Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZM VOHASI AHOLISI ORASIDA BALIQCHILIK MADANIYATI VA INING AHOLI IJTIMOIY TURMISH TARZIDAGI O’RNI
Baxtiyorova Oltinoy · XORAZM VOHASIAHOLISIORASIDABALIQCHILIK MADANIYATI VA INING (Urganch davlat tibbiyot institute“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi o’qituvchisi) · AHOLIIJTIMOIYTURMISH TARZIDAGI O’RNI (Urganch davlat tibbiyot institute“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi o’qituvchisi)
ИКРО журнал · 17 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются виды рыб, существовавшие в бассейне Амударьи с древних времен, развитие рыболовной культуры среди коренного населения Хорезмского оазиса, роль рыболовства в их повседневной жизни и его потребление в социально-экономической жизнинаселения.. Ключевые слова: Рыба, мутная вода, Амударья, Pseudoscaphirhynchus kaufmanni, Хорезм, удочка,Рыбийжир,Карп,РыбаБакра,РыбаКорма,Сельдь,Скумбрия,Сардина. Annotation: This article discusses the types of fish that have existed in the Amu Darya basin since ancient times, the development of fishing culture among the indigenous population of the Khorezm oasis, the role of fishing in their daily lives and its consumption in the socio-economic lifeof thepopulation. Keywords: Fish, muddy water, Amu Darya, Pseudoscaphirhynchus kaufmanni, Khorezm, fishing rod, Fish oil,Carp, Bakrafish, Korma fish, herring fish, mackerel fish, sardine fish. Kirish. Amudaryo o'zining hosildor loyqa suvi bilan birga, xilma-xil baliqlarini ham xorazmliklarga hadya etgan. Shuning uchun Xorazmda qadimdan baliqchilik bilan kеng shug'ullanishgan. Xorazm hududini tadqiq qilgan arxеologlar ham Kaltaminor madaniyati qavmlari faqat baliqchilik bilan hayot kеchirganliklarini ta'kidlaydilar. Xorazm vohasida, xonlik davrlarida ham bozorlarda, ayniqsa Xiva bozorlarida turli taomlar pishiradigan oshpazlar, kallapazlar va baliqpazlar faoliyat ko'rsatganlar. Mazkur maqolada Amudaryo havzasida qadimdan mavjud bo’lgan baliq turlari hususida biroz ma’lumot berishga harakat qildik. Amudaryoda laqqa baliq, leshch, chexon, oʻtkir qanot, oq amur, kumush sazan, shuningdek, daryo qirilib ketish arafasida turgan endemik Amudaryo katta kurakburunlari uchraydi. Bundan tashqari, soxta kurakburunlar oilasiga mansub uchta tur ham mavjud: Sirdaryo kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni va Amudaryo katta kurakburuni. Amudaryo baliq turlari uning ekotizimining muhimqismiboʻlib,baliqchilik xoʻjaliklari va atrof-muhit uchunahamiyatlidir. Asosiy qism. Amudaryo katta kurakburuni yoki Qilquyruq (Pseudoscaphirhynchus kaufmanni) - bakralar oilasiga (Acipenseridae) mansub butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan, Amudaryoning endemik relikt turi. Oʻzbekiston va Turkmanistonda Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida uchraydi. Afgʻoniston va Tojikistonda ham uchrashi taxmin qilinadi. Asosan daryoning www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 17,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 nisbatan sayoz, osti qumli va loyqa suvlarida uchraydi. Ushbu tur Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoda mmavjud bo’lgan 3 ta xonlikni ham mustamlakaga aylantirishda muhim ro’l o’ynagan qizil imperiya generali hususan ruslar tomonidan mustamlakaga aylantirilgan hududlarda tashkil etilgan Turkiston general gubernatorligining birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich vonKaufman (1867-1881) sharafiga nomlangan. Bundan tashqari Orol sulaymon baliqlari Orol dengizi va Amudaryoda topilgan. Tanasi to‘lqinsimon, kumushrang, to‘qchiporgaaylanishi mumkin, tangachalari mayda, zichjoylashgan. Uzunligi 1 metrgacha, vazni 14 kilogrammni tashkil etadi. O‘tkinchi baliq; ko‘payish uchun Amudaryogacha suzib boradi. Urchishi kuz-qishoylarida, suv harorati 3-13 ° S da bo‘lishi kerak. Qimmatbaho tijorat baliqlari hisoblanadi. Bu esa voha aholisi hayotida iqtisodiy tomondan ham muhum ahamiyatga ega .Kichik tur doim kamdan-kam uchraydi, Qozog‘iston va O‘zbekiston Qizilkitobiga kiritilgan. Amudaryo gulbalig‘i Salmo oxianus ) — sulaymonbaliqlar oilasiga mansub nashtarqanotli baliq turi sanaladi.yuqori qismi (Surxondaryo, Sangardak va To‘palang daryolari havzalari); Tanxozdaryoga keltirilgan, Qoradaryo va Norinda iqlimlashtirilgan. O‘zbekistondan tashqarida: Qirg‘iziston (iqlimlashtirilgan), Tojikiston, Afg‘oniston. Orol, Kaspiy, Qora, Boltiq, Barens va Oq dengizlar havzalarida, Janubiy Yevropa,AQSHda(iqlimlashtirilgan) –boshqakenjaturlari uchraydi. Xorazm vohasida baliq taomlarining ham har xil turlari mavjud bo'lib, ular qovurma, suyuq sho'rva, dimlama, kabob va yaxna tamaddi kabi usullarda tayyorlanadi hamda qoq qilib ham istе'mol qilinadi.Baliqlar Xorazm vohasi aholisining sevimli istemol mahsuloti bo’lishi bilan bir qatorda aholi madaniyatiga urf-odatlarida ham muhum ahamiyatga ega. Baliqlar hususida turli hil miflarham keng tarqalganligi haqida quyida ma’lumot berib o’tishga harakat qildik. Xususan, Quyi Amudaryo etnografiyasi baliq kulti haqida har tomonlama material beradi va u eng avvalo halol luqma deb ta’riflanadi va odamlarga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi g‘ayritabiiy kuchga ega deb hisoblanadi. Xorazmliklar “baliq yeb bir halollandik” degan atamani ko‘p ishlatishadi. Bu aqidaga Farg‘ona vodiysida ham qattiq amal qilingan bo‘lib, ro‘zadan avval uni iste’mol qilishga alohida e’tibor beriladi. Chunki, baliqning nafaqat foydali xususiyati balki, uni insonni tozalovchi, halollovchi magik xususiyati ham bor deb qaraladi. Baliq go‘shti shunchalik halol hisoblanadiki, hatt
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются виды рыб, существовавшие в бассейне Амударьи с древних времен, развитие рыболовной культуры среди коренного населения Хорезмского оазиса, роль рыболовства в их повседневной жизни и его…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются виды рыб, существовавшие в бассейне Амударьи с древних времен, развитие рыболовной культуры среди коренного населения Хорезмского оазиса, роль рыболовства в их повседневной жизни и его… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fish, muddy water, Amu Darya, Pseudoscaphirhynchus kaufmanni, Khorezm, Sazan balig’i, Baliq yog'i, seld baliq, qorma baliq, makkel baliq, Baliq, Amudaryo, loyqa suv, Xorazm, Bakra baliq, qarmoq, sardinka baliq.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026