К содержанию
РецензированоUZ2024

STRATEGIES FOR INCREASING THE COMPETITIVENESS OF SMALL AND MEDIUM BUSINESSES IN THE DIGITAL ECONOMY

Sanakulova Iroda Abrorovna

Журнал прикладных и социальных наук · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va uning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Strategiya doirasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu orqali davlat boshqaruvining shaffofligi ortmoqda, tadbirkorlik muhitiga qulaylik yaratilmoqda, xizmatlar sifati oshmoqda va yangi ish o‘rinlari yuzaga kelmoqda. Maqolada, shuningdek, raqamli transformatsiyaning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga – masalan, soliq tushumlarining oshishi, vaqt va xarajatlarning qisqarishi, ish unumdorligining ortishi kabi jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Xulosa sifatida, strategiyaning amaliy natijalari va uzoq muddatli istiqbollari iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Raqamli O‘zbekiston – 2030, raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy samaradorlik, elektron xizmatlar, transformatsiya, davlat boshqaruvi, texnologiyalar, infratuzilma, innovatsiyalar, samarali boshqaruv. Globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot dunyo davlatlari oldida ustuvor vazifa sifatida maydonga chiqmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi, sun’iy intellektdan foydalanish, “aqlli” texnologiyalar, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash, elektron hukumat va 13 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7 raqamli to‘lov tizimlari hozirgi zamonaviy jamiyatda asosiy vositalar sifatida xizmat qilmoqda. “O‘zbekiston-2030” strategiyasining ikkinchi ustuvor yo‘nalishi mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan. U 17 ta maqsadni o‘z ichiga oladi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlab, yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi, bank tizimidagi islohotlar va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kabi jabhalarda muhim o‘zgarishlarni talab qiladi. Shuningdek, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari ham belgilangan. Ushbu islohotlar, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan. O‘z navbatida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda amalga oshirilishi doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Strategiyaning 2023 yilda amalga oshirilishi doirasida tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar va siyosiy qarorlar mamlakat iqtisodiyotining turli sohalarida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, rag‘batlantirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Bularning barchasi mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi va “O‘zbekiston-2030” strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, 2023 yilda tadbirkorlik sub’ektlariga miqdori 10 million so‘mdan ortiq bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalarni faqat sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, bu sohadagi tadbirkorlar uchun muhim adolatli qadamdir. 14 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7 Mazkur o‘zgarish, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun muhim, chunki ular eng ko‘p duch keladigan muammolardan biri byurokratik to‘siqlar va noaniq qonunchilik sharoitlaridir. Sud tartibi orqali sanksiyalarni qo‘llash, tadbirkorlarga adolatli va shaffof muhitda o‘z muammolarini hal qilish imkonini beradi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi ham zamon talablari asosida iqtisodiyotning raqamlashtirilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini raqamli texnologiyalar asosida isloh qilish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, davlat xizmatlarini elektronlashtirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay muhit yaratishni nazarda tutadi. Mazkur maqolada ushbu strategiyaning mazmun-mohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning iqtisodiyotga ta’siri, erishilgan yutuqlar hamda istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Strategiya 2020-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilib, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonni raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Ushbu hujjatda quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilanadi: Raqamli infratuzilmani rivojlantirish (internet tarmog‘ining qamrovini kengaytirish, mobil aloqani yaxshilash); Elektron hukumat tizimlarini chuqurlashtirish; Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash; Raqamli savodxonlikni oshirish, IT kadrlar tayyorlash; Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamlashtirish;

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va uning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va uning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
strategic management., competitiveness, digital transformation, innovation, medium-sized businesses, technological development, digital marketing, e-commerce, small business, Digital economy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники