К содержанию
РецензированоRU1981

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI MODAL SOʻZLARNING IZOHLI LUGʻATLARDA BERILISHI: MUAMMO VA TAHLIL

Mustafayeva Maftuna Bohodir qizi

Развитие педагогических технологий в современных науках · 1981

Аннотация

В данной статье рассматривается представление модальных слов в толковых словарях английского и узбекского языков, а также проблемы их описания и методические различия в лексикографическом подходе. На основе трёх изданий «Толкового словаря узбекского языка» (1981, 2008, 2022 гг.) проведён статистический и сравнительный анализ: изучены пометы, наличие примеров и степень 135 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference семантической точности. Также рассмотрено, как модальные слова представлены в английских словарях, таких как Macmillan и Oxford, с точки зрения их структуры, полноты и удобства для пользователя. По результатам исследования обоснована необходимость усовершенствования узбекской лексикографии с учётом современных международных стандартов. Ключевые слова: модальные слова, толковый словарь, лексикография, Макмиллан, узбекский язык Ingliz tilidagi izohli lug‘atlar tuzilishi va ishlash algoritmi o‘tgan asrlardan to hozirgi kungacha bosqichma-bosqich yangilanib, zamon talablari va texnologik taraqqiyotga mos ravishda rivojlanib bordi. Dastlab oddiy bosma shakldagi lug‘atlar faqatgina matnga asoslangan izohlarni taqdim etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning elektron versiyalari ovozli, rasmli va interaktiv formatlarda foydalanuvchilarga yetkazilmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt asosidagi platformalar tomonidan yaratilgan izohli lug‘atlar turli internet bazalaridan real vaqt rejimida to‘plangan katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, so‘zlarning izohlarini yanada aniqroq, kontekstga yo‘naltirilgan va ko‘p funksiyali shaklda taqdim eta boshladi. Bu esa nafaqat til o‘rganuvchilar, balki tarjimonlar va tadqiqotchilar uchun ham katta metodik yordam bo‘lib xizmat qilmoqda. Mashhur rus leksikografi V.Dubichinskiy: “Lugʻat – milliy madaniyat mahsuli va fenomenidir”, – deb aytgan edi [1]. So‘nggi yillarda leksikografik faoliyatda zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi kengaymoqda. Lug‘atlar tilning asosiy manbasi sifatida nafaqat lingvistik balki madaniy ma’lumotlar hamda pragmatik ko‘rsatkichlarni ham qamrab oladi. Modal so‘zlar ifoda etayotgan emotsional va mantiqiy baholar ularning izohli lug‘atlardagi yoritilishini dolzarb qiladi. Ingliz tilida modal birliklarning izohi ko‘pincha grammatik, fonetik, stilistik va semantik aspektlar bilan to‘ldiriladi. O‘zbek tilida esa ularning tavsifi ayrim hollarda umumiy, kontekstsiz yoki to‘liq bo‘lmagan tarzda beriladi. Leksikografik tafovutlar foydalanuvchi uchun noaniqliklar tug‘diradi va tarjima, talqin, o‘qitish jarayonlariga ta’sir qiladi. Shuning uchun ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi modal so‘zlarning izohli lug‘atlarda qanday yoritilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot ushbu lug‘atlar tuzilmasi, metodikasi va semantik aniqligini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Modal birliklarning ifodalanishi har bir til leksikasining pragmatik va ijtimoiy funksiyalarini ham aks ettiradi. Mazkur maqola natijalari lug‘at tuzuvchilar uchun metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 136 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Metodologiya. Ushbu tadqiqotda ingliz va o‘zbek tillarida modal so‘zlarning izohli lug‘atlarda berilishi holati qiyosiy-lisoniy yondashuv asosida o‘rganildi. Tahlil davomida sinxron va diakron metodlardan foydalanildi, ya’ni har ikki til lug‘atlarining turli davrlardagi nashrlari solishtirildi. O‘zbek tilining izohli lug‘atlarining 1981, 2008 va 2022-yilgi nashrlari asosiy tadqiqot materiali sifatida tanlab olindi. Ushbu nashrlar tarkibida modal birliklarning mavjudligi, ularning pometalangan holati, izohlarining aniqligi va misollarning kontekstual qiymati tahlil qilindi. Ingliz tilidagi “Macmillan English Dictionary for Advanced Learners” hamda “Oxford Learner’s Dictionary” lug‘atlari esa xorijiy tajribani baholash mezoni sifatida tanlandi. Modal birliklarning berilishi, ularning semantik tavsifi, grammatik ko‘rsatkichlari, fonetik shakllari va stilistik belgilari sinchiklab o‘rganildi. Statistik yondashuv asosida lug‘atlardagi modal birliklarning son jihatidan ko‘rsatkichi chiqarildi va o‘zgarish dinamikasi aniqlashtirildi. Shuningdek, modallik ifodalovchi birliklarning sinonimik, funksional va stilistik tahlili ham amalga oshirildi. Tadqiqotda tizimli yondashuv tamoyillari asosida lug‘atchilikning nazariy va amaliy jihatlari uyg‘unlashtirildi. Natijalar umumlashtirilgan holda, o‘zbek va ingliz tillaridagi lug‘atlar orasidagi strukturaviy va metodik tafovutlarni aniqlashga xizmat qildi. Natijalar. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida modal so‘zlarning berilishi tizimli bo‘lishiga qaramay, ularning semantik aniqligi va pometalanishida barqarorlik yetishmaydi. Xususan, 1981-yilgi ikki jildlik nashrda 18 ta modal birlik aniqlangan bo‘lsa [2], 2008-yilgi besh jildlik nashrda bu ko‘rsatkich 29 taga [3], 2022-yilgi oltita jildli nashrda esa 31 taga yetgani qayd etildi [4]. Bu esa vaqt o‘tishi bilan izohli lug‘atlard

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается представление модальных слов в толковых словарях английского и узбекского языков, а также проблемы их описания и методические различия в лексикографическом подходе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается представление модальных слов в толковых словарях английского и узбекского языков, а также проблемы их описания и методические различия в лексикографическом подходе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modal words, explanatory dictionary, lexicography, Macmillan, izohli lugʻat, leksikografiya, O‘zbek tili, modal so‘zlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники