К содержанию
РецензированоUZ2026

UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARIDA GEOGRAFIYA FANINI OʻQITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA METODLARDAN FOYDALANISH

METODLARDAN FOYDALANISH · Xoʻshboqova Mehriniso Gulmurod qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

The article highlights the main issues of using innovative technologies and methods in teaching geography in general secondary schools. The article discusses the use of interactive methods in organizing the teaching process, planning the formation of students' knowledge and skills, and the development of their independent thinking abilities. The advantages of using modern, innovative approaches in teaching geography in general secondary schools, their impact on the quality and effectiveness of education are analyzed. Recommendations are also given for organizing the teaching process based on innovative technologies. Keywords: interactive methods, learning process, digital resources, electronic whiteboard, gamification, multimedia tools, video and animations, computer classes. Bugungi kunda fan va texnologiyalarning jaʼdal surʼatlarda rivojlanib borishi pedagoglar oldiga qator yangi vazifalarni qo'ymoqda. Oʻquv jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanish orqali dars jarayonini sifatini yaxshilash, o'quvchilarning yuqori darajada bilim va ko'nikmalarini shakllantirish, o'quv jarayonining asosiy vazifalardan biriga aylangan. Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida o‘quvchilarni mustaqil 75 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference fikrlashga, muammolarni tahlil qila olishga va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay olishga o‘rgatib borish muhim vazifa sifatida belgilangan. Ayniqsa, tabiiy fanlar - jumladan, geografiya fanini o‘qitishda bu talab yanada dolzarbdir. Geografiya fani nafaqat tabiiy jarayonlarni, balki insoniyatning ularga taʼsirini, global muammolarni va ularning yechimlarini tushuntirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, bu fan bo‘yicha darslarni interfaol va innovatsion usullar bilan boyitish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda globallashuv, ekologik muammolar, demografik o‘zgarishlar va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari butun dunyo miqyosida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Aynan geografiya fani ushbu muammolarni tahlil qilish, ularning sabablari va oqibatlarini anglash, shuningdek, ekologik va ijtimoiy ongni shakllantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, geografiyani zamonaviy, interaktiv va texnologik yondashuvlar orqali o‘qitish zarurati ortib bormoqda. Bundan tashqari, yosh avlodning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, darslarda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish o‘quvchilarning faolligini oshiradi, mustaqil fikrlash va izlanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa nafaqat o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, balki ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, geografiya fanini faqat nazariy emas, balki amaliy jihatdan o‘rgatish ham o‘quvchilarga real hayotdagi vaziyatlarni modellashtirish, tahlil qilish va ularga to‘g‘ri yechim topa olish imkonini beradi. Bunda sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, dron orqali olingan xaritalar, onlayn atlantar va interaktiv o‘yinlar kabi zamonaviy texnologik vositalar keng qo‘llanilishi mumkin. Ishning asosiy maqsadi va vazifalari. - Geografiya fanini oʻqitishda innovatsion texnologiyalar va interfaol metod vositalaridan samarali foydalanish tizimni joriy etish; - nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish (dala tatqiqotlari, ekskursiyalar tashkil etish); oʻquvchilarni fanga boʻlgan qiziqishlarini inobatga olib, dars ishlanmalari ishlab chiqish; - mavzularni chuqurroq tushuntirish va tahlil etish, oʻquv jarayoni mazmuni va mohiyatini yoritib berish; - oʻqituvchi va oʻquvchilar orasida oʻzaro hamkorlik muhitini tashkil etish; oʻquv jarayoni sifatini oshirishda zamonaviy metodlarni qoʻllash ishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Asosiy qism. Taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish - zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon ayniqsa geografiya fani 76 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference kabi vizual va amaliy bilimlarga boy bo‘lgan fanlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Geografiya fanini oʻqitishda ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanish o‘quvchilarda fan bo‘yicha chuqur tushunchalarni shakllantirish, ularning mintaqaviy va global miqyosdagi jarayonlarni idrok etish qobiliyatini oshirish imkonini beradi. Ilg‘or texnologiyalar, xususan, interaktiv xaritalar, GIS (geografik axborot tizimlari), virtual laboratoriyalar, 3D-modellashtirish va multimedia resurslari orqali geografik bilimlarni vizual tarzda taqdim etish darslarning mazmunini boyitadi va o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Shuningdek, masofaviy ta'lim, elektron platformalar va mobil ilovalar orqali geografik bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni yanada moslashuvchan va samarali tus oladi. Shu sababli, geografiya fanini oʻqitishda ilgʻor texnologiyala

Доказательный фрагмент

«The article highlights the main issues of using innovative technologies and methods in teaching geography in general secondary schools.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article highlights the main issues of using innovative technologies and methods in teaching geography in general secondary schools. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interactive methods, learning process, digital resources, raqamli resurslar, o‘quv jarayoni, gamifikatsiya, multimedia vositalari, video va animatsiyalar, elektron doska, interfaol metodlar, kompyuter sinflari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники