К содержанию
РецензированоUZ2024

AYOL ROVIYLARNI O’RGANISHGA BAG’ISHLAGAN TADQIQOTLAR TAHLILI

Maksumova Inoyatxon Vahidulla qizi

Журнал научных исследований и их решений · 2024

Аннотация

Maqolada Abdulla Oripov ijodida janr poetikasining nazariy asoslari tadqiq etiladi. Shoir ijodidagi milliylik, tarixiylik, xalqchillik va falsafiylik unsurlari janrlar xilma-xilligi bilan uyg‘un holda yoritiladi. Asarda Oripov lirikasi va dostonlaridagi badiiy tasvir, ramz, obrazlar orqali milliy tafakkur, vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari tahlil qilinadi. Ayniqsa, she’riyatida xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot va zamonaviy estetik qarashlar sintezi poetik izlanishlar bilan asoslanadi. Shoir asarlarida folklor unsurlarining zamonaviy talqini, yangi badiiy shakllarning paydo bo‘lishi va ularning ijtimoiy-ma’naviy kontekstdagi aks ettirilishi ilmiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Maqola hozirgi o‘zbek she’riyatidagi poetik tafakkur va estetik yangilanishlarni tushunishga hissa qo‘shadi. Kalit so‘zlar: Abdulla Oripov, janr poetikasi, o‘zbek she’riyati, poetik tafakkur, folklor poetikasi, milliy adabiyot, vatanparvarlik, estetik yangilanish, badiiy tafsir, zamonaviy lirika. Hozirgi zamonga kelib inson ko‘ksidagi mushtdek yurak nafaqat ijod ahlining, balki bashariyatning ham mehvariga aylandi. She’riyatning asosiy tahlil ob’ekti, o‘rganadigani inson, deymiz. Bu esa har qanday e’tirozdan holi sohir haqiqat. Bugungi she’riyatning insonga diqqat-e’tibori yanada teranlashdi. Endilikda yuraklarda kechayotgan his-tuyg‘ularning ranglari, quvonch-safolarning ohanglari, nimtatir tabassum to‘lqinlari, g‘am-alamu o‘y-hayollar shevasi, bir so‘z bilan aytganda, ko‘ngil mamlakati she’riyatimizning qon tomiri bo‘lib qoldi. Eng quvonarli hodisa – yoshlar she’riyati ham ana shu katta to‘lqinga esh, baqamti odimlamoqda. Ong va tuyg‘u omuxtaligidan tug‘ilgan tafakkur manzaralarini tadqiq etish, kechinmalarning fikrchan suratlarini chizish еtakchi tamoyillardan biriga aylandi. 44 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7 Ma’naviy-intellektual, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar badiyatning еtakchi mezonlari sifatida bo‘y ko‘rsatmoqda. Abdulla Oripov ijodining dastlabki va undan keyingi bosqichlarida nafaqat Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Boborahim Mashrab singari o‘tmishdagi san’atkorlarning, balki XX asr o‘zbek adabiyotining ustoz shoirlari - Oybek, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Hamid Olimjon, Mirtemir kabi ijodkorlar badiiy kashfiyotlarini ham ijodiy o‘zlashtirgan. Buni isbotlashga yordam beradigan dalillar shoirning maqola va adabiy suhbatlarida uchraydi. U “Bahor” she’rida G‘.G‘ulomni “surur kuychisi”, “dongdor zamondosh” deb ta’riflaydi. Bu surur - ma’naviy-ruhiy, tarixiy-falsafiy surur, albatta. G‘.G‘ulomni san’atkor sifatida “dongdor zamondosh” mavqeiga ko‘targan, milliy g‘urur kuychisi bo‘lishga chorlagan fazilatlar ham, eng avvalo, ana shulardir. A.Oripov bir adabiy suhbatida “Men S.Vurg‘un, G‘.G‘ulom she’riyatida shoir shaxsiyatining ko‘rinishini o‘rganyapman”1, - degan edi. G‘afur G‘ulom she’riyatida esa, birinchi galda, sharqona donishmandlik, zukkolik, tafakkur kengligi ko‘zga tashlanib turgan. Tabiiyki, bu jihatlar A.Oripovning ziyrak nigohidan chetda qolmagan. A.Oripov she’riyatda o‘z maktabini yaratgan G‘.G‘ulomning san’atxonasiga chuqur kirib bormaganida, uning sir-asrorini ichki, ya’ni botiniy ijodiy ehtiyojlariga muvofiq tarzda o‘zlashtirmaganda, bizningcha, u bunchalik ulkan yutuqlarga erisha olmasligi ham mumkin edi. Zero, har bir san’atkor ijodi ming bir buloqdan suv ichadi. Asrlar davomida kuylab kelingan abadiy va o‘lmas mavzularning har bir ijodkor ijodida o‘ziga xos yangicha ohang, yangicha tasvirlarda jilolanishi ham shundandir. Masalan, vatan mavzusini olaylik. Har bir ulug‘ shoirning ishongan bog‘i, suyanadigan tog‘i shak-shubhasiz uning jonajon Vatanidir. Tug‘ilib o‘sgan zamin uning uchun har narsadan muqaddas va ilhombaxsh. Shuning uchun ham Abdulla Oripov “O‘ylarim” degan she’rida: “Vatan! Bor qismatim shu bir so‘zda hal”, – degan edi. Ungacha ham Vatan haqida she’rlar bitib, uni ulug‘vor ohanglarda madh etgan shoirlarimiz ko‘p bo‘lgan, albatta. Shu ma’noda G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda va Mirtemir she’riyati badiiy ijod maydoniga kirib kelgan talantlarga, jumladan, Abdulla Oripov uchun ham o‘rnak va mahorat maktabi edi. Vatan mavzusini yoritishda Abdulla Oripov ustozlaridan (masalan, 1 Орипов А. Танланган асарлар. 4-жилд. – Б. 60. 45 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7 tilda, obrazli tasvir va ohang yaratishda) o‘rgangan, lekin u taqlidga yon bermaganidek, takrorga ham yo‘l qo‘ymagan. Buning ham albatta, o‘ziga xos sabablari bor. Birinchidan, Abdulla Oripov - ulkan talant. Talantli shoir esa, qaysi mavzuda qalam tebratmasin, hamisha o‘z so‘zini, ya’ni yangi fikr - tuyg‘ularini aks ettiradi. Ikkinchidan, Abdulla Oripov yurt tarixi va taqdirini o‘zicha mushohada etadi, o‘zicha ko‘radi. Shuning uchun G‘afur G‘ulom va Oybek, Shayxzoda va Mirtemir nigohidagi Vatan bilan Abdulla Oripov tasavvuridagi Vatan ma’lum farqlanishlarga ega. Millat, til, tarix, din tushunchalari bo‘lma

Доказательный фрагмент

«Maqolada Abdulla Oripov ijodida janr poetikasining nazariy asoslari tadqiq etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Abdulla Oripov ijodida janr poetikasining nazariy asoslari tadqiq etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilmiy meros., hadis ilmi, tarojim, rivoyat, as-Sihoh as-sitta, Ayol roviylar, sahobiya, muhaddisa, tabaqot, siqa
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти