Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FE’L KAUZATIV SHAKLLARINING KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK POTENSIALI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA)
THEIR SOLUTIONS · FE’L KAUZATIVSHAKLLARINING KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK · Mallayev AbduganiKayumovich · Yugurtirdi: Ubolaniyugurtirdi.
Журнал научных исследований и их решений · 11 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida fe’llarning kauzativ shakllari hamda ularning kommunikativ-pragmatik potensiali tahlil qilinadi. Tillararo solishtirma yondashuv asosida kauzativlikning grammatik va pragmatik ko‘rinishlari aniqlanib, har ikkala til uchun xos bo‘lgan vositalar va ularning nutqdagi funktsional yuklamalari ko‘rsatib beriladi. Maqolada sababli harakatning ifodalanish usullari, subyekt va obyekt orasidagi munosabatlar hamda kontekstga asoslangan pragmatik maqsadlar chuqur tahlilqilinadi. Kalit so‘zlar: kauzativlik, pragmatika, kommunikativ funksiya, fe’l strukturalari, sababli harakat, tilqiyosiyligi. Tilshunoslikda kauzativlik hodisasi subyektning boshqa bir shaxs yoki ob’ekt yordamida harakatni amalga oshirishga sabab bo‘lishini bildiruvchi muhim grammatik va pragmatik kategoriya hisoblanadi. Har qanday tilda kauzativlik nutq egasining iroda, ta’sir va sababli munosabatlarini ifodalashda kuchli vosita hisoblanadi. Ingliz va o‘zbek tillarida bu vositalar turlicha grammatik qurilmalar orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqola mazkur ikki til doirasidakauzativlikningkommunikativ-pragmatik yuklamasini ochib berishga qaratilgan. Kauzativlik tushuncha va umumiy grammatik ko‘rinishlari o‘zbek tilida kauzativlik asosan fe’l yasovchi affikslar yordamida ifodalanadi: -dir-, -tir-, -gir-, -kaz-, -ar- va boshqalar. Misollar: O‘qitdi (o‘qimoq +-t): Ubolaga kitob o‘qitdi. Yugurtirdi: Ubolaniyugurtirdi. Bu yerda sababchi subyekt (agent) harakatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarmaydi, balki boshqa shaxsga uni bajarishga sababchi bo‘ladi. Kauzativlik tushuncha va umumiy grammatik ko‘rinishlari ingliz tilida ikki asosiy shakldako‘rinadi: Lexikalvositalaryordamida: make, have, get, let, cause kabi fe’llar yordamida. Shemadehimclean the room. Theygot themechanicto fix thecar. Ilet himgo. Struktural usullar: ba’zida passiv ko‘rinishlar bilan uyg‘unlashib, noaniq sababli holat yaratiladi: The windowwas broken (bysomeone). Kommunikativ-pragmatik yondashuv Kauzativlik faqat grammatik hodisa emas, balki u nutq aktlarining maqsadiga xizmat qiluvchipragmatik vositahamdir. Quyidagi aspektlar muhim: 73 INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 11, ISSUE 01, 2025 Ijtimoiy rolda o‘zgarish ingliz tilida“make” - majburiy, kuchli sababli harakatni bildiradi; “let” esa ruxsat. Bu vositalar yordamida subyekt va adresat o‘rtasidagi ijtimoiy ierarxiya yoki kuch dinamikasiochiladi. Theteacher made thestudentrewrite theessay. Theteacher letthestudentleave early. O‘zbek tilida ham bu farq affikslar tanlovi orqali ifodalanishi mumkin: “majbur qildi” va.“ruxsat berdi” konstruksiyalari orqali. Nutq maqsadi va kontekstda pragmatik jihatdan, kauzativ konstruksiyalar buyruq, iltimos,tanqid, hazil yoki tahdid kabi nutqmaqsadlarini bajarishi mumkin: You’dbetter makehimcallme today!(tahdid) Letmehandle this.(iltimos/ruxsat) O‘zbektilida: Bolagadars o‘qittiring!(buyruq) Ungaayting, qo‘ng‘iroq qilsin.(bilvosita iltimos) Kauzativ shakllar orqali bilvositaso‘zlov (indirect speech act) yuzaga keladi. So‘zlovchi o‘z istagini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki sababli struktura orqali bildiradi. Bu madaniy jihatdan muhimpragmatik vositahisoblanadi, ayniqsatanish bo‘lmaganlar orasida. 3.Inglizvao‘zbektillaridakauzativlikningqiyosiy tahlili Aspekt O‘zbek tili Ingliz tili Grammatik ifoda Affikslar orqali: -dir-, -tir, - “make”, “have”, “let”, “get”, kaz “cause”kabi fe’llar Tushunchaturi Soddalashtirilgan morfologik Analitik(kompleks) struktura struktura Pragmatik yuklama Kontekstdan kelib chiqadi, So‘zlovchi istagining kuchi ba’zida subyekt nomi aniq belgilanadi (make > tushiriladi have> let) Politeness (muloyimlik) Bilvosita shakl va kontekst “get to”, “let”, passiv shakl bilanifodalanadi orqali yumshatiladi Xulosa qilib aytganda, kauzativ fe’l shakllari har ikki tilda ham nafaqat grammatik strukturani belgilaydi, balki so‘zlovchining nutqdagi intensionsiyasi, kuch munosabatlari va ijtimoiy roli haqidaham muhim axborot beradi. Ingliz tilidakauzativlik ko‘proq analitik vositalaryordamida amalga oshirilsa, o‘zbek tilida bu holat morfologik affikslar orqali ifodalanadi. Pragmatik yondashuv orqali esa kauzativlik nutqning muloyimlik, buyruq, maslahat kabi jihatlarini ifodalashda kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, fe’l kauzativ shakllari pragmatikava kommunikatsiyada intersubyektivliknita’minlashga xizmat qiladi. Foydalanilganadabiyotlar: 74 INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 11, ISSUE 01, 2025 1.Lyons, J.(1995). Linguistic Semantics:An Introduction. Cambridge University Press. 2. Comrie, B. (1981). Language Universals and Linguistic Typology. University of Chicago Press. 3. Shopen, T. (Ed.). (2007). Language Typology and Syntactic Description. Cambridge University Press. 4.БегматовШ.Ҳозиргиўзбек тили синтаксиси.Тошкент: Фан,2005. 5. Хидоятова Ш.А. (2020). “Ўзбек тилида сабаблиликнинг прагматик хусусиятлари”, Филологиямасалалари,№1. 6.Palmer, F.R. (1986). Mood an
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida fe’llarning kauzativ shakllari hamda ularning kommunikativ-pragmatik potensiali tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida fe’llarning kauzativ shakllari hamda ularning kommunikativ-pragmatik potensiali tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kommunikativ funksiya, til qiyosiyligi., pragmatika, sababli harakat, kauzativlik, fe’l strukturalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024