К содержанию
РецензированоUZ2026

SOLIQ QARZDORLIGINI UNDIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH

Payziyev Hamid Orziquvovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha mavjud mexanizmlar tahlil qilinib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Soliq qarzdorligi iqtisodiy muvozanatga salbiy ta’sir qiluvchi asosiy omil sifatida ko‘rilib, moliyaviy barqarorlikka erishishda undirish mexanizmlarining zamonaviylashuvi dolzarb yo‘nalish sifatida asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: soliq qarzdorligi, undirish mexanizmi, moliyaviy barqarorlik, majburiy undiruv, soliq siyosati, ma’muriy choralar, elektron tizimlar. Davlat moliya tizimining barqaror ishlashi bevosita soliqlarni to‘plash samaradorligiga bog‘liq. Soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai sifatida nafaqat ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish, balki umumiy iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlashda ham muhim o‘rin egallaydi. Shu boisdan soliq tushumlarining o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash, ayniqsa soliq qarzdorligini samarali boshqarish va undirish masalasi mamlakat moliyaviy siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Soliq qarzdorligi – bu soliq to‘lovchining belgilangan muddatda o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy muammo bo‘lib, u davlat byudjetining daromad qismini kamaytirish, budjet defitsitini oshirish, iqtisodiy muvozanatni buzish va investitsion muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish kabi oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bugungi globallashuv va tezkor iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida har bir mamlakat uchun soliq qarzdorligini oldini olish va mavjud qarzdorlikni tezkorlik bilan undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi nihoyatda dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda oxirgi yillarda soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish, raqamlashtirish va avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish yo‘nalishida muhim natijalarga erishildi. Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida elektron soliq hisobotlari, mobil ilovalar, shaxsiy kabinetlar va boshqa zamonaviy vositalar ishga tushirildi. Shunga qaramay, soliq qarzdorligini undirish mexanizmlarida hali ham bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, qarzdorlikni aniqlash va uni undirishda texnik va huquqiy to‘siqlar mavjud, axborot tizimlarining integratsiyasi to‘liq ta’minlanmagan, ijro amaliyotida kechikishlar kuzatilmoqda. Mazkur holat moliyaviy barqarorlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan xavflarni kuchaytiradi. Ayniqsa, iqtisodiy inqiroz yoki byudjet defitsiti davrida mavjud soliq qarzdorliklarini to‘liq va tezkor undira olmaslik davlat moliya resurslarining yetishmovchiligiga olib keladi. Shu sababli, soliq qarzdorligini undirish mexanizmini tubdan takomillashtirish, samarali va innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali byudjetga tushumlar barqarorligini ta’minlash zarurati ortib bormoqda. Ushbu maqola soliq qarzdorligini undirishdagi mavjud mexanizmlarni tahlil qilish, amaldagi tizimdagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan zamonaviy taklif va yechimlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Bunda nafaqat normativ-huquqiy asoslar, balki texnologik infratuzilma, soliq to‘lovchilar bilan muloqot madaniyati va boshqaruv yondashuvlari ham chuqur tahlil qilinadi. 23 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Maqolaning asosiy maqsadi — moliyaviy barqarorlikka erishish uchun soliq qarzdorligini samarali undirish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berishdan iboratdir. Asosiy qism Soliq qarzdorligini undirish – bu nafaqat texnik yoki huquqiy masala, balki davlat moliya tizimining ishonchliligi, soliq to‘lovchilar intizomi va umumiy iqtisodiy barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq muhim jarayondir. Ushbu jarayonni samarali amalga oshirishda uchta asosiy omil ajralib turadi: soliq ma’muriyati faoliyatining operativligi, soliq to‘lovchilar bilan samarali axborot almashinuvi, va sud-ijro tizimining barqaror ishlashi. Amaldagi tartibga ko‘ra, soliq qarzdorligini undirish bir necha bosqichda amalga oshiriladi: ixtiyoriy to‘lovlar uchun eslatmalar yuborish, ogohlantirishlar berish, so‘ngra majburiy undirish choralarini qo‘llash (hisobvaraqlarni muzlatish, mol-mulkni xatlash, sud qaroriga asosan undiruv). Ammo bu tizimda vaqt cho‘zilishi, hujjat aylanishining ko‘p bosqichli bo‘lishi va ayrim hollarda texnik nosozliklar tufayli byudjetga tushumlar kechikmoqda. Qarzdorlikni undirishdagi muhim muammolardan yana biri – soliq to‘lovchilarning o‘z qarzdorlik holati haqida o‘z vaqtida va to‘liq xabardor qilinmasligidir. Hozirgi kunda ko‘plab soliq to‘lovchilar qarzdorlik yuzaga kelganini faqatgina ogohlantiruv yoki ijro xatidan so‘ng bilib olishadi. Bu esa ziddiyatli holatlar, shikoyatlarning ortishi, sud jarayonlarining ko‘payishiga olib keladi. Elektron bildirishnomalar, mobil ilovalar va SMS/e-mail ogohlantirishlar orqali qarzdorlik haqida tezkor axborot berish tizimi keng joriy etilishi bu muammoni sezilarli darajada bartaraf etadi. Soliq qarzdorligini undirishd

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekistonda soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha mavjud mexanizmlar tahlil qilinib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekistonda soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha mavjud mexanizmlar tahlil qilinib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
soliq siyosati, undirish mexanizmi, elektron tizimlar., majburiy undiruv, moliyaviy barqarorlik, soliq qarzdorligi, ma’muriy choralar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники