Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI IMPROVIZATSION MUHITDA RIVOJLANTIRISH
THEIR SOLUTIONS · BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIYKO‘NIKMALARINI · Miraxmedova DilafruzNurilloxonqizi
Журнал научных исследований и их решений · 11 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kun o`qituvchisiga qo`yilgan talablar, zarur boʼlgan kompetentsiyalar, oʼqituvchining tezkor qaror qabul qilish va pedagogik tajriba, mahorati orqali holatni chuqur oʼylangan va maqsadni sifatli amalga oshirishni kafolatlovchi tomonga bura olishi, oʼqituvchining pedagogik improvizatsiya qilish qobiliyati oʼz oldiga qoʼyilgan kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda pedagogik oldindan koʼra bilish, intuvitiv faoliyatning yaxshi rivojlanganligini namoyon etuvchi jarayonlar haqida so`zborgan. Kalit so`zlar: improvizatsiya, pedagogik jarayon, bilim, ko`nikma, malaka, mahorat, kompetensiya, talab, ta`lim-tarbiya, faoliyat, mutaxasis. Pedagogik faoliyatda improvizatsiya kasbiy-ijodiy kompetensiya sifatida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi, zero har bir pedagog inson shaxsiyati bilan bevosita ish olib boradi, uning rivojlanishi va barkamolligi uchun shart-sharoit yaratadi. Hozirgi zamonaviy ta’lim tizimida murabbiydan turli ko‘nikmalar talab qilinayotgan bir sharoitda, pedagogik jarayonda improvizatsiya qilish malakasi juda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Improvizatsiya tushunchasi, avvalo, pedagogik mashg‘ulotlar doirasida novatorlik ruhini saqlab qolgan holda, amaldajoriy etilishikerak bo‘lgan jarayonni ko‘zdatutadi. Improvizatsiyalash ko‘nikmasi faqatgina pedagogik mahorat yoki uslubiy o‘zgaruvchanlik bilan chegaralanmaydi. Uni shakllantirish uchun pedagog avvalo o‘zini bir ijodkor sifatida ko‘ra olishi, individual kreativ tafakkurni rivojlantirishi zarur. Improvizatsiya jarayonida nafaqat ta’lim mazmuni, balki pedagogik etika, didaktik yondashuvlar, psixologiya, talabalar bilan o‘zaro munosabatlar xususiyatlari ham katta rol o‘ynaydi. Jamiyat taraqqiyoti surat bilan tobora jadallashayotgan bir paytda, talaba ongida ideallar, taraqqiyot texnologiyalari, innovatsion ilmiy yutuqlar haqida ma’lum tushunchalar shakllanishi lozim. Improvizatsiya orqali esa ushbu jarayon jonlilik kasb etib, o‘quvchi yoki talabaning rivojlanishi uchun konstruktivmuhityaratiladi. Tadqiqot obyekti nuqtai nazaridan “improvizatsiya”, “kasbiy ko’nikma”, “improvizatsion muhit”, “pedagogik qobiliyat” tushunchalari mazmunan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy ko’nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Improvizatsiya jarayon sifatida quyidagi o‘ziga xosliklarga ega: yaxlit, kooperativ faoliyat, informatsion aloqa, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, o‘zaro munosabat, o‘zaro bir-birini tushunish. Improvizatsiya hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida kutilmagan vaziyatlarda to’g’ri qarorlarni qabul qilish bo’lib, bunday vaziyatlarda bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy ko’nikmalarini improvizatsion muhitdarivojlantirishdan iborat. Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy manbalarni o’rganish, tahlil qilish va pedagogik o’rganish natijasida, dissertant tomonidan pedagogik faoliyatdagi improvizatsiyaga quyidagicha ta’rif berildi: pedagogik improvizatsiya — bu o‘qituvchining o‘quv jarayonida kutilmagan holatlar yuz berganda, o‘zining bilim va tajribasidan foydalanib, muammoga mos yechim topish qobiliyatidir. 79 INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 11, ISSUE 01, 2025 Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy faoliyatida namoyon bo’luvchi pedagogik improvizatsiyaning rivojlanishigata’siretuvchi quyidagi omillarni ajratib ko‘rsatilishi mumkin(1-rasmga qarang): 1-rasm. Pedagogik improvizatsiyaningnamoyon bo’lishiga ta’siretuvchi omillar Improvizatsiya ustuvorligida yana bir muhim jihat – bu pedagog oliy ta’lim davridayoq asosiy nazariy ko‘nikmalarni egallashi bilan birga, amaliy jarayonlarda tezkor munosabat bildirish ko‘nikmasini rivojlantirishi kerakligidir. Pedagogika nazariyasi o‘zida ma’lum bir qat’iy qoidalarni aniq shaklda belgilab berishi mumkin, biroq real dars jarayonida barcha narsa reja asosida ketavermaydi. Masalan, bir o‘quvchi nogahon kutilmagan savol beradi yoki guruhda bahs-munozaralar avj oladi, auditoriya his-hayajoni o‘zgaradi – shunday holatlarda pedagogik improvizatsiya barcha nazariy bilimlarni birlashtirgan holda ishga tushadi. Bu paytda pedagogdan noan’anaviy yondashuv talab etiladi. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy ko’nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirishda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarni hisobga olish lozim: 1. Moslashuvchan ta'lim muhiti: improvizatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi muhit. 2. Innovatsion texnologiyalar va metodlar: Multimedia va simulyatsiyalarni qo‘llash. 3. Mentorlik tizimi: Tajribali o‘qituvchilar bilan o‘zaro muloqot. 4. Kreativlikni rivojlantirish: Eksperiment qilishni rag‘batlantirish. 5. Reflektivlik: O‘qituvchilik amaliyotini tahlil qilish imkoniyatlari. 6. Jamoaviy ish: Hamkorlikni rag‘batlantirish. 7.Amaliyot va simulatsiyalar. 8.Samarali o‘z-o‘zinirivojlantirish. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy ko’nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshadi: 1) Vaziyatni tahlil qilish va baholash; 2) Maqsadni va vazifalarni belgilash; 3) Y
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kun o`qituvchisiga qo`yilgan talablar, zarur boʼlgan kompetentsiyalar, oʼqituvchining tezkor qaror qabul qilish va pedagogik tajriba, mahorati orqali holatni chuqur oʼylangan va maqsadni sifatli…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kun o`qituvchisiga qo`yilgan talablar, zarur boʼlgan kompetentsiyalar, oʼqituvchining tezkor qaror qabul qilish va pedagogik tajriba, mahorati orqali holatni chuqur oʼylangan va maqsadni sifatli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- improvizatsiya, talab, bilim, faoliyat, mahorat, mutaxasis., malaka, kompetensiya, pedagogik jarayon, ta`lim-tarbiya, ko`nikma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025