К содержанию
РецензированоRU2026

XALQARO MOLIYAVIY OPERATSIYALARDA VALYUTA RISKLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINING TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARIс

BOSHQARISH MEXANIZMLARINING TAKOMILLASHTIRISH · Nosirova Jamilaxon Akbarovna · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada xalqaro moliyaviy operatsiyalar jarayonida yuzaga keladigan valyuta risklarining iqtisodiy mazmuni, ularning moliyaviy barqarorlikka va investitsiya muhitiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan valyuta risklarini boshqarish vositalari – forward, futures, optsionlar, swaps hamda natural hedjlash usullarining afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston sharoitida valyuta risklarini samarali boshqarish imkoniyatlari va mavjud tizimdagi institutsional va amaliy muammolar ochib berilgan. Muallif tomonidan derivativ bozorini rivojlantirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va regulyator siyosatini takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola xalqaro moliya sohasida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, bank mutaxassislari va eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar uchun foydalidir. Kalit soʻzlar: valyuta riski, xalqaro moliyaviy operatsiyalar, forward shartnoma, derivativ vositalar, hedjlash strategiyasi, kurs o‘zgarishi, moliyaviy barqarorlik, transchegaraviy to‘lovlar, O‘zbekiston moliya bozori, valyuta siyosati. Bugungi globallashuv va iqtisodiy integratsiya sharoitida xalqaro moliyaviy operatsiyalarning hajmi va ahamiyati ortib bormoqda. Bunda xorijiy valyutada olib boriladigan to‘lovlar, investitsiyalar, kreditlash va eksport-import bitimlari moliyaviy bozorlarning barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, xalqaro moliyaviy operatsiyalar doirasida yuzaga keladigan valyuta risklari korxonalar, banklar va umuman milliy iqtisodiyot uchun muhim xavf omilidir. Valyuta kurslarining o‘zgaruvchanligi eksportyor va importyorlar, transmilliy kompaniyalar, investorlar, banklar va davlat byudjetining daromad qismlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston kabi iqtisodiyotlar uchun bu risklar makroiqtisodiy barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. Xalqaro moliyaviy munosabatlarning chuqurlashuvi, transchegaraviy savdo va investitsiyalarning kengayishi valyuta risklarini boshqarish masalasini dolzarb mavzulardan biriga aylantirmoqda. Valyuta risklari – bu xorijiy 66 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference valyutadagi kurs o‘zgarishlari tufayli korxonaning yoki davlatning moliyaviy natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan moliyaviy tavakkalchilik turidir. Ular xalqaro operatsiyalar ishtirokchilari, ya’ni eksportyorlar, importyorlar, xalqaro investorlar, banklar va boshqa moliya institutlari uchun muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ochiq iqtisodiyotga o‘tayotgan va valyuta liberalizatsiyasini boshlagan mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun bu xavf ko‘lami sezilarli bo‘lib bormoqda. Xalqaro moliyaviy operatsiyalarda valyuta risklari eng muhim xavf turlaridan biri hisoblanadi va ular asosan uchta asosiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, translatsion risk – bu xorijiy filiallar yoki xorijiy valyutadagi aktivlarning moliyaviy hisobotlarda mahalliy valyutaga aylantirilishi natijasida yuzaga keladigan salbiy farqlar ehtimolidir. Bunday risklar korxonaning moliyaviy natijalarini hisob-kitob qilishda valyuta kursining o‘zgarishi sababli daromad yoki zarar shaklida aks etishi mumkin. Ikkinchidan, operatsion valyuta riski – bu real pul oqimlarida, ya’ni eksport, import, kredit to‘lovlari kabi amaliy operatsiyalar davomida kutilmagan valyuta kursi o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan moliyaviy farqlardir. Bu turdagi risk korxonaning operatsion daromadi va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi. Uchinchidan, iqtisodiy risk – bu uzoq muddatli valyuta o‘zgarishlari natijasida korxonaning umumiy raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi xavf bo‘lib, u bozordagi ulush, eksport salohiyati va rentabellik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur risklar o‘z vaqtida aniqlanmasa va boshqarilmasa, nafaqat alohida subyektlar darajasida, balki milliy darajada ham makroiqtisodiy barqarorlikka jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli, ularni boshqarish zamonaviy moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismiga aylanmoqda. 67 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Forward shartnomalar Futures Optsionlar Valyuta svoplari (Swaps) Tabiiy hedjlash 1-rasm. Valyuta risklarini boshqarish vositalari Manba: Muallif ishlanmasi. Xalqaro moliyaviy amaliyotda valyuta risklarini boshqarish muhim strategik vazifa hisoblanadi. Bunda bir qator moliyaviy instrumentlar mavjud bo‘lib, ular riskni kamaytirishga xizmat qiladi. Eng avvalo, forward shartnomalar orqali tomonlar kelajakdagi ma’lum vaqtda xorijiy valyutani oldindan kelishilgan kurs bo‘yicha sotib olish yoki sotishga majbur bo‘ladi. Bu vosita, ayniqsa, kursning keskin o‘zgarish xavfi mavjud bo‘lgan mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, fyuchers shartnomalar moliyaviy bozorlar orqali amalga oshiriladigan standartlashgan bitimlar bo‘lib, spekulyativ xavflarni kamayt

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada xalqaro moliyaviy operatsiyalar jarayonida yuzaga keladigan valyuta risklarining iqtisodiy mazmuni, ularning moliyaviy barqarorlikka va investitsiya muhitiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada xalqaro moliyaviy operatsiyalar jarayonida yuzaga keladigan valyuta risklarining iqtisodiy mazmuni, ularning moliyaviy barqarorlikka va investitsiya muhitiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
derivativ vositalar, xalqaro moliyaviy operatsiyalar, transchegaraviy to‘lovlar, moliyaviy barqarorlik, O‘zbekiston moliya bozori, forward shartnoma, kurs o‘zgarishi, hedjlash strategiyasi, valyuta siyosati., valyuta riski
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники