Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY MUSIQIY MEROSNING QADRIYATLI MUNOSABATINI SAQLAB QOLISH VA MUSIQA TA’LIMINING KELAJAKDAGI VAZIFALARI
TA’LIMINING KELAJAKDAGI VAZIFALARI · Xojimamatov Azimjon Fayzullo o‘g‘li
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
В данной статье одним из наиболее актуальных вопросов, стоящих перед государством, является воспитание молодого поколения в любом обществе, подготовка человека к социально-экономическим производственным отношениям в обществе, а также непрерывные процессы, регулярно влияющие на его духовное, умственное, физическое и музыкальное развитие показано. Ключевые слова: национальное музыкальное наследие, интеграция, мышление, вкус, изысканность, дидактическое образование, эстетика, идеал, термин, статус, классика, наследие, искусство Musiqiy didaktik tarbiya asosida musiqaning tarbiyaviy ahamiyatiga urg‘u berish, uzluksiz ta’limda musiqa didaktikasi imkoniyatlaridan ratsional foydalanish talab etiladi. Bolada juda yoshligidan boshlab musiqa hissiyotini tarbiyalash lozim, bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi. Darhaqiqat, musiqa nafaqat insonning ruhiyatiga samarali ta’sir etuvchi vosita, balki o‘z mohiyati va jamiyatdagi maqsad va vazifalariga ko‘ra, tarbiya vositasi hamdir. Musiqa shaxs ma’naviy barkamolligining tarkibiy va o‘z o‘rnida ajralmas qismlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Musiqa san’atining yosh avlodga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi faqat uni tinglash yoki chuqur idrok etishni emas, 140 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference balki o‘quvchilarning shu san’at bo‘yicha musiqa madaniyati darslari jarayonida o‘rganilayotgan kuy-qo‘shiqlarni ularning tafakkurida shakllantirish va rivojlantirishni taqozo qiladi. Musiqa ta’limining asosiy maqsadi va vazifasi o‘sib kelayotgan barkamol avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qiladigan, millat va g‘ururni umumbashariyat oldida o‘zining nafisligi, milliy kuy ohanglari ila ajralib turadigan jihatlari bilan ko‘rsata oladigan, o‘ziga xosligini har qanday tashqi ta’sirlardan saqlay oladgan bo‘lishi lozim. Musiqiy merosimizni qadrlaydigan iqtidorli yoshlarni tarbiyalab, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, bu borada ularning zaruriy bilim va amaliy malakalarini tarkib toptirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish barchamizning asosiy vazifamizdir. Musiqa ta’limi va didaktik tarbiya integratsiyasi ta’lim oluvchilarning estetik-axloqiy dunyoqarashini rivojlantiradi. Xalqimiz asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to‘pladi, uni takomillashtirdi va ijtimoiy hayotida turli vositalar orqali kelajak avlodga meros qoldirdi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega, o‘quvchi-yoshlarni va talabalarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-g‘oyaviy tarbiyalashning muhim vositasi sifatida xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Al-Forobiy «Bu fan tanning sog‘ligi uchun foydalidir» degan edi, bobomiz Shayx Saodiy esa «Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir», deb ta’kidlaydi1. Musiqa ta’limi o‘quvchi-yoshlar va talabalarning ma’naviy va madaniy dunyosini har tomonlama takomillashtirib, ularda olijanob fazilatlarni kamol topishida ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchi-yoshlar va talabalarni doimo go‘zallikka intilib va kundalik hayotida ana shu go‘zallik qoidalariga amal qilib yashashga o‘rgatish nafosat tarbiyasini amaliy belgilaridan biridir. «Musiqa madaniyati» fanining Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi2 asosida o‘quvchilarda ijodkorlik, kuzatuvchanlik, musiqiy did, musiqiy madaniyat, tashabbuskorlikni shakllantirish, taassurot olamini boyitish, tafakkur ko‘lamini kengaytirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Musiqiy ta’lim jarayonida o‘quvchi-yoshlar va talabalarda musiqa san’atiga nisbatan qiziqish va havasning ortib borishi, musiqa mashg‘ulotlari asosida ularda hissiyot, idrok tarbiyasining o‘sib borishi, qo‘shiqlarni xushohang kuylash, musiqani ishtiyoq bilan tinglash, asarlarni tahlil qilish orqali musiqadagi xushsozlik, xushovozlik, ya’ni go‘zallikni sezadi. Shuni ta’kidlash joizki, musiqiy ta’limning asosiy maqsadi - o‘quvchi-yoshlar va talabalarning 1 Интернет сайти. Hozir.оrg. 2017 йил 5 майда мурожаат қилинган. 2 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги «Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб- ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида»ги 187-сон қарори. 141 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference nafosat, didlarini badiiy asarlar orqali shakllantirishdir. Keyingi kuzatuvlar shundan dalolat bermoqdaki, ko‘pchilik yoshlarimiz nafosat, did haqida yetarli ma’lumotlarga ega emaslar. Ushbu masalalarni hayotga tatbiq etishda nafosat tarbiyasi katta o‘rin egallaydi. Nafosat tarbiyasi o‘quvchi-yoshlar va talabalarni voqelikdagi, san’at va tabiatdagi kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, shuningdek, turmushidagi go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, go‘zalikka muhabbat uyg‘otish va hayotga go‘zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Nozik didli bo‘lish, go‘zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, xullas o‘z hayotini go‘zallik
Доказательный фрагмент
«В данной статье одним из наиболее актуальных вопросов, стоящих перед государством, является воспитание молодого поколения в любом обществе, подготовка человека к социально-экономическим производственным отношениям в о…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье одним из наиболее актуальных вопросов, стоящих перед государством, является воспитание молодого поколения в любом обществе, подготовка человека к социально-экономическим производственным отношениям в о… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- национальное музыкальное наследие, интеграция, tafakkur, did, didaktik tarbiya, meros, terma, maqom, mumtoz, ideal, estetik, san’at, nafosat, milliy musiqiy meros, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025