Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INFLATSIYA VA UNING TURLARI
THEIR SOLUTIONS · INFLATSIYAVAUNING TURLARI
Журнал научных исследований и их решений · 11 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada inflatsiyaning iqtisodiy mohiyati, asosiy sabablari va turlari tahlil qilingan. Maqolada talab va taklif inflyatsiyasi, inflatsiyaning sur’ati, ko‘rinishlari hamda ularning iqtisodiyotga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, inflatsiyaga qarshi kurashish choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Inflatsiya — iqtisodiy siyosatning muhim obyekti sifatida ko‘rib chiqiladiva uningsalbiy oqibatlarinikamaytirish usullari tavsiflanadi. Kalit so‘zlar: Inflatsiya, talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi, giperinflyatsiya, pul-kredit siyosati, narxlardarajasi, iqtisodiysiyosat, byudjet taqchilligi. Annotation: This article analyzes the economic essence, main causes, and types of inflation. It discusses demand-pull and cost-push inflation, the pace and forms of inflation, and their impact on the economy. Special attention is given to anti-inflationary measures. Inflation is examined as a key object of economic policy, with an emphasis on methods to mitigate its negative effects. Key words: Inflation, demand-pull inflation, cost-push inflation, hyperinflation, monetary policy, price level, economic policy, budget deficit. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlarning barqarorligi, aholining sotib olish qobiliyati va ishlab chiqarish jarayonining izchilligi iqtisodiy siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur jarayonlarga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bu — inflatsiyadir. Inflatsiya — bu mamlakat iqtisodiyotidagi umumiy narxlar darajasining doimiy o‘sishidir. U iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sirko‘rsatishi, aholining real daromadlarini pasaytirishi vaijtimoiy tengsizliknikuchaytirishi mumkin. Inflatsiya — bu muomaladagi pul massasi bilan tovarlar va xizmatlar hajmi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida narxlar umumiy darajasining ko‘tarilishi. U iqtisodiy muvozanatning buzilishiga olib keladi. Inflatsiyaning past darajasi iqtisodiy o‘sishga yordam berishi mumkin, ammouning yuqori yoki nazoratsizshakli salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Inflatsiyaning asosiy sabablari quyidagilarbo‘lishimumkin: Pulmassasining haddan tashqari ko‘payishi; Ishlab chiqarish xarajatlariningortishi; Narxlarbozoridamonopolistik holat; Davlat byudjeti taqchilligi vauni qoplash uchun pul bosibchiqarish. Inflatsiyani turlimezonlarga ko‘ra tasniflash mumkin: A)Kelibchiqishsabablari bo‘yicha: 1. Talab inflatsiyasi (Demand-pull inflation): Bu holat bozor talabining taklifdan ortib ketishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, aholining daromadlari oshsa-yu, ishlab chiqarish hajmio‘zgarishsiz qolsa,talab inflatsiyasi yuzaga keladi. 2. Taklif inflatsiyasi (Cost-push inflation): Ishlab chiqarish xarajatlarining, xususan xomashyo va ishchi kuchi narxining oshishi narxlar ko‘tarilishiga olib keladi. Bu turdagi inflatsiyada ishlab chiqaruvchilar narxlarni majburan oshirishadi. B)Sur’atiga qarab: 1. Mo‘tadil inflatsiya (Creeping inflation): Narxlar yiliga 10% gacha o‘sadi. Bu turdagi inflatsiya nazorat ostidabo‘ladi vaiqtisodiyotga jiddiyzarar yetkazmaydi. 17 INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 11, ISSUE 01, 2025 2. Tez inflatsiya (Galloping inflation): Narxlar yiliga 10–100% oralig‘ida o‘sadi. Bu holataholining real daromadiga salbiy ta’sirqiladi. 3. Giperinflatsiya (Hyperinflation): Narxlar oylik asosda 50% dan ko‘proq o‘sadi. Pul qadrsizlanib,iqtisodiytartibsizliklarvujudga keladi. C)Oqibatlariga qarab: 1. Ochiq inflatsiya: Narxlar oshishi ochiq bozor sharoitida sodir bo‘ladi. Davlat narxlarni nazorat qilmaydi. 2. Yashirin inflatsiya: Davlat narxlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatgan bo‘lsa-da, mahsulotlarsifatipasayadi, defitsit paydo bo‘ladi. D)Boshqa shakllari: 1. Import qilingan inflatsiya: Tashqi bozorlarda narxlar o‘sib ketganida, bu ichki narxlarning ham oshishiga sabab bo‘ladi. 2. Pul inflatsiyasi:Pul massasining haddan tashqari ko‘payishi sababli yuzaga keladi. Inflatsiya har doim ham salbiy holat emas. Ma’lum darajadagi inflatsiya iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishimumkin.Biroq inflatsiyaning yuqori darajasi quyidagi oqibatlarga olibkeladi: Aholireal daromadlarining pasayishi; Moliyaviy tizimga ishonchning yo‘qolishi; Valyutakursining beqarorlashuvi; Sarmoyalar oqimikamayishi. Inflatsiyagaqarshi kurash usullari Inflatsiyani jilovlashuchun quyidagi iqtisodiy choralarqo‘llaniladi: Pul-kreditsiyosatini qat’iylashtirish (markaziy bankfoiz stavkalarini oshiradi); Byudjet taqchilligini kamaytirish; Bozorraqobatini kuchaytirish; Import siyosatini liberallashtirish; Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. Inflatsiya — bu zamonaviy iqtisodiy tizimlarning ajralmas qismi bo‘lib, u turli shakllarda va darajalarda namoyon bo‘ladi. Inflatsiyaning mohiyatini, sabablari va shakllarini chuqur o‘rganish — iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lida muhim qadamdir. Inflatsiyaga qarshi kurashda samarali monetar va fiskal siyosat muhim rol o‘ynaydi. Aynan shunday yondashuvlar orqali o‘z iqtisodiy muvozanatini saqlab qolishi va aholining farovonligini ta’minlashi mumkin.davlat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada inflatsiyaning iqtisodiy mohiyati, asosiy sabablari va turlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada inflatsiyaning iqtisodiy mohiyati, asosiy sabablari va turlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inflation, demand-pull inflation, cost-push inflation, hyperinflation, monetary, narxlar darajasi, taklif inflyatsiyasi, pul-kredit siyosati, Inflatsiya, giperinflyatsiya, byudjet taqchilligi., talab inflyatsiyasi, iqtisodiy siyosat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025