К содержанию
РецензированоUZ2020

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI AJDODLARIMIZNING BOY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANIB MA’NAVIY FAOLIYATGA METODIK TAYYORLASH

Nabiyeva Dilfuza Temirovna · O‘zbekiston – Finlandiya

Развитие и инновации в науке · 2020

Аннотация

This article aims to prepare future primary school teachers for their professional activities in educating primary school-age students by using the spiritual heritage of our great enlightened ancestors. Key words: The education system, higher education institutions, primary school teachers, primary school students, advanced pedagogical technologies, our ancestors. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24- yanvardagi Oliy majlisga murojaatnomasida ham “Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit-qizlarning ma’naviy va ma’rifiy sohasini doimiy yuksaltirish birinchi darajali ahamiytga egadir. Shu bois, “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoiylik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish o‘ta sharafli vazifadir”, deb alohida ta’kidlaganlar [2]. “Usluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” 2019-yil 31-dekabr “Vatanga sadoqat, burch va ma’naviy tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgan holda, uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. 14 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlari haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotida o‘z o’rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, Konsepsiyada Ma’naviy tarbiya sohasida o‘qituvchilar faoliyatini metodik ta’minlovchi o‘quv materiallari shu jumladan, ma’naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun zarur darsliklar yetarli emasligi” alohida ta’kidlangan [1]. Bugungi kunda SETEM orqali fanlarni o‘zaro integratsiyalash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llab o‘quvchilarni darslikni o‘qishga majburlamasdan, zamonaviy metodlar orqali mavzuni qiziqarli qilib yoritish, o‘quvchini egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olishlariga erishish dolzarb muammolardan biri hisoblandi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o’z – o’zidan ta ‘lim tizimiga kirib kelmaydi. Bu bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faoliyati va uning yangilikka intilishi, motivatsiyasiga bog‘liq jarayonligini uqdirish, o‘qituvchi faoliyatini o‘zgartirmay turib, uning mas’uliyati va faolligini oshirmasdan ta’limda bir qadam oldinga siljib bo‘lmasligini anglamog‘lari lozim [3]. Bu borada uzoq tariximizning milliy pedagogikasidan ham ayon. Buyuk ajdodlarimiz doimo ta’lim tizimi taraqqiyotiga o‘zlarining yangi g‘oyalarini ilgari surganlar va uni ta’lim tizimiga tatbiq etish harakatida bo‘lganlar. Shu sababli ham Sharq mutafakkirlari va ma‘rifatparvar ustozlari o‘z asarlarida ta’limda yangiliklarni izlash va qo‘llashga alohida e’tibor berganlar. Yangi g‘oyalar, yangiliklar, yangicha yondashuvlarni ta’limga joriy qilish bo‘yicha tinmay aqliy kurash olib borganliklarini ko‘rish mumkin. Sharqning buyuk allomalari Muxammad ibn Muso al – Xorazmiy, Axmad al – Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Abulqosim Maxmud ibn Umar az-Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zaxriddin Muxammad Boburlar pedagogik fikr namoyondalaridir. Jahon ilm – ma’rifatining buyuk nomoyondasi Abdullox Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy matematika fani sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi va pedagog uslubiyatchi olim sifatida matematika fanida obstraksiya (mavxumlilik) tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy yechish usullarini hal etdi, deduksiya yo‘li bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni yechdi. Shuningdek, ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirishda ko‘rgazmali vositalardan foydalanish, ta’limda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga suyanish, savol – javob, baxs – munozara kabi ta’lim usullarini keng qo‘llash, olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish to‘g‘risida to‘xtalib: “...sezgi orqali bilish, bu qilgan bilim bo‘lsa, 15 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference mantiqiy bayon, aqliy bilish esa, haqiqiy bilishning muhim tomonini bayon etadi. ...Insonning xulq – atvori, xatti – harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin” - degan xulosaga keladi. Mashxur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilim, fikr doirasining kengligi bilan “Sharq Arastusi” yoki “Al muallim alsoniy” (Ikkinchi muallim) nomlariga sazovor bo‘lgan Abu Nasr al-Farobiy (870-950) ta’lim – tarbiyaning bosh g‘oyasi, maqsadi va o‘qitishning vosita va usullari haqida fikr yuritadi. Uning fikricha: “Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb – hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim faqatgina so‘z va o‘rganish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malaka

Доказательный фрагмент

«This article aims to prepare future primary school teachers for their professional activities in educating primary school-age students by using the spiritual heritage of our great enlightened ancestors.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article aims to prepare future primary school teachers for their professional activities in educating primary school-age students by using the spiritual heritage of our great enlightened ancestors. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
The education system, higher education institutions, primary, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, kichik maktab yoshidagi oquvchilar, oliy ta’lim muassasasi, Ta’lim tizimi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ajdodlarimiz.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники