Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LEKSIK-STILISTIK VOSITALARNING TARJIMADAGI XUSUSIYATLARI
Jo’raqulova Yayra · LEKSIK-STILISTIKVOSITALARNING TARJIMADAGI XUSUSIYATLARI
ИКРО журнал · 17 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada leksik-stilistik vositalar haqida muhim ma’lumotlat keltirildi va qolaversa ularning tarjimadagi xususiyatlari ham aytib o’tildi. Shuningdek, ular yuzaga keltiradigan muammo va qiyinchiliklar tilga olinib, qanday tarjima qilish usullari bayon etildi. Qo’shimchasiga, leksik-stilistik vositalar tarjimada uslub, kayfiyat va ekspressivlikni to’laqonli yetkazish uchun juda muhimligi ham aytib o’tildi. Kalit so’zlar: Metafora, metanimiya, sinekdoxa, epitet, ironiya, sinonimiya, antonimiya, frazeologizmlar, litota. 1.KIRISH Tarjima nazariyasi o’z mohiyatiga ko’ra tillar o’rtasidagi ma’lum bir munosabatni o’rganadi va shu sababli qiyosiy tilshunoslikning bir bo’limi hisoblanadi. Tarjima nazariyasi nuqtayi nazaridan esa sinxronik (ya’ni, bir vaqtning o’zidagi) va diaxronik (ya’ni, vaqt o’tishi davomida yuzaga keladigan) solishtirish o’rtasidagi tafovut ahamiyatli emas. Tarjima ekvivalentlari istalgan ikki til yoki lahja o’rtasida - ular o’zaro qarindosh bo’lsin yoki bo’lmasan geografik, ijtimoiy, vaqtga oid yoki boshqa qandaydir aloqaga ega bo’sin - barpo etilishi va ular o’rtasida tarjimalar amalga oshirilishi mumkin. Tillar o’rtasidagi munosabatlar, odatda, ikki tomonlama deb qaraladi, garchi bu har doim mutanosib bo’lmasligi mumkin. Tarjima jarayoni esa har doim bir yo’nalishda amalga oshiriladi: u doimo asliyat tilidan (SL) tarjima tiliga (TL) qarab olib boriladi.Ushbu matn davomidabiz quyidagi qisqartmalardan foydalanamiz: SL –Asliyat til(Source language) TL –Tarjima tili(Target language) Tarjima – bu bir tildagi matn materialini (SL) boshqa til (TL) dagi ekvivalent matn materiali bilan alamashtirish jarayonidir. Ushbu ta’rifdagi ikki leksik birlik izoh talab etadi. Bular - “textual material” (ya’ni, matn materiali) va “equivalent” (ya’ni, ekvivalent) so’zlaridir. “Textual material” atamasidan foydalanish – oddiy holatda asliyat tildagi butun matnning emas, balki uning ma’lum darajadagi qismlarining tarjima qilinishini ta’kidlaydi. Ya’ni, har doim ham asliyat tildagi matn tarjima tilidagi matnga teng hamda to’g’ri shaklda o’tkazilmaydi, balki bu ayrim til darajalarida ekvivalent bo’lmagan material bilan oddiy alamashtirish bo’lishi ham mumkin. Masalan, ingliz tilidagi “What time is it?” degan gapni fransuz tiliga “Quelle heure est- il?” deb tarjima qilganimizda, ingliz tilidagi grammatika va leksika fransuz tilidagi ekvivalent grammatik va leksik vositalar bilan almashtirilgan bo’ladi. Shuningdek, asliyat tildagi grafik shakl (ya’ni, yozuv va orfografiya) ham tarjima tildagi grafik shakl bilan almashtiriladi. Biroq bu holatda tarjima tilidagi grafologik forma, asliyat tildagi grafologik formaning haqiqiy tarjima ekvivalenti deb bo’lmaydi. Ya’ni, grafik shakllar o’rtasidagi almashinish tarjimaning semantik ekvivalentligini anglatmaydi. [1.20-21] Boase-Beierning “Tarjima nazariyalari tadqiqi” asarida uning uslub(stil) haqidagi tahlillari innovatsion nazariyalarni ularning intellektual va tarixiy kontekstida tushunarli, keng qamrovli www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 17,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 va tanqidiy tahlil asosida o’rganishdan iboratligi aytib o’tilgan. Garchi muallif, avvalo, badiiy matnlar tarjimasi va kognitiv stilistikaga yondashuv orqali “uslub nima?” , “uning ta’siri qanday?” , “qanday ishlaydi?” va “tarjima jarayonida u qanday o’zgaradi?” degan savollarga javob topishga urinayotgan bo’lsa-da, u no-badiiy matnlardan ham misollar keltiradi va turli stilistik figuralar ularda qanday ishlashini ham ko’rib chiqadi. Eng muhimi, Boase-Biere o’z tadqiqi davomida badiiy matnlar va badiiy bo’lmagan matnlar o’rtasidagi farq hamda jarayonidagi tafovutlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratadi. Uning farqlash mezono – kognitiv yondashuvga asoslanadi va Relevance (Ahamiyatlilik) nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko’ra: Badiiy bo’lmagan matnlarda o’quvchi “mini-miks” prinsipi asosida harakat qiladi: ya’ni maksimal ma’noni ajratib olish uchun eng kam kuch sarflab, maksimal ma’noni ochishga intiladi. Matnda qancha murakkab stilistik figuralar bo’lsa va ularni anglash uchun o’quvchi qancha aqliy harakat sarf qilsa, u shunchalik estetik zavq va qoniqish hosil qiladi. Boshqacha aytganda, badiiy matnlarning vazifasi – o'quvchini aniq bo’lmagan, hatto qarama-qarshi ma’nolarni izlashga undashdir. Bu esa o’quvchida tekstdagi noaniqlikni aks ettiruvchi kognitiv holatni yuzaga keltiradi. Natijada o’quvchi bir vaqtning o’zida bir nechta ma’noni eslab qolishga qodir bo’ladi. [2.144-145] LEKSIK-STILISTIK VOSITALAR Leksik-stilistik vositalar – bu muallif nutqining obrazliligini, hissiyotini, emotsional ta’sirini kuchaytiradigan, leksik qatlamga oid stilistik birliklardir. Ular orqali matnning ekspressivligi, poetikasi, ironiya yoki baholanuvchanligi ifodalanadi. Leksik-sintaktik vositalar tarjimada uslub, kayfiyat va ekspressivlikni to’laqonli yetkazish uchun juda muhim. Tarjimon bu vositalarni tanlas
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada leksik-stilistik vositalar haqida muhim ma’lumotlat keltirildi va qolaversa ularning tarjimadagi xususiyatlari ham aytib o’tildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada leksik-stilistik vositalar haqida muhim ma’lumotlat keltirildi va qolaversa ularning tarjimadagi xususiyatlari ham aytib o’tildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- epitet, antonimiya, frazeologizmlar, litota., metanimiya, Metafora, sinekdoxa, sinonimiya, ironiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025