К содержанию
РецензированоUZ2026

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash – pedagogik muammo sifatida

Meretgeldieva Aygul Bekmiratovna · NDPI Boshlangich ta'lim

Третье возрождение:проблемы и решения · 2026

Аннотация

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxsida yaxshilik, mehribonlik qilish, shirinso‘zlik bilan muomalada bo‘lish kabi ma’naviy sifatlarni shakllantirishda o‟qish, ona tili, musiqa darslarining imkoniyatlari juda kattadir. Chunki mazkur predmetlar bo‘yicha darslar tuyg‘ular va hissiyotlar asosida qurilayotgan mashg‘ulotlardir. Shuning uchun ham darslarda bolalarni tushunish, ularni his qilish, his tuyg‘ularini qadrlashni o‘qituvchi diqqat markazida turishi kerak. Kalit so‘zlari: Boshlang‘ich sinf,ma’naviyat,ma’rifat,his tuyg‘u,diqqat. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisida ma’naviyatni shakllantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish vazifasi ular uchun chop etilayotgan barcha darslik va o‘quv qo‘llanmalarning matnini xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan urf-odatlari, axloqiy qarashlarini ifodalovchi qonun, qoidalar, pand-nasihatlar, hadislar bilan izchil boyitib borishini taqozo etadi. Ayni paytda boshlang‘ich sinflardan boshlaboq, o‘quvchilarda jahondagi boshqa xalqlarning qadriyatlari, urf-odatlariga ham hurmat va qiziqishni shakllantirish maqsadi ustuvorlik qilishi zarur. Shuning uchun ham darsliklrada boshqa xalqlarning tarixi, urf-odatlari, qarashlari ifodalangan matnlari o‘rin olishi, agar shunday materiallar bayon etilgan o‘quv vositalari yaratilgan bo‘lmasa, ularni o‘quvchini o‘zi tayyorlashga burchli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, mazkur xalqlarning taraqqiyot darajasini, yuksalishini tan olishga, ularning turmush tarzidagi ijobiy jihatlarni ijodiy o‘zlashtirishga o‘quvchilarni pastki sinflardan boshlab odatlantirib borish, bag‘rikenglikni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi shaxsi ma’naviy “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 102 qiyofasini belgilashda fidoiylik tushunchasi bosh omil ekanligini hisobga olib har bir boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi ta’lim tarbiya jarayonida Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk shaxslarning adabiyot, san’at, fan, madaniyat, Vatan mudofaasi yurt obodligi sohasida ko‘rsatgan fidokoronaligi, jonbozligi bilan tanishtirib borish zarur. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ma’naviyatini yaxlit tizim asosida shakllantirish vazifasi nafaqat I-IV sinflarda o‘qitiladigan o‘quv materiallar mazmunini boy merosimiz bilan boyitish, o‘quvchilarga ko‘proq ularning ma’naviy olamini boyitadigan badiiy, tarixiy, memorial asarlari, o‘zbek va jahon xalqlari ertaklari, qissa, hikoyalar o‘qishni tavsiya etish, tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjohlar, osoru-atiqalar, ularning tarixi, bunyod etilishi bilan, balki zamonamiz qahramonlari, fidoiy insonlar, yozuvchi, olimlar, san’atkorlar, sportchilar ularning bevosita mehnat jarayonlari natijalari bilan tanishtirib borishni ko‟zda tutadi Boshlang‘ich ta’lim o‘quv rejasida «Musiqa madaniyati» o‘quv faniga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, u yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqimizning milliy kuy va qo‟shiqlari odamlarning orzu-umidlari, hayotiy kechinmalari, boy ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettirgan. O‘zbek milliy musiqa madaniyatining bu sohadagi imkoniyatini nihoyatda katta ekanligini birgina ona allasi qo‘shig‘ida o‘rsatamiz, «Alla» ashulasida onaning naqadar sodda, mazmunan boy, o‘z bolasiga cheksiz mehrmuhabbati, uning istiqbolini o‘zining dil izhori bilan tarannum etgan orzu-umidlari yotadi. «Alla»da ilgari surilgan yuksak g‘oyani farzandning ongli, aqlli, eslixushli, shirinsuxan, oqibatli, mehribon, kelgusida ota-ona suyanchig‘i, madadkori bo‘lish istagi ifoda etilganligi uni qanchadan qancha avlodlarni yuksak ma’naviyatli bo‘lib shakllanishida muhim vositalaridan biriga aylantirdi. Shu munosabat bilan musiqiy merosimiz, qadriyatlarimiz, ustozshogirdchilik an’analarini, milliy musiqa san’atimizning rivoji uchun beqiyos xizmatlarini ayamagan buyuk musiqiy “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 103 allomalarimizning hayoti va ijodiy faoliyatlarini o‘quv dastur va o‘quv-metodik komplekslarga muntazam kiritish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich talim tizimida va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida atoqli bastakorlarimiz – M.Mirzayev, K.Jabborov, F.Sodiqov, S.Kolonov, N.Hasanov, Yu.Rajabiy kabi bastakorlarning musiqiy merosini targ‘ib etish maqsadida o‟tkaziladigan ko‘rik- tanlov hamda tadbirlarda o‘quvchilarni bevosita ishtirok etishlariga erishish, shubhasiz ularda milliy qadriyatlarimizga, buyuk milliy musiqiy merosimizga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish uning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich maktabda ta’lim-tarbiya berish orqali o‘quvchilarning rivojlanishinga yordam beradigan asosiy omillarga: dars mashg‘ulotlari, darsdan tashqari tadbirlar, jamoat topshiriqlari va o‘quvchilarning dam olishlarini reja asosida tashkil qilish va hokazolar kiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ma’naviyatni singdirishni amalga oshirishda uchraydigan qiyinchiliklarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviyatdan dars o‘tishga doir ilmiy jihatdan asoslangan maxsus qo‘llanmalarning yetarli darajada

Доказательный фрагмент

«Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxsida yaxshilik, mehribonlik qilish, shirinso‘zlik bilan muomalada bo‘lish kabi ma’naviy sifatlarni shakllantirishda o‟qish, ona tili, musiqa darslarining imkoniyatlari juda kattadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxsida yaxshilik, mehribonlik qilish, shirinso‘zlik bilan muomalada bo‘lish kabi ma’naviy sifatlarni shakllantirishda o‟qish, ona tili, musiqa darslarining imkoniyatlari juda kattadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’naviyat, his tuyg‘u, Boshlang‘ich sinf, diqqat, ma’rifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники