Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
STARTAPLARDA LOYIHA BOSHQARUVI: TEZ O’SUVCHAN MUHITDA “AGILE” VA “LEAN” YONDASHUVLARNING SAMARADORLIGI
STARTAPLARDA LOYIHA BOSHQARUVI: · Sodiqov Elmurod Shomurod o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Startap muhiti yuqori noaniqlik, tez o‘zgaruvchan talablar va resurslarning cheklanganligi bilan ajralib turadi. Bunday sharoitda “Agile” va “Lean Startup” yondashuvlari loyihalarni samarali boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola mazkur metodologiyalarning startaplarda qo‘llanishi, ularning samaradorligi va qo‘shgan qiymatini tahlil qiladi. McKinsey ma’lumotlariga ko‘ra, Agile yondashuvi kapitall loyihalarda xarajatlarni kamida10% ga qisqartirib, mahsuldorlik va bajarilish muddatini o‘rtacha 10% ga oshirgan. Standish Group CHAOS Report ma’lumotlarida esa agile loyihalari an’anaviy loyihalarga nisbatan 39% ga yuqori muvaffaqiyat darajasiga ega. Tadqiqot yakunida startaplar uchun optimal boshqaruv modeli bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: Startap, loyiha boshqaruvi, Agile metodologiyasi, Lean Startup, tezkor rivojlanish, noaniqlik, samaradorlik, innovatsion boshqaruv, strategik moslashuv. Kirish: Zamonaviy startaplar doimiy o‘zgarish, yuqori noaniqlik va resurslarning cheklanganligi sharoitida faoliyat yuritadi. Bunday shart-sharoitlar an’anaviy loyiha boshqaruvi metodologiyalarining yetishmovchiligini ochib beradi va yangi yondashuvlarga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Shu nuqtai nazardan, “Agile” va “Lean Startup” yondashuvlari startap muhitida loyihalarni tez, moslashuvchan va samarali boshqarish uchun muhim vositalardan biri sifatida qaralmoqda. Ushbu maqola startap kontekstida mazkur yondashuvlarning qo‘llanilishi, ularning o‘zaro farqlari va integratsiyalangan holda qanday ustunliklar berishini nazariy hamda amaliy manbalar asosida tahlil qiladi. Adabiyotlar sharhi: So‘nggi yillarda startaplar tez o‘zgaruvchan muhitda samarali boshqaruv yondashuvlarini joriy etishga ehtiyoj sezmoqda. Shu nuqtai nazardan, “Agile” va “Lean Startup” metodologiyalari global va akademik doiralarda keng muhokama qilinmoqda. McKinsey & Company tomonidan 2020-yillarda o‘tkazilgan bir nechta tadqiqotlarda COVID-19 pandemiyasi davrida kompaniyalarning 70 foizi xarajatlarni kamaytirish va bozorga tez chiqish zarurati tufayli Agile transformatsiyasini boshlagani ta’kidlangan. Xususan, “Maximizing Agile Productivity to Meet Shareholder Commitments” maqolasida Agile yondashuvi orqali mahsuldorlik 10–20% ga, xarajat tejalishi esa o‘rtacha 10% ga oshgani qayd etiladi. Shuningdek, “Enterprise Agility: Buzz or Business Impact?” nomli tahlilda Agile tizimlar orqali kompaniyalar “time to market”ni 40–70% ga qisqartirishga erishgan. Bundan tashqari, “Agile Resilience: Lessons from COVID-19” maqolasida pandemiya davrida yirik moliyaviy institutlar va telekom kompaniyalari kundalik yig‘ilishlar (daily stand ups), tezkor qarorlar va resurslar qayta taqsimoti orqali samaradorlikni oshirgan holatlar keltiriladi. Ushbu maqolalar Agile yondashuvining operatsion moslashuvchanlikni ta’minlashdagi muhim ahamiyatini isbotlaydi. Akademik adabiyotlar ham ushbu yondashuvlarning samaradorligini mustahkamlaydi. 15 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Masalan, ArXiv.org’da chop etilgan tadqiqotda 84 ta startap tahlil qilinib, Agile metodlari (backlog yuritish, user stories, refactoring) kod sifati va resurslardan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirgani aniqlangan. Springer nashrida chop etilgan yana bir izlanishda 1526 startap ishtirokida Lean yondashuvni qo‘llaganlar Agile amaliyotlarini — test- first, frequent release, daily stand-up — ko‘proq joriy qilgani ko‘rsatilgan. Bu Lean va Agile o‘rtasidagi tabiiy sinergiyani isbotlaydi. Journal of Business Research’da esa Lean Startup metodologiyasining biznes-model innovatsiyasiga ta’siri chuqur o‘rganilib, feedback loop va minimal viable product (MVP) konsepsiyalari orqali startaplar tezroq sinov, moslashish va pivot jarayonlarini boshdan o‘tkazgani ko‘rsatilgan. Bu yondashuvlar integratsiyasi startaplar uchun yuqori moslashuvchanlik va resurslarni oqilona taqsimlash imkonini beradi. ASOSIY QISM Maqsad va tadqiqot savollar: Ushbu ilmiy tadqiqotning bosh maqsadi tez sur’atlarda rivojlanayotgan startap muhitida Agile va Lean Startup metodologiyalarining loyiha boshqaruvi samaradorligiga ta’sirini chuqur tahlil qilish va ularning qo‘llanilishi orqali kompaniya ichki jarayonlarining, jamoa faoliyatining va bozorga chiqish tezligining qanday o‘zgarishini aniqlashdir. Startaplar, tabiatan, yuqori noaniqlik va tezkor qaror qabul qilish muhitida faoliyat yuritadi. Shu sababli, ularning muvaffaqiyati ko‘pincha moslashuvchan boshqaruv tizimlaridan foydalanish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqot quyidagi savollar atrofida shakllanadi: 1. Agile va Lean metodologiyalari startaplarda loyiha boshqaruviga qanday real ta’sir ko‘rsatadi? 2. Bu yondashuvlar startaplarning strategik qaror qabul qilish tezligi va innovatsion mahsulotlar yaratish jarayoniga qanday ta’sir qiladi? 3. Qaysi startap bosqichlarida (idea, MVP, scaling) bu metodologiyalar eng samarali natija beradi? Gipotezalar: Tadqiqot quyidagi gipotezalarni sinovdan o‘tkazadi: • H1: Agile metodologiya
Доказательный фрагмент
«Startap muhiti yuqori noaniqlik, tez o‘zgaruvchan talablar va resurslarning cheklanganligi bilan ajralib turadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюStartap muhiti yuqori noaniqlik, tez o‘zgaruvchan talablar va resurslarning cheklanganligi bilan ajralib turadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Lean Startup, loyiha boshqaruvi, innovatsion boshqaruv, Agile metodologiyasi, strategik moslashuv., tezkor rivojlanish, samaradorlik, noaniqlik, Startap
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025