К содержанию
РецензированоUZ2025

PEDAGOGIKA TA’LIM YO‘NALISHIDA REFLEKSIV TA’LIM MUHITINING STRUKTURA VA KOMPONENTLARI

PEDAGOGIKA TA’LIMYO‘NALISHIDAREFLEKSIVTA’LIMMUHITINING · STRUKTURAVA KOMPONENTLARI · Sodiqova Shaxnoza Ulug‘bek qizi

Научный информационный бюллетень · 9 · 45-53 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy pedagogik ta’limda refleksiv yondashuvning ahamiyati, uning struktura va komponentlari chuqur tahlil qilinadi. Refleksiv ta’lim muhiti – o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida doimiy tahlil, baholash va fikr almashishga asoslangan pedagogik makon sifatida talqin etiladi. Muallif motivatsion-kommunikativ, mazmuniy- kompetensiyaviy, texnologik-didaktik, tashkiliy-psixologik hamda baholovchi-analitik kabi asosiy komponentlar asosida refleksiv ta’lim muhitining strukturaviy modelini taklif etadi. Maqolada, shuningdek, refleksiya shakllari, metodlari, reflektiv kompetensiyani shakllantirish vositalari, pedagogik faoliyatdagi tatbiqiy jihatlar va amaliy natijalar keltirilgan. Tahlillar natijasida refleksiv muhitning shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni hamda uning ta’lim sifatini oshirishdagi roli yoritilgan. Kalit so‘zlar: Refleksiya, Refleksiv ta’lim muhiti, Pedagogik yondashuv, Reflektiv kompetensiya, Ta’lim texnologiyalari, Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, Kasbiy rivojlanish, Tanqidiy fikrlash, O‘z-o‘zini baholash, Innovatsion pedagogika. Refleksiv ta’lim zamonaviy pedagogikada shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida alohida e’tibor kasb etmoqda. Bugungi globallashuv va raqobat kuchaygan ta’lim muhitida faqatgina bilim egallash emas, balki o‘z-o‘zini tahlil qilish, fikr yuritish, qaror qabul qilish va o‘z faoliyatini ongli ravishda baholash qobiliyatlari pedagogik kadrlar uchun zaruriy kompetensiyalardan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, refleksiv ta’limga ehtiyojning ortib borishi uning amaliy samaradorligi, shaxsiy va kasbiy rivojlanishga xizmat qilishibilan izohlanadi. Pedagogika fanida “refleksiya” tushunchasi insonning o‘z bilimlari, tajribalari va faoliyatini anglab yetishi va tahlil qilishi, ularga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishi sifatida talqin qilinadi.Bu esa ta’limoluvchining nafaqat tayyor axborotni qabul qilishi, balki uni qaytaishlashi, shaxsiy tajriba bilan bog‘lashi, yangicha fikrlarni shakllantirishga intilishini anglatadi. Refleksiya o‘qituvchining ham, talabgornng ham faoliyatini ongli boshqarishga xizmat qiluvchi psixologik-pedagogik mexanizm bo‘lib, mustaqil ta’lim olishga, o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashaolishga vakasbiy faollikni rivojlantirishga imkonyaratadi. Refleksiv ta’lim muhiti – bu o‘quv jarayonining shunday tashkil etilishidirki, unda ishtirokchilar (o‘qituvchi va o‘quvchi) doimiy ravishda o‘z bilimlari, munosabatlari, harakatlari va qarorlarini tahlil qilib boradilar. Bunday muhitda fikr almashish, tanqidiy yondashuv, o‘z-o‘zini baholash, shaxsiy tajribani umumlashtirish, faoliyat natijalarini ko‘rib chiqish kabi jarayonlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Refleksiv muhit o‘qitishning nafaqat intellektual, balki ijtimoiy-psixologik 3 va axloqiy jihatlarini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun u o‘quvchining ichki faolligini rag‘batlantiruvchi, shaxsiy pozitsiyasini rivojlantiruvchi, o‘z fikriga ega bo‘lgan ijodiy shaxsni shakllantiruvchi muhimomil sifatidae’tirofetiladi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 9,issue1,Avgust 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Mazkurmaqolaning asosiy maqsadi – pedagogika ta’lim yo‘nalishida refleksiv ta’lim muhitining struktura va komponentlarini aniqlash, ularning o‘zaro aloqadorligini tahlil qilish hamda amaliyotda samarali qo‘llash imkoniyatlarini yoritishdan iborat. Maqolada quyidagi vazifalar belgilab olingan: refleksiya tushunchasining nazariy asoslarini tahlil qilish; refleksiv ta’lim muhitining strukturasini shakllantirish; asosiy komponentlarni aniqlash va ularning funksiyalarini tavsiflash; pedagogik ta’limda refleksiv muhitdan foydalanish amaliyotini o‘rganish hamda takomillashtirishbo‘yicha ilmiyasoslangan tavsiyalarishlab chiqish. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, unda refleksiv ta’lim muhiti maxsus strukturaviy yondashuv asosida tizimli tahlil qilinadi, pedagogik ta’lim kontekstida komponentlararo bog‘liqliklar ochib beriladi va reflektiv kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan integrallashgan model taklif etiladi. Bu esa zamonaviy ta’limning innovatsion tendensiyalari bilan uyg‘un holda o‘qitish sifatini oshirish, o‘quvchining mustaqil va tanqidiy fikrlovchi shaxs sifatidashakllanishinita’minlashga xizmat qiladi. Refleksiya tushunchasi pedagogik tafakkurda chuqur falsafiy, psixologik va metodologik ildizlarga ega bo‘lib, u insonning o‘z faoliyati, qarorlari, his-tuyg‘ulari, bilim va tajribalariga ongli ravishda murojaat qilishi, ularni tahlil etishi va baholashi jarayonini anglatadi. Tarixan refleksiya tushunchasi ilk bor antik falsafa vakillari – Sokrat, Platon, Aristotel asarlarida o‘ziga xos shaklda aks etgan bo‘lsa-da, uning metodik asosda ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi yangi davr psixologiya va pedagogikasida, xususan, J. Dyui, K. Rodjers, J. Piaje, L.S. Vygotskiy kabi olimlar izlani

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy pedagogik ta’limda refleksiv yondashuvning ahamiyati, uning struktura va komponentlari chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy pedagogik ta’limda refleksiv yondashuvning ahamiyati, uning struktura va komponentlari chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ta’lim texnologiyalari, Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, Refleksiya, Kasbiy rivojlanish, Pedagogik yondashuv, Refleksiv ta’lim muhiti, O‘z-o‘zini baholash, Reflektiv kompetensiya, Tanqidiy fikrlash, Innovatsion pedagogika.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники