Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARIDA MIKROKREDITLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
TAKOMILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR · Yodgorov Umidjon Komil o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Mikrokreditlash tizimi rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada tijorat banklarining mikromoliyalashtirishdagi ishtiroki, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Jumladan, raqamli texnologiyalar, kredit skoring tizimlari, fintech kompaniyalar bilan integratsiya, mobil banking xizmatlarining kengayishi kabi zamonaviy yondashuvlar orqali mikrokreditlash tizimini takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Anorbank AJ va boshqa tijorat banklari misolida o‘zbek bank tizimidagi ilg‘or amaliyotlar va xalqaro tajriba solishtiriladi. Tahlil natijalariga asoslanib, mikrokreditlash samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot bank-moliya sohasi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar va siyosat yurituvchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Kalit soʻzlar: mikrokreditlash, tijorat banklari, moliyaviy inklyuzivlik, kredit skoring, raqamli texnologiyalar, fintech, mobil banking, kredit riski, kichik biznes, kredit siyosati. O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda mikrokreditlash tizimi muhim iqtisodiy vosita sifatida shakllanib bormoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Anorbank AJ tomonidan mikrokredit mahsulotlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va moliyaviy xizmatlarni aholining keng qatlamlariga yetkazish bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Bank tomonidan joriy etilgan mobil ilovalar, onlayn kredit arizalari, garovsizlik asosidagi kredit mahsulotlari va fintech xizmatlar bilan integratsiya – zamonaviy yondashuvlarning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq tizimda hali ham kredit risklarini baholashdagi noaniqliklar, past moliyaviy savodxonlik, hujjatlashtirishdagi byurokratik to‘siqlar mavjud bo‘lib, ularni zamonaviy texnologik yechimlar orqali hal qilish dolzarb vazifadir. Ushbu maqolada Anorbank AJ misolida mikrokreditlash tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, zamonaviy yondashuvlarning amaliyotdagi o‘rni tahlil qilinadi. 21 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Mikrokreditlash tizimi – aholini ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga keng jalb etish, xususan, kichik biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashning asosiy vositasidir. O‘zbekistonda iqtisodiyotning bozor tamoyillari asosida rivojlanib borishi mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirdi. Mikrokreditlar orqali aholining turli qatlamlari, xususan, xotin-qizlar, yoshlar, ishsizlar o‘z biznesini boshlash yoki mavjud faoliyatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shu jihatdan, tijorat banklari zimmasiga mikrokreditlarni adolatli, tezkor va xavfsiz taqdim etishdek dolzarb vazifa yuklanmoqda. Mikrokreditlash tizimining rivojlanishida zamonaviy yondashuvlar, xususan, raqamli texnologiyalar, fintech integratsiyasi, sun’iy intellekt asosida kredit skoring, mobil ilovalar orqali xizmat ko‘rsatish, garovsizlik asosidagi kreditlash, blokcheyn texnologiyalari alohida o‘rin egallamoqda. Ushbu texnologiyalar yordamida mikrokredit mahsulotlari arzonlashmoqda, hujjatlashtirish soddalasmoqda va xizmat ko‘rsatish tezligi ortmoqda. Ayniqsa, bank–mijoz o‘rtasidagi muloqot raqamli platformalar orqali amalga oshirilayotgani mikrokreditlarni oluvchilar sonini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda. Anorbank AJ tomonidan joriy qilingan “My Anor” mobil ilovasi orqali tadbirkorlar o‘z smartfonlarida kredit olish uchun ariza topshirishi, shartnoma tuzishi va to‘lovlarni monitoring qilishi mumkin. Bu esa an’anaviy bank filiallariga borishni talab qilmasdan, mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini yaratmoqda. Bunday xizmatlar ayniqsa chekka hududlar, qishloq joylarda yashovchi aholi uchun juda dolzarbdir. Shunga qaramay, mikrokreditlash tizimida bir qator muammolar mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Jumladan: 22 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Kredit arizalarining byurokratik murakkabligi To‘lov qobiliyatini aniqlashdagi noaniqlik Kredit risklarining yuqoriligi Kreditlarning maqsadsiz ishlatilishi Past moliyaviy savodxonlik darajasi 1-rasm. Tijorat banklarida mikrokreditlash tizimidagi asosiy muammolar Manba: Muallif ishlanmasi. Tijorat banklarida mikrokreditlash tizimidagi mavjud muammolarni hal etishda zamonaviy texnologik yondashuvlar muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, kredit skoring tizimlarining joriy etilishi mikrokredit oluvchilarning to‘lov qobiliyatini aniqlashda inson omilidan xoli, aniq va tezkor baholash imkonini bermoqda. Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan algoritmlar mijozlarning oldingi kredit tarixi, mobil to‘lov faolligi, ijtimoiy tarmoqdagi iqtisodiy xatti-harakatlari asosida kredit reytingini shakllantiradi. Bu esa banklar uchun kredit riskini kamaytirish bilan birga, po
Доказательный фрагмент
«Mikrokreditlash tizimi rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMikrokreditlash tizimi rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli texnologiyalar, kichik biznes, fintech, mikrokreditlash, kredit siyosati., kredit riski, kredit skoring, moliyaviy inklyuzivlik, tijorat banklari, mobil banking
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025