib, Tuyg’ularing ko’targanda bosh Qutlar seni birinchi bo’lib Erta kirib kelgan qaldirg’och3 Keying yillarda shoir ijodida eng go’zal tuyg`u muhabbat bo’y ko’rsata boshladi. Balkim bu she’rlar shoirning buyuk dostonlariga yo’l ochgan debochadir. Dastlab ushbu tuyg`u bilan bedor oshiq holi tasvirlangan she`rdan so`ng, shoir ijodiga iztirobli sevgi, topish va yo`qotish, muhabbatni manguga his qilish kabi tuyg`ular kirib keldi. Sen yig’lading, Mendan yuz o’girdi quvonchlar. Sen yig’lading, Tonglarim bo’g’zida qoldi quyoshlar. Sen yig’lading, Yulduzlar o’chdi. Men bo’lsa ishq dedim ming bora Ishq deb shafaqlarga qaradim, Shafaqlar-qora.4 Sirojiddin Sayyidning she`rlarida vatanga bo`lgan muhabbatning nafis ranglarini ham ko’rishimiz mumkin. Shoirning o`ziga xos ijodi shundan iboratki ijodkorning she’rlari oddiy xalqa yaqin, u alohida auditoriya tanlamaydi. Shuning uchun ham yuraklarga tez yetib bora oladi. Ijodkor oddiy shunday quyma satrlar yaratganki, ular bugun xalqimiz tomonidan yod bo`lib ketgan. “Vatan abadiy” she`ri aynan fikrim dalilidir. Sirojiddin Sayyidning 2003-yilda yozilgan “Yoshlik. Bahor. Muhabbat” she’rida hayot, umr, dunyo haqidagi tushunchalar umumlashib, tuyg’ular ham teranlashadi. She’r go’yo kuydek yangraydi. Shoir kichik misralarga tog’dek ma’no joylaydi. Bu ham ijodkorning tengsiz mahoratining bir ko’rinishidir. Asrlar bor-ro’yoday, Fasllar bor –muvaqqat. 2 Sirojiddin Sayyid. So’z yo’li:Tanlangan asarlar.1-jild.-T.:”Sharq”,2008.-18 b 3 Sirojiddin Sayyid. So’z: yo’li Tanlangn asaarlar.1-jild.-T.:”Sharq”,2008.-21 b 4 Sirojiddin Sayyid. So’z yo’li:Tanlangan asarlar.1-jild.-T.:”Sharq”,2008.-41 b 53 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Doim zangor daryoday Yoshlik.Bahor. Muhabbat. Dunyo archasi yolg’on Qancha-qanchasi yolg’on. Shudir yodimda qolgan Yoshlik. Bahor. Muhabbat. 5 Har bir ijodkorning hech qachon bitmaydigan va eskirmaydigan, har bir kitobxonning ham hamisha yuragiga eng yaqin mavzu bu-muhabbat. Muhabbat haqidagi she`rlar qaysi davrda va qanday makonda yozilishidan qat`iynazar eng yangisi va eng betakrori bo`lib qolaveradi. Yoshlik va bahor esa muhabbatning osmonga chorlagan qanotlardek go’yo. She`rni tahlil qilish juda muhim jarayondir. Bu jarayonda shoir shaxsi muhim ahamiyatga ega.
Доказательный фрагмент
«В этой статье анализируются особенности поэзии Сироджиддина Саййида, его представления о мире, человеке и жизни посредством художественного мышления.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье анализируются особенности поэзии Сироджиддина Саййида, его представления о мире, человеке и жизни посредством художественного мышления. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Human, worldview, creativity, analysis and interpretation, spirituality, idrok etish, Inson, ijod, dunyoqarash, tahlil va talqin, darajalanish., tashbeh, badiiy bo`yoqdorlik, individuallik, ruhiyat, voqelantirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024