К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQARO HUQUQ VA G‘AZO FOJIASI: YOSHLARNING FUQAROLIK POZITSIYASI VA ADOLAT IZTIROBI

Olimjonov Oyatbek

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 2025

Аннотация

This article examines the humanitarian crisis in the Gaza Strip, the stances of international organizations, and the discrepancies in the coverage of the conflict by Western and Eastern media. It also analyzes Israel’s military actions from the standpoint of international law, including the Geneva Conventions and the Rome Statute. Statements from the UN, Amnesty International, UNICEF, and other credible sources are used to reflect the on-the-ground realities. Keywords: Gaza, Israel, Palestine, war crimes, international law, media analysis, Amnesty International, United Nations, information distortion, protests, Geneva Convention. Isroil–Falastin mojarosi zamonaviy geopolitikadagi eng uzoq davom etayotgan, murakkab va qonli nizolardan biridir. Ayniqsa, G‘azo sektorida kechayotgan voqealar insoniyat vijdonini larzaga soladigan darajadagi gumanitar inqirozga aylanib ulgurgan. Mojaroning ildizlari XX asr boshlarida boshlangan bo‘lsa-da, ayni damda bu ziddiyat kuchayib, xalqaro huquq, inson huquqlari, milliy ozodlik va hududiy yaxlitlik masalalari o‘rtasida keskin to‘qnashuvlarga sabab bo‘lmoqda. G‘azo sektori bugun dunyoning eng zich, lekin eng tahdidli yashash joylaridan biri bo‘lib qolmoqda. Millionlab tinch aholi doimiy blokada, bombardimonlar va elektr, suv kabi eng oddiy ehtiyojlardan mahrum holda yashashga majbur. Bir tomonda Isroilning xavfsizlikni ta’minlash nomi ostida amalga oshirilayotgan harbiy amaliyotlari, boshqa tomonda esa HAMAS harakatining qarshiligi, mintaqani global mojarolar maydoniga aylantirgan. Bu 48 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 maqolada Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroning tarixiy ildizlari, hozirgi bosqichdagi siyosiy va harbiy voqealar, xalqaro hamjamiyatning roli hamda G‘azo sektoridagi og‘ir ijtimoiy holat chuqur tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, axborot urushi va medialardagi tarafkashlik holatlarini ham ko‘rib chiqadi. Asosiy maqsad — ushbu mojaro ortidagi real sabablarni ilmiy tahlil etish va yechim yo‘llarini izlashdir. 2023–2024-yillarda Isroilning G‘azo sektoriga boshlangan harbiy harakatlari natijasida, 47 mingdan ortiq falastinlik tinch aholi, jumladan, 16 mingdan ziyod bola halok bo‘lgan (UNICEF, 2024; UN News, 2024). Xalqaro Amnesty tashkiloti bu holatni “jinoiy darajadagi kollektiv jazolash” deb baholadi. Ayni vaqtda, Isroil armiyasi tomonidan ishlatilgan fosfor bombalari va tibbiy inshootlarga qilingan hujumlar haqida ko‘plab mustaqil tashkilotlar tomonidan dalillar to‘plangan. Bunday hujumlar xalqaro huquq doirasida baholanadi. 1949-yilgi Jeneva Konvensiyasi, xususan, IV Konvensiya tinch aholini urushdan himoya qilishni kafolatlaydi. Shuningdek, Xalqaro Jinoyat Sudi (ICC)ning 1998-yilgi Rim statutida “urush jinoyatlari” degan atama quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tinch aholini nishonga olish, Gumanitar inshootlarga hujum qilish, Kollektiv jazolash va muhim resurslardan mahrum qilish. Yuqoridagi huquqiy mezonlar asosida olib qaralganda, G‘azoda amalga oshirilayotgan harbiy harakatlar xalqaro qonunbuzarlik va urush jinoyatlariga juda yaqin turadi. Gumanitar yordamlarga ruxsat bermaslik, shifoxonalarni bombardimon qilish va bolalar o‘limining yuqoriligi — bu faqat harbiy strategiya emas, balki xalqaro hamjamiyat uchun axloqiy va huquqiy muammodir. Xalqaro huquq bu kabi holatlarni aniqlashtirganiga qaramay, Isroilga nisbatan real jazo choralarining kuchsizligi xalqaro huquqning selektiv qo‘llanilishi muammosini ochib beradi. Men shaxsiy pozitsiyamda, G‘azodagi holatni xalqaro huquq nuqtai nazaridan "harbiy jinoyat" yoki hatto "genotsid" darajasiga yetgan mojaro deb hisoblayman. Bu voqealar nafaqat bir xalqning fojiasi, balki xalqaro 49 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 adolat tizimining sinovi hisoblanadi. Agar tinch aholining ommaviy qirilishi xalqaro qonunlar bilan baholanmasa — bu kelajakdagi mojarolar uchun xavfli precedents (o‘xshash holat) bo‘lib qoladi. Bunday sharoitda xalqaro tashkilotlar, ayniqsa BMT va XJS (ICC), qattiqroq va amaliy choralarni ko‘rishi zarur. Bu esa faqat davlatlar emas, balki fuqarolik jamiyati va yoshlarning bosimi orqali sodir bo‘ladi. 2023–2024 yillardagi G‘azo mojarosida Isroilning harbiy amaliyotlari dunyo hamjamiyatida keng bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi va bu hozir ham davom etmoqda. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish urushni “odobsiz va bir tomonlama qirg‘in” deb atadi (UN News, 2024). Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa Isroilni “bolalarni o‘ldirish orqali o‘zini himoya qilolmasligini” ochiq aytdi (BBC, 2024). JAR, Boliviya, Bangladesh, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlar bu harakatlarni “urush jinoyatlari” deb atagan. AQSh va ba’zi G‘arb davlatlari esa Isroilni ochiq qo‘llab-quvvatlagan, biroq AQShning o‘zida ham 2024-yil mart oyida minglab talabalar G‘azo bo‘yicha norozilik namoyishlari o‘tkazgan (

Доказательный фрагмент

«This article examines the humanitarian crisis in the Gaza Strip, the stances of international organizations, and the discrepancies in the coverage of the conflict by Western and Eastern media.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the humanitarian crisis in the Gaza Strip, the stances of international organizations, and the discrepancies in the coverage of the conflict by Western and Eastern media. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Gaza, Israel, Palestine, war crimes, international law, media, axborot buzilishi, Isroil, Amnesty International, namoyishlar, OAV tahlili, G‘azo, xalqaro huquq, BMT, Falastin, Jeneva konvensiyasi., urush jinoyatlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники