К содержанию
РецензированоRU2017

ZAMONAVIY O‘ZBEK ESTRADA SAN’ATI

Baxtiyarov Iskandar Baxtiyarovich

Модели и методы в современной науке · 2017

Аннотация

В данной статье рассматриваются этапы развития современного узбекского эстрадного искусства и его особенности. В ней говорится о первых образцах современного эстрадного искусства, а также о процессе свободного развития после независимости. Ключевые слова: узбекская эстрадная музыка, история музыки, современная эстрада, период независимости, национальная культура, развитие эстрады. Annotation: This article discusses the stages of development and unique characteristics of modern Uzbek pop art. It addresses the early examples of modern pop art and the process of free development after independence. Keywords: Uzbek pop music, music history, contemporary pop, independence period, national culture, development of pop. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganiga chorak asrdan ziyod vaqt o‘tdi. Ushbu davr mobaynida mamlakatimizda turli sohalarda tub islohotlar amalga oshirilib, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda madaniyat va san’at sohasi rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat — bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishdan boshlashimiz lozim”. Ushbu fikrlar, albatta, madaniyat va san’at sohasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglatadi. Har bir xalqning madaniyati, avvalo, uning san’atida namoyon bo‘ladi. O‘zbek xalqi 156 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qadimdan musiqa va sahna san’atiga alohida e’tibor bergan. O‘zbekiston madaniy hayoti o‘ziga xos va boy bo‘lgan an’anaviy san’at turiga ega. Xususan, musiqa san’ati xalqimizning ruhiy olami, didi va ma’naviyatining ajralmas qismidir. Zamonaviy estrada san’ati esa shu boy meros asosida shakllangan, o‘zbek xalqining turmush tarzi, orzu-umidlari va hissiyotlarini aks ettiruvchi muhim madaniy hodisa hisoblanadi. Oʻzbekiston musiqa sahnasi hozirgi kunda Yevropa va Sharq madaniyatining zamonaviy yoʻnalishlari an’analarini oʻzida mujassam etgan oʻziga xos hodisa hisoblanadi. Oʻzbekistonning zamonaviy musiqa sahnasining milliy qiyofasini shakllantirishda xalq ogʻzaki ijodining anʼanaviy shakl va janrlari muhim rol oʻynadi, ularning oʻziga xos xususiyatlari XX asrning ikkinchi yarmi musiqa hayotida yangi hodisaga asos boʻldi. Mamlakatimizda milliy estradani rivojlantirishga barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilayotgan ekan, shu sohadagi barcha ijodkorlardan xalqimizga manzur boʻladigan yangi badiiy barkamol qoʻshiq va kuylar yaratib, faol ijod qilishlarini kutib qolamiz. Oʻzbek milliy estrada san’ati boy tarixga ega. “Estrada” tushunchasi kirib kelgunga qadar ham uning turli janr va koʻrinishlari mavjud boʻlib, professional darajada XX asrda shakllangan. Jumladan, Oʻzbekiston xalq artisti Tamaraxonim, Usta Olim Komilov kabi san’atkorlar milliy estradaning poydevoriga asos solgan. Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov professional estrada san’ati maktabini yaratgan. Mashhur “Yalla” guruhi, Yunus Toʻraev, Mansur Toshmatov, Nasiba Abdullaeva, Yulduz Usmonova, Kumush Razzaqova, Ozodbek Nazarbekov, Kozim Qayumov kabi ijodkorlar bevosita Botir Zokirov yaratgan milliy estrada maktabi davomchilari boʻlib, uning rivojiga munosib hissa qoʻshishgan. O‘zbek estrada musiqasi shakllanishi jarayonida an’anaviy xalq musiqa namunalari muhim zamin bo‘lgan. Bunda, asosan, ularning raqsbopligi, yengil ohang usullarida ijro etilgani qo‘l kelgan. Ayni payta bu holat o‘zbek estrada musiqasining milliylik asosini ham ta’minlovchi muhim vositalardan biri bo‘ldi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. O‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi tamal toshini qo‘ygan Botir Zokirov va uning izdoshlari, zamondoshlari Yunus To‘rayev, Staxan Rahimov, va boshqalar o‘zbek estradasi sahnasida milily kuylash uslubini sintezlashtirish natijasida uni shaklan va mazmunan uyg‘unlashtirishga erishganlar. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakat madaniy hayotida keng ko‘lamli o‘zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa, san’at sohasida xususan, estrada yo‘nalishida — yangi sahifalar ochildi. 157 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘zbekiston mustaqillikka erishgan darvdan boshlab yaratilayotgan qo‘shiqlar Vatan, Istiqlol, tabiat, do‘stlik va muhabbat kabi mavzularda yozilgan. Yulduz Usmonovaning “Dunyo”, “O‘zbekiston”, “Xalqim”, Nilufar Rahmatovaning “O‘zbek elim”, marhum Nuriddin Haydarovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?”, Sevara Nazarxoning “Vatanim”, Gulsanam Mamazoitovaning “O‘zbekiston-ona tuproq” kabi qo‘shiqlari, mustaqillik davrining o‘ziga xos, yangicha talqindagi vatanparvarlik mavzusini barpo

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются этапы развития современного узбекского эстрадного искусства и его особенности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются этапы развития современного узбекского эстрадного искусства и его особенности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek pop music, music history, contemporary pop, musiqa tarixi, milliy madaniyat, zamonaviy estrada, o‘zbek estrada san’ati, estrada rivojlanishi., mustaqillik davri
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники