Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Alisher Navoiy ijodiy bo‘stoni
Umirbaeva Ulzada Maratovna
Третье возрождение:проблемы и решения · 42-44 · 2026
Аннотация
Alisher Navoiy ijodiy bo‘stonining kelib chiqishi, “Xamsa” dostonining yaratilish tarixi. G‘azallarining tahlili haqida Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, “Xamsa”, so‘fiylik qarashlari, “Hayrat ul- abror”. Sharqshunoslikda XV-XVI asr adabiy muhiti haqida gap ketganda, albatta, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda mashhur sarkarda, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqida mulohaza yuritiladi. Chunki bu ikki shaxsning, nafaqat о‘zbek adabiyoti, balki umumbashariy madaniyat taraqqiyotiga, jahon adabiyoti xazinasiga behisob hissa qо‘shganliklarini butun dunyo ahli e’tirof etib keladi. Xususan, Alisher Navoiy ijodini о‘rganish birgina О‘zbekistonda emas, balki dunyoning kо‘plab sharqshunos olimlari tomonidan uzoq yillardan beri tadqiq etib kelinmoqda. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz. I.A.Karimov Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir. “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 83 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu ulug‘ inson haqida quyidagilargni aytadi: “Mutafakkir shoirimizning “Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yо‘q xalq g‘amidin g‘ami”, degan satrlarida qanchalik chuqur ma’no bor. Ya’ni, bu dunyoda insonlarning dard-u tashvishlarini о‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir. Xalqning g‘amidan uzoq bо‘lgan insonni odam qatoriga qо‘shib bо‘lmaydi, deb uqtirmoqda ulug‘ bobomiz”. 10 Bu fikrlar buyuk Navoiyning insonparvarlik borasidagi xislatlariga berilgan buyuk bahodir. Navoiyning “Xamsa”si mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar hisoblanadi. U - turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Va u o‘zining besh hazinasi orqali buning uddasidan chiqqan. Navoiy musulmon Sharqining, deyarli barcha janrlarida o‘z qalamini sinab ko‘radi va o‘z ovozi, o‘z uslubi borligini ko‘rsata oladi. Sharq adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusida 120 dan ziyod doston yaratilgan. Navoiy ham shaxsiy yondashuvi ila ushbu mavzuda doston yozadi. Dostonda Layli va Majnun o‘rtasidagi sevgi bayon qilinadi. O‘z ifodasida Navoiy odamiylik va so‘fiylik sevgisini sharhlashga harakat qilgan. O‘zining so‘fiylik qarashlarini Navoiy, shuningdek, “Farxod va Shirin”, “Hayrat ul-Abror” dostonlarida ham ifodalagan. Uning dostonlarida so‘fiylik mavzusi umumfalsafiy darajaga ko‘tarilgan. Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan№ tinchlik va totuvlik doimo hukmron surishiga doim harakat 10 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. — Toshkent: O‘zbekiston, 2017. — B. 112 “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 84 qilgan. Navoiy forsiy tilida yozilgan o‘z she’rlarini “Devoni Foniy” nomi ostida jamlagan. U fors shoirlari bilan ham bellashmoqchi bo‘lgan. To‘plam shaklida chiqarilgan g‘azallarini o‘zini hisoblasak, ular 3150 donani tashkil etadi. Navoiy yozgan she’rlarining miqdoriga ko‘ra peshqadam, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, Navoiy fors tilidagi qasidalarini jamlab, “Sittai zaruriya” (“Olti zaruriyat”) va “Fusuli arbaa” (“Yilning to‘rt fasli”) nomli ikki to‘plam yaratadi. Islom aqidalariga koʻra bir kecha-kunduzda oʻqiladigan besh vaqt namoz “al-Xamsatu” deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham – tavhid (imon), namoz, roʻza, zakot, haj – oʻziga xos “Xamsa” (beshlik)ni tashkil etadi. Demak, Nizomiy dostonlarini “Xamsa” turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav va Navoiy javoblari bejiz emas. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus toʻxtalib, “Xamsa”ning har bir dostoni yozilishini kunning maʼlum vaqtlarida oʻqiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda “Xamsa”ni buyuk togʻ choʻqqisiga koʻtarilish mobaynida besh oʻrinda toʻxtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan besh oromgohga oʻxshatadi. Navoiy oʻz “Xamsa”sini yaratishga 1483 yilda kirishgan boʻlsa, uning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)ni oʻsha yili yozib tugatdi. 1484 yilda “Farhod va Shirin”, “Layli
Доказательный фрагмент
«Alisher Navoiy ijodiy bo‘stonining kelib chiqishi, “Xamsa” dostonining yaratilish tarixi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAlisher Navoiy ijodiy bo‘stonining kelib chiqishi, “Xamsa” dostonining yaratilish tarixi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Hayrat ulabror”, so‘fiylik qarashlari, Alisher Navoiy, “Xamsa”
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026